Mavzu. Sotsiologlarning oila va oilada bola tarbiyasi yuzasidan o'tkazgan sotsiologik tadqiqotlari mazmuni Reja


Download 96.5 Kb.
bet2/4
Sana20.02.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1215305
1   2   3   4
Bog'liq
18- mavzu. Sotsiologlarning oila va oilada bola tarbiyasi yuzasi

Oila sotsiologiyasi o‘z tadqiqotlarida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish, tarixiy taqqoslash, statistik va matematik usullardan foydalanadi.
Oila sotsiologiyasi fan yo‘nalishining tadqiqot natijalari oilaning kelajak istiqbolini aniqlashda, davlat tomonidan oila va nikoh mustahkamligini ta'minlovchi qonun va tadbirlar joriy etilishida ilmiy asos va yo’llanma sifatida qo’llaniladi.
Oila va gender sotsiologiyasi sotsiologiya fanining asosiy yo’nalishlaridan bo’lib, u nikoh va oilaning paydo bo’lishi, rivojlanishi va vazifalarini bajarishini o’rganadigan fan. Oila va gender sotsiologiyasi oilaga xos ijtimoiy munosabatlar turlari, oila va nikohning tarkibi, vazifalarini, oilani kichik ijtimoiy guruh va ijtimoiy institut sifatida xususiyatlarini, nikoh va ajralishlarni, oilani rejalashtirishga ta‘sir qiluvchi omillarni, oiladagi kelishmovchiliklar va ularni oldini olishni, oilaning boshqa ijtimoiy institutlar va ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan o’zaro munosabatini, nikoh – oila munosabatlarining tarixiy turlari va shakllarini, oila rivojlanishining tendensiyalarini o’rganadi.
O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 2 bo’limiga ko’ra, ―Nikoh – bu erkak va ayol o’rtasidagi erkin, ixtiyoriy, teng ittifoq bo’lib, oila tuzish va er-xotinning o’zaro huquq va majburiyatlarni bajarish maqsadida tuziladi.
Nikohning muhim belgilardan biri shundaki, u qonun himoyasi va homiyligida bo’lib, er-xotinning o’zaro va farzandlariga nisbatan majburiyatlari hamda shaxsiy, mulkiy huquq va majburiyatlari (boqish, meros va boshqa)ga rioya etilishida yuridik mas‘uliyatni tomonlarga yuklaydi.
Demak, nikoh – bu erkak va ayol o’rtasida tarixiy o’zgaruvchan sotsial munosabat shakli bo’lib, u orqali jamiyat erkak va ayol o’rtasidagi jinsiy hayotni tartibga soladi va me‘yorlashtiradi. Ularning er-xotinlik va ota-onalik huquq va majburiyatlarini o’rnatadi. Nikoh munosabatlarining qadimdan mavjud bo’lgan axloqiy me‘yorlari diniy va yuridik qoidalar bilan mustahkamlanadi. Bu orqali jamiyat va davlat nikohni himoyalaydi hamda uni buzuvchilarni qoralaydi.
Oilani ilmiy o’rganishda sotsiologik va ijtimoiy-psixologik bilimlar xususiyatlari borasidagi masalalar jiddiy ahamiyat kasb etadi. Sababi, oila – ham sotsial institut ham kichik guruhdir. Sotsiologlar «oilaning maxsus sotsiologik nazariya»sini ilgari surasalar, psixologlar esa oiladagi o’zaro munosabatlarga murojaat etadilar.
Oila – bu murkkab sotsiomadaniy hodisadir. U o’zida inson hayotiy faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olishi bilan unikal va takrorlanmas hodisaga aylandi. Oila ijtimoiy hayotda individuallikdan ijtimoiy-tarixiygacha, moddiylikdan ma‘naviylikkacha bo’lgan barcha darajadagi jarayonlarda ishtirok etadi.
Oila tuzilmasida shartli ravishda bir-biri bilan bog‘liq quyidagi munosabatlar turkumlanadi: birinchisi – tabiiy-biologik, ya‘ni jinsiy va qon-qarindoshlik; ikkinchisi – iqtisodiy, ya‘ni uy xo’jaligi, ro’zg‘or, oilaviy mol-mulk doirasidagi munosabatlar; uchinchisi – ma‘naviy-ruhiy, ahloqiy-estetik, ya‘ni er-xotinlik va ota-onalik mehr-muhabbat, bolalar tarbiyasi, keksa ota-onalar haqida qayg‘urish, xulq-atvorning axloqiy me‘yorlari bilan bog‘liq his-tuyg‘ular.

Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling