Mavzu: So‘z-gaplar
Download 306.24 Kb.
|
So\'z-gaplar
Mavzu: So‘z-gaplar va ularning o‘rganilishiRustamova Dilshoda 110T – guruhMIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI Fan: HOZIRGI O‘ZBEK TILI Mavzuga doir reja:
Tilshunosligimizda hozirga qadar turkumlanish akademik A.Hojiyev ta’kidlaganidek, o‘z yechimini topgan emas. Buning isboti sifatida modal so’zlar, taqlid so’zlar, undov gohida mustaqil, gohida har ikkalasiga ham kiritilmasdan alohida talqin etib kelinmoqda. Lekin ba’zi qarashlarni inobatga olgan holda ularni na unisiga, na bunisiga qo`shmasdan professor A. Nurmonov to`g`ri ta`kidlaganidek, oraliq so`z turkumlari qatoriga kiritish maqsadga muvofiq. Ammo keyingi paytlarda e`lon qilingan ishlarda ular alohida so`z-gaplar deb e`tirof etilgani sababli ularni aynan keltirish lozim. Hamda ularning nutq jarayonida ma`lum darajada mustaqillik, ma`lum darajada yordamchilik xususiyatlariga ega ekanligi ham barchaga ayon. O`zbek tilida bo`lakka ajratilmaydigan gaplar yoki so`z-gaplar atamasi ostida birlashtiriladigan gaplarning alohida belgilari mavjudki, ular belgi bilan mustaqil yordamchi so`zlardan sodda yoki qo`shma gap bilan farq qiladi. Bular quyidagilar:
So`z-gaplar deganda shu asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashtiruvchi hodisalar tushuniladi. O`zbek lisoniy tizimi gapda ma`lum bir axborotni tashuvchi tasdiq-inkor, mayl-zamon va shaxs-son ma`no hamda munosabatlarini ifodalovchi tarkibiy qismlar bo`lishini talab qiladi. So`z-gaplarda bunday tarkibiy qismni alohida-alohida ajratish mumkin emas. Lekin ular ham gap bo`la oladi, chunki kesimlik shakli, ma`no va munosabati so`z-gaplarning o`zida mujassam va ichki mohiyatini tashkil qiladi. Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi munosabati va kesimlik –gap markazi vazifasida kelish, fikrni shakllantirish, uni ifodalash bor. Ular gap sifatida voqelanuvchi so`zning leksik ma`nosida mujassam. Shu sababli bunday gaplarda kesimlik ma`nosi mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan. Demak, soz-gaplar mustaqil bo`la olish qobiliyatiga ega ekanligi uchun bu so`zlarga nisbatan semantik funksional shakllangan so`z-gap atamasi qo`llaniladi. Bu atamadagi «semantik» tarkibiy qismi hodisaning lug`aviy -ma`noviy tomoniga ishora qiladi. Bunda gaplar markazi mavqeida kelgan leksemaning ikki tabiiy xususiyati namoyon bo`ladi, ya`ni leksik birlik ham so`z, ham gap. Bu atamaning funksional tarkibiy qismi esa so`z-gaplarning sintaktik vazifa bajarishi faqat gap markazi fazifasida kela olishi bilan chegaralanganligini ifodalaydi. So`z-gaplarning o`ziga xos g`ayrioddiy lug`aviy ma`noga ega ekanligi quyidagilarda namoyon bo`ladi:
5. ma`noli qismlarga ajralmaydi; Shuning uchun ham so`z-gaplar boshqa leksemaga nisbatan g`ayrioddiy, biroq ma`no va vazifa jihatidan alohida barqaror til birligi. Aytib o`tilgan fikrdan shunday xulosaga kelish mumkinki, ot, sifat, son, olmosh, fe`1, ravish, taqlid kabi so`z turkumlari gapning istalgan bir bo`lagi vazifasida kela olsa, so`z-gaplar gap (yoki uning markazi) vazifasida kela olishga xoslangan, bog`lovchi, ko`makchi, yuklama esa sintaktik aloqani ifodalash uchun xizmat qiladi. Olima Sayfullayeva R., tadqiqotida taqlid so‘zlarni ot, sifat, son, ravish, olmosh, fe’l so‘z turkumlari kabi mustaqil ma’no anglatishini aytib o‘tadi. “O‘zbek tilshunosligida so‘z-gapning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo‘llanish xususiyati empirik asosda yetarlicha o‘rganilgan. Substantsial yondashuvda gapning eng kichik qurilish qolipi [WRm] sifatida e'tirof etilgach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo‘lgan so‘z-gapga ham «lison-nutq» tamoyili asosida yondashish zaruriyati paydo bo‘ldi va har bir gapning o‘z qolipi mavjud bo‘lgani kabi, so‘z-gapning ham o‘ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish modeli bo‘lishi shartligi e'tirof etildi”,-deb aytib o‘tadi. So‘z-gap o‘z ichida bir necha ma'noviy guruhga ajraladi:
So`zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati-qat`iy ishonch, gumon, taxmin kabi ma`nolarini ifodalab keladigan so`zlar modal so`zlar. Ularga xullas, demak, chamasi, tabiiy, ehtimol, shubhasiz, shekilli kabi so`zlar misol bo`ladi va ular formal tilshunoslikda turlicha talqin qilingan. Kishilarning his-tuyg‘usini, haydash, to‘xtatish kabi xitob, buyruqni ifodalaydigan so‘z-gap ko‘rinishi – undov so‘z-gap. His-tuyg‘u undoviga [eh], [voy], [oh], [barakalla], [rahmat], [ofarin] kabi so‘z, buyruq -xitob undovlariga [pisht], [beh-beh], [pisht-pisht], [chuh] kabi xitob so‘z kiradi. So‘z-gapning uchinchi ma'noviy guruhi bo‘lgan tasdiq/inkor so‘z ko‘pincha modal tarkibida o‘rganilgan. [Ha], [mayli], [xo‘sh], [xo‘p] so‘zi tasdiqni, [yo‘q], [mutlaqo], [aslo], [sira] so‘zi – inkorni ifodalovchi so‘z-gap. Taklif/ishora so‘z-gapga qo‘llanishi tana a'zolarining maxsus harakati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan [ma], [mang], [qani], [marhamat] so‘zi kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan bo‘lib, uni biror ish-harakatni bajarishga undaydi. So‘z-gap shunday birliklar guruhiki, ularning ko‘pchiligi boshqa so‘z turkumidan tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘ziga xos nutqiy qo‘llanish natijasida shakllangan va rivojlangan. Chunonchi, [so‘zsiz], [tabiiy] so‘zi sifatdan, [albatta] ravishdan o‘sib chiqqan bo‘lsa, [har qalay], [har holda] modal so‘z-gapi so‘z birikmasidan, [nasib bo‘lsa], [xudo xohlasa] kabilar gapdan kelib chiqqan. Sof so‘z-gapga [albatta], [alhamdulilloh]; [eh], [hoy], [oh], [o‘h]; [ha], [yo‘q], [mutlaqo]; [ma], [mang] kabi modal, undov, tasdiq/inkor, taklif/ishora so‘zi mansub. O‘zbek substantsial tilshunosligida so‘z-gap [W?]-lashgan (modallashgan, undovlashgantasdiq/inkorlashgan,taklif/ishoralashgan)so‘zlar,[W?]lashayotgan(modallashayotgan,undovlashayotgan,tasdiq/inkorlashayotgan,taklif/ishoralashayotgan so‘zlar, [W?]-simon (modalsimon, undovsimon, tasdiq/inkorsimon) so‘z-gapga ajratilib, mufassal o‘rganilgan. So`z-gapsimon deganda mohiyatan so`z gaplar bo`lmagan lug`aviy birikmalarning so`z-gap vazifasida kelishi tushuniladi. Jumladan, modalsimonga shunday qilib, baxtga qarshi, tavba, xudo saqlasi; undalmalarga erkalash ma`noli asalim, oppog`im va undov ma`noli ey, do`stlar kabi; tasdiq/inkorsimonlarga xuddi, shunday, hech qachon, noto`gri kabiu; taklif/ishorasimonlarga boshlang ko`rinishli misol. Qisqasi, so`z-gaplarning leksik semantic guruhi bo`lgan sof so`z gap o`zi tarixan kelib chiqadigan so`z turkumidan batamom uzilgan, ko`pchiligi ravish, sifat, ot sifatida mutlaqo qo`llanmaydi. So`z gaplashgan unsure esa o`zlari tarixan kelib chiqqan so`z bilan omonimik munosabat xosil qiladi va boshqa turkumdan aloqasini mutlaqo uzmagan bo`ladi. So`z-gaplashayotgan unsurlarga o`zi boshqa so`zlar turkumi (ravish, sifat, olmosh, son, fe`l)ga tegishli, lekin so`z gaplarga xos ma`no va vazifada qo`llana oladigan birliklar kiradi va so`z gapsimonlardan farqi shundaki, ushbu qatlamga oid so`z tarixiy taraqqiyot natijasida batamom so`z-gaplarga o`tib ketishi mumkin. So`z-gapsimonlar esa o`z so`z turkumi doirasida qoladi https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/tilshunoslik/so-z-gaplar Download 306.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling