Mavzu: So‘zlarga so‘roq berish va ularni guruhlash


Download 0.93 Mb.
bet6/11
Sana28.03.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1301708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-sinf Ona tili III-chorak

Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I.Tashkiliy qism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarnidarsgatayyorgarliklarinitekshirish.
II.O`tgan mavzuni mustahkamlash:
1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
166-mashq. So‘roqlar o‘rniga mazmunga mos so‘zlarni qo‘yib, gaplarni yozing. Shaxslarni bildirgan so‘zlarning tagiga chizing.
(Kim?) ... Dehqon paxta ekadi. (Kim?) ... Tikuvchi kiyim
tikadi. (Kim?) ... Shifokor kasallarni davolaydi. (Kim?)
... Rassom rasm chizadi. (Kim?) ... Bog`bon bog‘larni parvarish
qiladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
167-mashq. Gaplarni o‘qing. Qavs ichida berilgan ma’nosi bir xil so‘zlardan mazmunga mosini tanlab, maqollarni yozing.
N amuna:
1. Daraxt yaprog‘i bilan ko‘rkam, odam mehnati bilan kotrkam.
1.Daraxt (bargi, yaprog‘i) bilan ko‘rkam, odam (ishi, mehnati) bilan ko‘rkam. 2. Daryo suvini (bahor, ko‘klam) toshirar, odam qadrini (ish, mehnat) oshirar. 3. (Ko‘klam, bahor) ko‘rkam fasl. 4. Duo bilan (el, xalq) ko‘karar, yomg‘ir bilan (yer, zamin) ko‘karar.
1.Daraxt yaprog‘i bilan ko‘rkam, odam mehnati bilan ko‘rkam. 2. Daryo suvini ko‘klam toshirar, odam qadrini mehnat oshirar. 3. bahor ko‘rkam fasl. 4. Duo bilan el ko‘karar, yomg‘ir bilan yer ko‘karar.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling