Mavzu: Soliq qonunchiligi va soliq munisabatlarini huquqiy tartibga solish


Soliq huquqini huquq tizizmida tutgan o’rni


Download 98.5 Kb.
bet4/6
Sana30.04.2023
Hajmi98.5 Kb.
#1405697
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Soliq qonunchiligi va soliq munisabatlarini huquqiy tartibga solish

Soliq huquqini huquq tizizmida tutgan o’rni. Soliq tizimi murakkab va ko‘p qirrali jarayonlardan biri bo‘lganligi sababli, huquqshunos olimlar o‘rtasida uning qaysi huquq sohasi normalari bilan tartibga solinishi bo‘yicha yagona fikr mavjud emas. Yuridik adabiyotlarda huquqshunos olimlarning ikki xildagi qarashlari mavjud bo‘lib, soliq solish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar – moliya huquqi yoki huquqning mustaqil sohasi hisoblangan – soliq huquqi tomonidan tartibga solinishi ko‘rsatib o‘tilgan. Moliya huquqi predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlarning muayyan doirasi soliqlarni belgilash va undirib olish bilan bog`liq. Ular moliya huquqining normalari bilan tartibga solinib, bu normalar majmui uning institutlaridan biri - soliq huquqini tashkil etadi. Shuni hisobga olgan holda, soliq huquqi deganda, soliqlarni belgilash va undirib olish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi moliyaviy-huquqiy normalar majmuini tushunish qabul qilingan. Hozirgi vaqtda iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tartibga solishda soliqlar rolining ortib borishi bilan ko`pgina tadqiqotchilar soliq huquqini huquqning mustaqil tarmog`i sifatida ko`rib chiqishga moyildir. Soliqlarni belgilash va undirib olish bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy munosabatlarning o`ziga xos muayyan xususiyatlari bo`lishi tabiiydir, bunday o`ziga xos xususiyatlar budjet, bank va boshqa moliyaviy munosabatlarga ham xos bo`lib, shunga qaramasdan, ular moliya huquqi predmeti doirasidan chetga 40 chiqmaydi. Ushbu barcha munosabatlar, oxir-oqibatda davlatning moliyaviy faoliyati bilan bog`liqdir. Davlat moliyaviy faoliyati sohasi huquqning boshqa tarmoqlari normalari ta'siridan ajratilmagan bo`lib, ular vositasida moliya huquqi predmeti bilan qamrab olinmaydigan, unda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi. Shu tariqa huquq turli tarmoqlarining o`zaro ta'siri yuzaga keladi. Shu jihatdan soliq huquqi moliya huquqi bilan uzviy bog’liqdir. Shuningdek, soliq huquqi moliya huquqidan tashqari konstitutsiyaviy huquq, budjet huquqi va ma'muriy huquq bilan ham uzviy bog`langandir. Konstitutsiyaviy huquq huquqning barcha tarmoqlari, shu jumladan soliq huquqi uchun asosiy negizga ega. Konstitutsiyaviy huquq normalari davlatning soliq tizimlarining huquqiy asoslari, shuningdek soliq sohasidagi davlat vakolatli organlari va ijroiya hokimiyati vakolatlarini belgilaydi. Xususan, mamlakatimizning ushbu Asosiy qonuni 123- moddasida respublika hududida yagona soliq tizimi amal qilishi, soliqlarni joriy qilish huquqi esa, faqat O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga tegishli ekanligi nazarda tutilgan. Bundan tashqari, Konstitutsiyaning 51- moddasida fuqarolarning qonunchilik bilan belgilangan soliqlarni to`lash majburiyati mustahkamlab berilgan. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilash huquqini berish bo`yicha alohida vakolatini ham mustahkamlab beradi (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 78-modda 8-bandi, 100- modda). Ushbu qoidalar soliq huquqi normalarida aniqlashtirib berilgan. Shunday qilib, konstitutsiyaviy huquq nafaqat umuman soliq huquqi dastlabki asoslarni mustahkamlab beradi.

Download 98.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling