Mavzu: Soliqlar hisobini tashkil etish va hujjatlashtirish Reja: Soliqlar hisobini tashkil etish Soliqqa tortish zaruriyati
Download 138 Kb.
|
Soliqlar hisobini tashkil etish va hujjatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Global soliq tizimida
Shedulyar soliq tizimida soliq to`lоvchi oladigan barcha daromad qismlаrgа – shedullarga bo`linаdi. Bu qismlarning har biri o`zigа xos tarzda soliqqa tortiladi. Turli shedullar uchun yuqoridа sanab o`tilgаn turli stavkalar, imtiyozlar va soliqning boshqa elementlari belgilanishi mumkin.
Global soliq tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning barcha daromadlari bir xilda soliqqa tortiladi. Bunday tizim soliqlarni hisoblashni osonlashtiradi va tadbirkorlar uchun moliyaviy natijalarni rejalashtirishni soddalashtiradi. Global soliq tizimi g`arbiy davlatlarda keng qo`llаnilаdi. Xulosa Soliq hisob-kitobi tizimi soliq to`lovchi tomonidan soliq hisobi me`yorlari va qoidalarini qo`llanish ketma-ketligi, ya`ni bir soliq davridan ketma-ket boshqasiga o`tish tamoyilidan kelib chiqqan holda tashkil etiladi. Soliq hisob-kitobini olib borish tartibi soliq to`lovchi tomonidan soliqqa tortish maqsadlari uchun rahbarning tegishli buyrug`i (farmoyishi) bilan tasdiqlanadigan hisobga olish siyosatida belgilanadi. Soliq tizimi davlat bilan birga yuzaga kelgan va rivojlanib borgan. Davlat shakllanib borishining eng ilk bossichlaridagi qurbonlik keltirishni soliqqa tortishning boshlang`ich shakli deb hisoblash mumkin. U yozilmagan qonun bo`lib, shu tariqa majburiy to`lov yoki yig`imga aylanib borgan. Davlat rivojlanib borgani sari «oqsuyaklar» ushri yuzaga keldi, u cherkov uchun olinadigan ushr bilan bir vastda obro`-e`tiborli knyazlar foydasiga undirib olinardi. Ushbu amaliyot turli mamlakatlarda: Qadimiy Misrdan o`rta asr Yevropasi davrigacha, ko`plab yuz yilliklar mobaynida mavjud bo`ldi. Masalan, Qadimiy Yunonistonda eramizdan avvalgi 7-6 asrlarda zodagonlarning vakillari tomonidan daromadlarning o`ndan bir yoki yigirmadan bir qismi miqdorida daromad soliqlari joriy etilgan. Bu yollanma armiyani saqlash, shaharlar-davlatlar atrofida istehkomlar, ibodatxona, vodoprovodlar, yo`llar surish, turli bayramlarni uyushtirish, kambag`allarga mahsulot va pullar tarsatish va boshqa ijtimoiy maqsadlar uchun mablag`lar to`plash va sarflash imkonini bergan. Jamiyat rivojlanishining tarixida hali birorta davlat soliqlarsiz faoliyat olib bormagan, chunki unga jamoa manfaatlarini qondirish bo`yicha o`z funksiyalarini bajarish uchun muayyan summadagi pul mablag`lari zarur bo`ladi va uni davlat faqat soliqlar vositasida to`play oladi. Shundan kelib chiqib, soliq yukining eng kichik miqdori davlat funksiyalarining eng kamini bajarish uchun davlat sarflaydigan xarajatlar bilan belgilanadi: bular boshqaruv, mudofaa, sud, tartibni saqlash va boshqalar, davlatga qancha ko`p funksiyalarni bajarish yuklatilgan bo`lsa, u shuncha ko`p soliq to`plashi zarur bo`ladi. Asosiy adabiyotlar Shodibekova D. A. “Kichik biznesni boshqarish” (o‘quv qo‘llanma). – 2 –nashr, qayta ishlangan – T.: O’zbеkistan yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2010. 280 bet. Болтабоев М.Р., Қосимова М.С.,Эргашходжаева Ш.Ж., Ғойипназаров Б.К.,Самадов А.Н., Ходжаев Р.С. Кичик бизнес ва тадбирокрлик. – Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011.- 264 б. Ўз бизнесингизни яратинг. Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасалари ўқувчиларини кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик соҳасига ўргатишҳамда уларнинг тадбиркорликка оидкўникмаларни шакллантиришга ёрдам беришга мўлжалланган Ўқув-услубий мажмуа. Download 138 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling