Mavzu: so`z birikmasi va sintagma so`Z birikmasi tasnifi


Download 0.63 Mb.
bet1/6
Sana29.01.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1137474
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Soz birikmasi

Mavzu: SO`Z BIRIKMASI. UNING TUZILISHI VA GRAMMATIK MA’NOLARI. SO`Z BIRIKMASI TURLARI

REJA:


1
2
So`z birikmalarining nutq birligi ekanligi haqida. Sintagma haqida tushuncha.
So`z birikmasining so`z, qo`shma so`z, turg`un ibora hamda gapdan farqi
3
4
So`z birikmasining tiplari
Tobe komponentlarning sintaktik vazifaga ko`ra so`z birikmasining turlari
4
5
So`z birikmasining tuzilishiga ko`ra turlari.

So`z birikmalari haqidagi bilim sintaktik ta’limning tarkibiy qismlaridan biridir.
So`z birikmasi so`zlarining ma’lum bir mantiqiy va grammatik qoidalar asosida birikishidan hosil bo`ladigan erkin sintaktik butunlik hisoblanadi. Biror so`z turkumiga oid birdan ortiq so`zlarning semantik va grammatik jihatdan o`zaro birikuvchi so`z birikmalarini yuzaga keltiradi. Masalan:
tong shabodasi, chiroyli shahar, astoydil o`qish kabi.
So`z birikmasining tiplari:
1. Otli so`z birikmalari
2.Fe’lli so`z birikmalari.
3. Ravishli so`z birikmalari.
4. Sifatli so`z birikmalari.
5. Modal so`z birikmalari.
So`z birikmasida ayrim tushunchalarni ifoda qiluvchi so`zlar o`zaro sintaktik munosabatga kirishi, murakkab tushunchani anglatadi
So`zlarning sintaktik munosabatiga kirishuvi uchun ichki ma’no mosligi hamda tashqi grammatik moslik va ularning uyg`unligi talab qilinadi: qorning sovuqligi, vatanni sevmoq, piyoda yurmoq kabi

So`z birikmasining ma’nosi uning tashkil etgan komponentlar ma’nosidan kelib chiqadi: katta bino, bizning vazifamiz, yaxshi odam.

  • So`z birikmasining ma’nosi uning tashkil etgan komponentlar ma’nosidan kelib chiqadi: katta bino, bizning vazifamiz, yaxshi odam.
  • So`z birikmasi tuzish uchun so`zlar zarur bo`lsa, gap hosil qilish uchun so`z birikmalari shunchalik zarurdir. So`z birikmalari strukturasini faqat so`zlar miqdori bilangina belgilab bo`lmaydi, albatta.

So`z birikmasida so`zlar miqdoridan tashqari komponentlar o`rtasida sintaktik aloqa bo`lishi shart shuning uchun ham yoza boshlamoq, o`ttiz besh kabilar so`z birikmasi hisoblanmay, qo`shma so`zlar bobida o`rganiladi. Chunki ular o`rtasida sintaktik aloqalar yo`q bo`lib, bitta leksik ma’no tushunchani anglatadilar. So`z birikmasi ikki komponent (qism)dan tashkil topadi: hokim komponent va tobe komponent
So`z birikmasi tarkibida ma’nosi ravshanlashgan qism (so`z) hokim komponent, uning ma’nosini aniqlab, to`ldirib kelgan qism (so`z) tobe komponent hisoblanadi. So`roq hamma vaqt hokim komponentidan tobe komponentga berilishi shart
Tobe komponenti hokim so`zidan berilgan so`roqqa javob bo`ladi. Masalan: rangli televizor (qanday televizor? - rangli )
Maktab darsliklarida so`z birikmasining hokim komponenti bosh so`z, tobe komponenti esa ergash so`z atamalari bilan ham izohlanadi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling