Mavzu: Spam xabarlarni aniqlash usullarri va algoritmlari tahlili. 5330500-“Axborot xavfsizligi” yoʻnalishi. Guruh


Individual loyihani bajarish rеjasi


Download 324.89 Kb.
bet2/31
Sana18.06.2023
Hajmi324.89 Kb.
#1567808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Individual loyihani bajarish rеjasi: Kirish, nazariy qism, asosiy qism,xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.




Sana

Ishning bajarilish darajasi



Talaba imzosi


































































Himoya natijasi ____________ball Rahbar____________________________________ ( imzo ) Mazkur hujjat 3 yil davomida kafеdrada saqlanadi.

M U N D A R I J A
KIRISH ...........................................................................................................................3
1-BOB.
Spam nima?………………….…………………………………………………4
Spamning elektron tijorat maanfatlariga ta’siri……….………………………...............5
Elektron tijoratdagi spamning oqibatlari …………………………………………….....6
Ushbu turdagi elektron pochta xabarlari sizning raqamli do’koningizda qanday muammolarni tug’durishi.……………………………….……………………………...7
2- BOB. Spam va unga qarshi kurash……..…………………………….....…...............9
Spam tarqatish metodlari evolyutsiyasi………………………………………………...12
Manzillarni to’plash va ro’yxatdan verifikatsiya qilish………..…………..…………...14
“Tarqatish nuqtalarini” tayyorlash……………………………………………………...16
Spam tarqatish uchun dasturiy ta’minot………………….………………………..........19
Spamerlar manzillarni qayerdan biladilar…………………..…………………………..20
DIKM va SPF yozuvlari bilan autentifikatsiya………………………………………....25
Elektron pochta tarkibi bilan ishlash……………………………………………….…...29
XULOSA………………………………………………………………………………..30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI……………………………….…31


Kirish
Axborotni himoyalash sohasida tadqiqotlarning asosiy vazifasi ma’lum usullarni yuksaltirish va yangi usullarni, axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash, yuborish hamda tarqatish jarayonida uni xavfsizligini ta’minlash algoritmlarini ishlab chiqish hisblanadi. Bu sohada tadqiqot yo‘nalishlarining biri spamni filtrlash (SF) usullari va algoritmlarini ishlab chiqishdir. Aloqa telematik xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarida spamga noaniq doiradagi shaxslarga mo‘ljallangan hamda abonent yoki foydalanuvchiga oldindan ruxsat so‘ralmasdan yetkazilgan telematik elektron xabar kabi ta’rif berilgan. Yana ta’kidlanadiki, aloqa operatori spamni tarqalishiga qarshi choralar ko‘rishi ta’kidlanadi. Ortiqcha talab etilmagan elektron xatlar foydalanuvchilarga kerakli axborot resurslarini foydalanuchanligini buzadi, chunki kiruvchi aloqa kanali sezilarli resurslarni iste’mol etadi, yana inson tomondan yoki dasturiy elektron xabarlarni filtrlashda xabarlarni yo‘qolishida axborotni butunliligini buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Spam bilan birga axborotni to‘liq yoki qisman yo‘qotilishi yoki buzilishiga olib keladigan zararkunanda dasturlar havolalanishi mumkin. Bir qator zararkunanda dasturlar shaxsiy ma’lumotlarni o‘g’irlanishi uchun foydalanilishi mumkin: xususiy foydalanuvchilar kredit kartasi raqamlari, tashkilotni bank hisob raqamlarini masofaviy boshqarish tizimiga ruxsat uchun foydalanuvchi nomlari va parollari. Bundan tashqari konfidensial ma’lumotlar elektron pochta orqali tasodifan yoki qasddan yuborilishi mumkin. Tashkilotda qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga bog‘liq holda nafaqat kiruvchi, balki chiquvchi trafikni ham nazoratlanshi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF 4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da “Axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish” bo‘yicha ustuvor vazifalarni bajarish belgilangan.
«Spam» termini yangi mazmunda jonga teguvchi elektron tarqatmalar yoki pochta chiqindilari degan ma‘noni anglatadi. Spamlar 1993-yilda paydo bo‘lgan. Usenet kompyuter tarmog‘i administratori Richard Depyu yaratgan dasturdagi xato 1993-yil 31-mart kuni konferensiyalardan biriga ikki yuzta bir xil xat jo‘natilishini keltirib chiqardi. Uning norozi suhbatdoshlari jonga teguvchi xabarlarga tezda -«spam» degan nom topdilar. «Kasperskiy Laboratoriyasi» tushunchasiga ko‘ra, spam - bu so‘ralmagan anonim ommaviy tarqatmalardir.
Mavzuning dolzarbligi. Ushbu mavzuning hozirgi kundagi dolzarbligi shundaki, Elektron pochta chiquvchi oqimida hukumat yoki tijoriy siridan iborat ma’lumotlar qidiruvi vazifasi SF vazifasi bilan bir xil. Bu holda tizimni o‘qitish uchun talab etilmagan elektron xatlargina emas elektron ko‘rinishdagi konfidensial hujjatlar foydalanilishi mumkin. Elektron xabarlarni filtrlash (EXF) tizimlaridan foydalanilishiga qaramasdan umumiy pochta trafigida spamni ulushi hali ham yetarlicha yuqori. Cisco kompaniyasi ekspertlari fikricha 2009-yilda spam hajmi birinchi marta 90% li pochta trafigi ko‘rsatkichidan oshdi. Hozirgi kunga kelib 55% miqduqori qiymat hisoblanadi, shuning uchun spamni filtrlash samaradorligini oshirish hozirgi kunnning muhim muammolaridan biri hisoblanadi.



Download 324.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling