Mavzu: Soliq tizimini takomillashtirishning ustuvor yonalishlari Reja


-rasm. Umumbelgilangan soliq rejimida foyda solig‘i va QQS to‘lovchilar sonining o‘zgarishi, nafar


Download 0.65 Mb.
bet4/4
Sana24.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1052162
1   2   3   4
Bog'liq
Soliq tizimini takomillashtirishning ustuvor yonalishlari

3-rasm. Umumbelgilangan soliq rejimida foyda solig‘i va QQS to‘lovchilar sonining o‘zgarishi, nafar
Natijada 2019 yildan tushumi 1 mlrd. so‘mdan oshgan tadbirkorlik sub’ektlari umumbelgilangan soliq rejimiga, ya’ni foyda solig‘i va QQS to‘lashga o‘tkazildi. Shu orqali, birinchidan, tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida soliq yukini adolatli (yaratgan qiymatiga mos) taqsimlashga, ikkinchidan, “kichik biznes sub’ekti” maqomining suiiste’mol qilinishini oldini olishga erishildi. Mazkur islohot QQS va foyda solig‘i to‘lovchilari sonining 2019 yildan keskin ko‘payishiga olib keldi. QQS to‘lovchilari sonining keskin ko‘payishida tushumi 1 mlrd. so‘mdan kam bo‘lgan taqdirda ham tadbirkorlik sub’ektlariga ixtiyoriy ravishda QQSga o‘tish imkoniyati berilganligi muhim rol o‘ynadi.

4-rasm. Umumbelgilangan soliq rejimida mol-mulk, yer va suv solig‘I to‘lovchilar sonining o‘zgarishi
Bundan tashqari, mulkiy soliqlar va resurs to‘lovlari fiskal ahamiyatini oshirish, mulk, yer va suv resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda samaradorligini oshirish maqsadida yuridik maqomi, tushumi va boshqa mezonlaridan qat’i nazar 2019 yildan barcha tadbirkorlik sub’ektlariga molmulk, yer va suv resurslardan foydalanganlik uchun soliqlarning tatbiq etilishi bunday soliqlarni to‘lovchilar sonining keskin ortishini ta’minladi.
Umuman olganda, bular turli xil soliq turlarining davlat daromadlari umumiy ulushini o‘zgartirishdagi asosiy sabablardir. Hukumat daromadlarni shakllantirish jarayonida har xil soliq turlarining hissasi o‘zgargan bo‘lsa ham umumiy soliq tushumlari o‘sish tendensiyasini nominal va real ravishda saqlab turdi.

Adabiyotlar:

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2017 yil, 6-son, 70-modda.

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3620-son Qarori. // O’zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, lex.uz.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori.

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi “O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi to’g’risida”gi PF 5468-sonli Farmoni.

  5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5621-sonli Farmoni.

  6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 apreldagi “Respublika iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’rg’risida”gi PQ-4300-sonli Qarori.

  7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 noyabrdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5587-sonli Farmoni

  8. Ниязметов И.М. и.ф.д., Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Фискал институт Отабеков О.Ғ. етакчи мутахассис, Бюджет-солиқ тадқиқотлари институти

  9. Alberto Alesina, R. B. W. E., 1999. Public Goods and Ethnic Divisions. The Quarterly Journal of Economics, 114(4), pp. 1243-1284.

1 O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod KUDBIYEV


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling