Mavzu: So'rov o'tkazish va so'rovnomalar o'tkazish. Anketa tuzish va savollarini o'tkazish
Ochiq savollarga namunaviy misollar
Download 16.55 Kb.
|
Mavzu So\'rov o\'tkazish va so\'rovnomalar o\'tkazish. Anketa tuzis-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fokus guruhi usulini qo‘llashning beshta asosiy maqsadini ajratib ko‘rsatish mumkin
Ochiq savollarga namunaviy misollar
Yopiq savollarga namunaviy misollar Fokus – guruhlar, ularni rejalashtirish va faoliyatini yuritish Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda, avvalom bor, axborot to‘plash usullariga murojat qilamiz. Ushbu tadqiqotlarning eng samarali usullaridan biri bu – so‘rov usulidir. Chunki so‘rov orqali iste’molchilarning individual tarzda ichki kechinmalari va dunyosini aniqlab olish mumkin va bu olingan axborotlar natijasida kishilarning ichki tuyg‘usi va dunyosidan ishonchili ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. So‘rov kishilarga ularning bilim darajasi, mahsulotga munosabati, did-istaklari va iste’molchi xulq-atvoriga doira savollar berish yo‘li bilan birlamchi axborot to‘plashda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, so‘rov o‘tkazishda ijtimoiy sohada axborotlarni guruhlar orqali to‘plashda oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun, eng keng tarqalgan samarali va sifatli uslublardan foydalanishadi. Bu uslubni guruhlar orqali tadqiqotni tashkil etish ko‘rinishini – fokus – guruh deb atashadi. Fokus guruhi usulini qo‘llashning beshta asosiy maqsadini ajratib ko‘rsatish mumkin:1. G‘oyalar generatsiyasi – masalan, chiqarilayotgan mahsulotlar sifati, dizayni, o‘rovini takomillashtirish yoki yangi mahsulotlar ishlab chiqish bo‘yicha. 2. Iste’molchilarning so‘zlashuv lug‘atini o‘rganish reklama kampaniyasi o‘tkazish, savolnomalar tuzish va hokazolarda katta foyda keltirishi mumkin. 3. Iste’molchilar so‘rovlari, motivlari, ularning o‘rganilayotgan mahsulot va uning markasi, harakatlantirish usuliga munosabati bilan tanishish, bu marketing tadqiqotlari maqsadlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. 4. Miqdoriy tadqiqotlar o‘tkazishda to‘plangan ma’lumotlarni yaxshiroq tushunish. Ba’zida fokus-guruh a’zolari o‘tkazilgan so‘rov natijalarini to‘g‘ri anglab olishga ko‘maklashadi. 5. Ma’lum bir reklama turlariga his-tuyg‘u va xulq-atvor reaksiyalarini o‘rganish. Odatda ishni guruhlar audio va videotexnika vositalari yordamida qayd etadilar, uning natijalari esa masalan, so‘rov yo‘li bilan miqdoriy tadqiqotlar o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, mazkur usuldan foydalanish imkoniyatlari va samaradorligiga turli mamlakatlar va mintaqalarning madaniyati, muloqot an’analari va hokazolar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Fokus-guruhning optimal hajmi 8 kishidan 12 kishigacha hisoblanadi. Ishtirokchilar soni bundan kam bo‘lsa, guruh ishi mahsuldorligi uchun zarur dinamika ta’minlanmaydi va guruhning ishini faollashtirish uchun guruh yetakchisining ko‘p ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. Guruh a’zolari soni 12 kishidan ortiq bo‘lsa, mahsuldorligi yuqori munozaralar tashkil qilish qiyin bo‘ladi. Guruh bir nechta kichik guruhlarga taqsimlanib, keraksiz mavzularda suhbat yuritilishi, munozaraning o‘zi esa bir nechta kishigina ishtirok etishi mumkin Download 16.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling