Mavzu: Soliqlarning tavsifi va umumiy belgilari
Download 0.8 Mb.
|
1 2
Bog'liqSoliqlar
Mavzu:Soliqlarning tavsifi va umumiy belgilariReja :1.Soliqlarning asosiy belgilari2.Soliqlarning iqtisodiyotdagi o’rni3.Soliqlarning asosiy tamoyillariU yoki bu iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini chuqurroq anglash uchun unga xos umumiy belgilarni aniqlash lozim bo‘ladi. Masalan, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida muddatlilik, qaytarishlik, muayyan miqdorda ustama haq (foiz) to‘lash kabi umumiy belgilarga egaki, ushbu belgilar kredit kategoriyasi mohiyatini kengroq yoritish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu kabi soliq kategoriyasi ham bir qator o‘ziga xos belgilarga egaki, ushbu belgilar soliqlarning boshqa to‘lovlardan farqlash uchun xizmat qiladi. Shuni alohida qayd etish lozimki, soliqlarning belgilari borasida ham iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil fikrlar mavjud. Masalan, prof. Q. Yahyoev soliqlarni umumiy belgilari sifatida quyidagilarni asoslaydi. 1. Soliqlar va yig‘imlar majburiy bo‘lib, bunda davlat soliq to‘lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo‘yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiqlab bergan Soliq Kodeksining qoidalari asosida amalga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy jihatdan davlat tomonidan kafolatlanadi. 2. Soliqlar xazinaga davlat budjetiga tushadi. Ammo boshqa turdagi to‘lovlar «Umid», «Ekosan» kabi jamg‘armalarga tushishi soliq munosabatlarini aks ettirmaydi. 3. Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo‘ladi. Tarixan asrlab o‘zgarmay harakatda bo‘lgan soliqlar mavjud. Uning ilmiy asosi qancha chuqur bo‘lsa, shuncha qat’iy va uzoq yillar o‘zgarmasdan harakat qiladi. 4. Davlatga to‘langan soliq summasi to‘lovchining o‘ziga to‘liq qaytmaydi, ya’ni u ekvivalentsiz pul to‘lovidir. Rus iqtisodchisi A.Medvedev o‘zining «Soliqlarni qanday rejalashtirmoq kerak» nomli kitobida soliqlarga xos bo‘lgan ikki belgini, ya’ni majburiylik va ekvivalentsizlik kabi belgilarni qayd etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, bizningcha soliqlarning umumiy belgilarini quyidagicha ifodalash mumkin:
Davlatga to‘lanadigan soliqlar bilan uning evaziga olinadigan iqtisodiy va ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida bevosita, har bir kishining ko‘zi ilg‘aydigan bog‘liqlikning yo‘qligi soliq to‘lovchilar soliqqa tortishni yuk sifatida baholashlari uchun sabab bo‘ladi, vaholangki, ular soliqlar hisobidan qilinadigan davlat xarajatlarining yo‘nalishini ma’qullashlari ham mumkin. 2. Soliqlar majburiy to‘lovlar hisoblanadi. Soliqlarning to‘liq miqdorda va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklangan bo‘lsada, ular ixtiyoriy emas, majburiy ravishda to‘laydilar, davlat soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarni qattiq jazolaydi. 3. Davlat foydasiga soliq to‘lash orqali daromadning avvaldan belgilab qo‘yilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda ko‘zda tutilgan qismi undirib olinadi. Ko‘pgina davlatlarning, shu jumladan, O‘zbekistonning ham qonunlarida soliqlarni belgilash va ularning hajmlarini aniqlashga faqat Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat yoki uning tomonidan vakolat berilgan organlar haqlidirlar, deb mustaxkamlab qo‘yilgan. O‘zining xohish-istagiga qarab yangi soliqlar belgilash yoki ularning hajmlarini aniqlashga hech kimning haqqi yo‘q. To‘lovlarning qonuniy, ochiq-oydin xususiyatga ega bo‘lishi soliqlarning bosh tavsifi hisoblanadi. 4. Soliqlarning yana bir belgisi ularning davlat yoki mahalliy byudjetga kelib tushishidir, ya’ni soliqlar byudjetdan tashqari fondlar yoki turli xil boshqa fondlarga kelib tushmaydi. 5. Soliqlarga xos bo‘lgan umumiy belgilardan biri sifatida davlat hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida mulkchilikni qayta taqsimlash jarayonini yuzaga kelishidir. Soddaroq qilib aytganda korxonalar va aholidan olinadigan soliqlar, aslida ular mulkining ma’lum bir qismini davlat hisobiga o‘tkazilishini bildiradi. Bu bilan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga tegishli bo‘lgan mulk daromad shaklida majburiy to‘lov bo‘lib, davlat mulkiga aylanadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o‘z funktsiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida o‘zi bajaradigan funktsiyalarga ega bo‘lib, bu funktsiyalar soliq kategoriyasining amaldagi xarakatini ifodalaydi. Funktsiya deganda, odatda, kategoriyaning hayotda ko‘p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunish lozim. Soliqlarning funktsiyalari to‘g‘risida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari o‘rtasida soliqlar ikki funktsiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funktsiya sifatida fiskal va nazorat funktsiyalari tan olinardi. Ularning fikriga ko‘ra eng asosiy funktsiya bu soliqlarning fiskal funktsiyasidir, chunki usiz nazorat funktsiyasining mavjud bo‘lishi mumkin emas. G‘arb iqtisodchilari ko‘pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J.Keynsning kontseptsiyasiga asoslanadi. By kontseptsiyaga ko‘ra soliqlar fiskal funktsiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag‘batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funktsiyalariga ega, soliqning bu funktsiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o‘sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi. Soliqlarning quyidagi asosiy funktsiyalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: 1. Soliqning fiskal funktsiyasi 2. Tartibga solish funktsiyasi. 3. Rag‘batlantirish funktsiyaschi 4. Soliqning nazorat funktsiyasi. 5. Soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funktsiyasi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling