Mavzu: Soliq Va Soliqqa Tortish Faniga Kirish. Foyda Solig’i


Download 0.69 Mb.
bet1/3
Sana23.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1045865
  1   2   3
Bog'liq
Toxirov L Soliq Amaliyot

“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” FANI

Mavzu: Mavzu: Aksiz solig‘i

REJA:

1. Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va byudjet daromadlarida tutgan o’rni.

2. Aksiz solig‘i to‘lovchilar. Soliq obyekti va bazasi.

3. Aksiz markalari.

1. Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va byudjet daromadlarida tutgan o’rni.

  • O‘zbekistonda aksiz solig‘i 1992 yil­da qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birgalikda oborot solig‘i va sotuvga solinadigan soliq o‘rniga joriy qilingan. Uning qo‘shilgan qiymat solig‘idan farqli tomoni shundaki, u ayrim tovarlar va mahsulotlarni chegaralab olgan va u bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Aksiz solig‘i individual xarakterga ega bo‘lib, faqat aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi.
  • Aksiz solig‘i qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan bazada va narxda hisobga olinadigan yuklab jo‘natilgan tovarlar qiymatining bir qismini egri soliq sifatida byudjetga undirish shakli hisoblanadi.
  • Aksiz solig‘i davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda salmoqli o‘rin egallaydi, jumladan, davlat byudjetining soliqli daromadlari tarkibida uning salmog‘i 2004-yilda 28.7 foizni, 2006 yilda 18,8 foizni, 2008 yilda 16,5 foizni, 2010 yilda 16,7 foizni, 2012 yilda 15,1 foizni, 2014 yilda 14,9 foizni, 2016 yilda 16 foizni, 2018 yilda 13,4 foizni, 2019 yilda 9,2 foizni, 2020 yilda 8,8 foizni tashkil etmoqda.
  • Bundan tashqari respublikamizda ishlab chiqarilayotgan ayrim tovarlarning (guruch, mebel, atir sovun va boshqa tovarlar) aksiz osti tovarlari ro‘yxatidan chiqarib tashlandi. Shuning hisobiga hozirgi vaqtda aksiz solig‘ining ulushi davlat byudjeti daromadlari tarkibida kam salmoqni egallamoqda. Aksiz solig‘i to‘liq respublika byudjetiga kelib tushadi va soliq yuki iste’molchilar zimmasida bo‘ladi.
  • Aksiz solig‘ini davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi ulushi­ning pasayish tendensiyaga ega ekanligi shu bilan izohlanadiki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13 noyabrdagi 390-son «Bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarini o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan «O‘zDEUAvto» YoAJi (hozirgi «Jeneral Motors O‘zbekiston» YoAJi) ishlab chiqarayotgan avtomobillari (Lasetti, Neksiya, Damas, Matiz), billurdan qilingan mahsulotlar, mebel, video va audioapparatura hamda kumushdan yasalgan pichoq va sanchqilarga hisoblangan aksiz soliqlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, iste’mol tovarlarining assortimentini ko‘paytirish va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish uchun korxonalarning o‘z ixtiyorlarida qoldiriladigan bo‘ldi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling