Mavzu: Sohaga oid qisqartmalar


Download 103.36 Kb.
bet1/8
Sana20.06.2023
Hajmi103.36 Kb.
#1630974
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ўзбек тили (2)




Mavzu: Sohaga oid qisqartmalar.
Qisqartma soʻzlar - barqaror soʻz birikmalari komponentlarining bosh harflarini yoki maʼlum qismlarini olib qoʻshish bilan hosil qilingan soʻzlar. Masalan IIV — Ichki ishlar vazirligi, XTB — Xalq taʼlimi boshqarmasi fil-fak — filologiya fakulteti. Qisqartma soʻzlar nutqda ixchamlikka erishish zarurati bilan dastlab yozma nutqda paydo boʻladi . Qisqartma so’zlar, asosan, ot turkumiga mansub boʻlib, quyidagi yoʻllar bilan hosil 9ilinadi: 1) soʻz birikmasi kompo-nentlarining birinchi harflarini olib qoʻshish bilan (HDP — Xalq demok-ratik partiyasi, DTM — Davlat test markazi, OAK — Oliy attestatsiya komissiyasi); Qisqartma so’zlarning bu turi ilmiy adabiyotlarda abbreviatura deb ham ataladi; 2) soʻz birikmasi tarkibidagi 1-soʻzning 1-boʻgʻinini, qolgan soʻzlarning 1-harflarini olib qoʻshish bilan (OʻzMU — Oʻzbekiston milliy universiteti, "OʻzAS" ("Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼ-ati"). Qisqartma so’zlar, asosan, ot turkumiga mansub boʻlib, quyidagi yoʻllar bilan hosil 9ilinadi: 1) soʻz birikmasi kompo-nentlarining birinchi harflarini olib qoʻshish bilan (HDP — Xalq demok-ratik partiyasi, DTM — Davlat test markazi, OAK — Oliy attestatsiya komissiyasi); Qisqartma so’zlarning bu turi ilmiy adabiyotlarda abbreviatura deb ham ataladi; 2) soʻz birikmasi tarkibidagi 1-soʻzning 1-boʻgʻinini, qolgan soʻzlarning 1-harflarini olib qoʻshish bilan (OʻzMU — Oʻzbekiston milliy universiteti, "OʻzAS" ("Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼ-ati"). Qisqartma soʻzlar xalqaro tashkilotlar (BMT, YUNESKO), mamlakat va davlatlar (XXR, RF, AQSH), siyosiy partiyalar, harbiy uyushmalar (OʻzLDP, NATO), ilmiy-oʻquv muassasalari (OʻzR FA, OʻzDJTU, FarDU), vazirlik, idora, muassasa, tashkilot, korxonalar (XTV, DTM, Oʻzmashxolding , Toshshaharyoʻlovchi), mashina, asbob-uskunalar va inshootlar (EHM, ATS, GES) va boshqalarning nomlarini bildiradi. Qisqartma so’zlar tayyor holda boshqa tillardan oʻzlashtirilishi (YUNESKO, FIFA, FIDE, NATO, AES) yoki muayyan til, mas. oʻzbek tili materiallari asosida hosil qilinishi mumkin.
Ilm-fan, texnika, qishloq xo`jaligi va san'atga oid tushunchalarning aniq nomini bildiruvchi bir ma'noli so`z va birikmalar terminlar deyiladi.
Terminlar yig`indisi va shu terminlarni o`rganuvchi soha terminologiya deyiladi. Termin grekcha terminos so`zidan olingan bo`lib, chek, chegara ma'nolarini bildiradi.
Respublikamiz mustaqil deb e’lon qilingandan keyin, bu sohadagi ahvol butunlay o‘zgardi. Tashqi iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanib ketdi. Dunyoning juda ko‘p mamlakatlari bilan xilma-xil aloqalarga keng yo‘l ochildi. Bu omillar o‘zbek tilida yangi-yangi terminlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu yangi terminlar sirasida iqtisodiy terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan, fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida iqtisodiy terminlarni ham tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliy, ayniqsa, nazariy masalalarni hal etish uchun iqtisodiy terminlar tizimini, ularning yasalish qonunlarini, shakllanish manbalarini, umumtilda qo‘llanish doirasini, mazkur tizimda ro‘y berayotgan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash kabi qator masalalarni o‘rganish zaruriyati paydo bo‘ldi.
Fanning yana bir maqsadi hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanib kelinayotgan iqtisodiy terminlarni to‘plash va sistemalashtirishdan ham iboratdir. Hozirgi bosqichda, ya’ni yuqori saviyadagi ilmiy-texnik inqilob davrida ishlab chiqarish, fan va texnikaning barcha sohalarida yangidan-yangi narsa, predmet va tushunchalar paydo bo‘la boshladi. Bu hol til lug‘at tarkibining salmoqli ravishda boyishiga olib kelmoqda. Binobarin, termin muammosi hozirgi leksikologiyaning asosiy masalalaridan biri bo‘lib qoldi.
Маsаlаn: collaboration, documentation, resolution, identification mission, expression, admission development, punishment, achievement advantage, baggage, plumage Bundan tashqari, -ism, -ty, -ity, -ness, - ence, -ance, оrt qo’shimchalar yordamida sifatlardan yangi terminlar yasaladi.
Professor U.Tursunov asarlarida O’zbek tili terminologik tizimining ichki va tashqi manbalar hisobiga rivojlanishi haqida ma‘lumot beradi. Har bir tilda bo’lganidek, O’zbek tilida ham u yoki bu tushunchani ifodalash uchun bir qancha usullardan foydalanadilar. Ular quyidagilardan iborat:
1. Terminlarning semantik yo’l hisobiga boyishi.
2. Terminlarning morfologik usul bilan yasalishi.
3. Terminlarning sintaktik yo’l bilan yasalishi. Qator terminologik sistemalarda semantik yo’l bilan termin yasashdan unumli foydalanib keladilar. Chunki semantik so’z yasash terminologiyada amal qilinadigan doimiy va an`anaviy yo’ldir. Terminlarni tekshirish jarayonida qator leksik qatlamlar semantik O’zgarish tufayli terminologik sistemadan joy olishi mumkinligini ko’rsatdi. Ular biror ma‘noni ifodalash uchun xizmat qiladigan O’zbek tilining odatdagi so’zlaridir. Ulardan termin sifatida foydalanadilar:
1. Ro’zg’or buyumlari nomlari: qozon, cho’mich, quti, kurak, panjara, pichoq kabilar.
2. Odam yoki hayvon a‘zolarining nomlari: barmoq, tirnoq, quloq, bo’g’iz, qanot kabilar.
3. Maishiy narsa-buyum nomlari: taroq, ko’zgu, qalpoq kabilar.
4. Texnikaga oid bo’lmagan so’zlar: kalit, burqi, pona, payvandlash kabi texnik termin sifatida Qo’llaniladi. Sanab O’tilgan odatdagi so’zlarni termin deb qabul qilinar ekan, O’sha so’z ifodalaydigan tushuncha belgilari yoki ma‘nolaridanbittasi termin anglatishi lozim predmetning biror muhim belgisini ifodalashi lozim. Bunday so’zlar termin bo’lishi uchun ular olimlar tomonidan ta‘riflanadi va mantiqan qanday ma‘no anglatishi chegaralab ko’rsatiladi. Shundan sO’ng qaysi sohaning termini ekanligi qayd etiladi. So’zning semantik taraqqiyoti tilda yangi so’zning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi va util terminologiyasini boyitishga xizmatqiladi. Morfologik usul bilan termin yasashda O’zak-negizga so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shiladi. Bunday termin yasash O’zbek tilida eng mahsuldor usuldir.
“Terminlar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”.
Yuqorida terminshunoslarning terminning asosiy vazifasi va xususiyati haqidagi, ya’ni terminlarning nominativligi yoki definitivligi haqidagi fikrini keltirdik. Terminologik birikmalarning ko‘p leksemaliligi, ya’ni ular komponentlarining soni nechtagacha bo‘lishi keyingi yillarda terminshunoslarning diqqat-e’tiborini jalb etib kelmoqda. Haqiqatan ham keyingi yillarda miqdoran ortib borayotgan ko‘p komponentli birikma terminlar tushuncha mazmunini to‘laroq ifodalashga xizmat qilsa-da, ularni amalda qo‘llash va esda saqlab qolish ancha noqulaydir. Aslini olganda, bunday terminlar ikki, nari borsa uch, to‘rt komponentdan iborat bo‘lishi lozimki, natijada, birikma terminlarning komponentlari, tegishli belgilarni to‘laroq aks ettirish maqsadida, aniqlovchilar, sifatdoshli o‘ramlar qo‘shish orqali hosil qilinishi lozim.
Ta’kidlash joizki, terminlar masalasi bilan shug‘ullangan deyarli barcha olimlar mazkur tushunchaning ta’rifini berishga urinib ko‘rishgan. Ularning barchasigina emas, ayrimlarini, ham namuna tariqasida keltirib o‘tish ko‘plab sahifani egallagan bo‘lardi. Shuning uchun ularni jamuljam etgan holda “termin” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Termin kasbiy ma’no bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va shakllantiruvchi ayrim obyektlar va ular o‘rtasidagi aloqalarni muayyan kasblar nuqtai nazaridan bilish hamda o‘zlashtirish jarayonida ishlatiladigan so‘z yoki so‘z birikmadir.
Har bir sohaning, tarmoqning termini borki, u o‘sha soha, tarmoq doirasida qo‘llanadi, aniqroq qilib aytganda, kasb-hunar egasining nutqini shakllantiradi, o‘zaro nutqiy muomala uchun shart-sharoit yaratadi. Bu o‘rinda shuni qayd etish lozimki, muayyan kasb-hunar yoxud mutaxassislikka ega bo‘lgan kishilar ko‘pincha u yoki bu sohaning o‘ziga xos spetsifik terminlari bilan ish ko‘radi. Masalan, bo‘lajak iqtisodchilarning yozma yoki og‘zaki nutqida kartel, kliring, tovar oboroti, mayda mulkchilik, mablag‘ ajratish, renta kabi tor doiradagina qo‘llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi.


Download 103.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling