O'-.bekiston Respublikasi Soliq kodeksining XX-bo‘limiga muvofiq soliq solishning alohida tartibi (soddalashtirilgan tizim) quyidagilar uchun belgilangan:
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo’llovchi yuridik shaxslarda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyatlari saqlanib qoladi.
Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi amaldagi umumdavlat va mahalliy soliqlar va yig’imlarning jami o’rniga bitta soliq to’lashni nazarda tutadi. Bunda soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga o’tish chog’ida ularni to’lash bo’yicha majburiyat korxonalarda saqlab qolinadigan soliqlar va yig’imlar belgilangan.
4.1-jadval
Soddalashtirilgan soliq to’lovchi yuridik shaxslarda soliqlar
va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash tartibi1
Soliq turi
|
To'lash tartibi saqlab qolinadi:
|
Yagona soliq to'lovi
|
to‘lov manbaida undiriladigan foyda solig'i;
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajarilgan (ko‘rsatilgan) ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig'i;
aksiz solig'i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarilganda aksiz solig'i;
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;
qonun hujjatlarida belgilangan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
davlat bojlari;
bojxona to‘lovlari;
yagona ijtimoiy to‘lov;
olingan va vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari qiymatidan Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im;
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun yig'im.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |