Mavzu: sport biomexanikasi


Asosiy tushunchalar, kattaliklar, hisob tizimlari


Download 373.34 Kb.
bet8/10
Sana23.03.2023
Hajmi373.34 Kb.
#1288916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AMALIY ISH 25 - 30

1.2. Asosiy tushunchalar, kattaliklar, hisob tizimlari.


Biologik sistemalarning mexanik harakatlari haqidagi biomexanika fanida mexanika principlaridan foydalaniladi. Albatta, bu holda tirik sistemalarni qator o‘ziga xos tomonlarini o‘rganishda biofizika, bioximiya, fiziologiya va hatto psixologiya tushunchalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday tushunchalarga quyidagilar kiradi:
mustahkamlik - jismning tashqi kuch ta’sirida emirilmasdan qarshilik ko‘rsatish qobiliyatidir;
bikrlik - jismning tashqi kuch ta’sirida deformaciya-ga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatidir;
elastiklik - jismning tashqi ta’sir olingandan so‘ng o‘zining boshlang‘ich o‘lchamlari va shaklini tiklashi;
plastiklik - jismning emirilmasdan katta qoldiq deformaciyalarga uchrashi va tashqi kuch olingandan keyin ham deformaciyani saqlab qolishi.
Asosiy kattaliklar:
Kuchlanish - ichki kuchlar intensivligi, ya’ni jism kesimining bir birlik yuzasiga to‘g‘ri keladigan ichki kuch miqdori.
Umumiy mustahkamlik - berilgan deformaciya tezligi-dagi emiruvchi kuch (yoki kuchlanish).
Mustahkamlik chegarasi - jismning emirilmasdan qarshilik ko‘rsata oladigan eng katta kuchlanish miqdori.
Mustahkamlik zahirasi - umumiy mustahkamlikni jismdagi normal kuchlanish miqdoriga nisbati.
Elastik deformaciya koefficienti - jism elementi uzunligini necha marta o‘zgartirish mumkinligini ko‘rsatuvchi son.
Nisbiy deformaciya - absolyut deformaciyani jism boshlang‘ich uzunligiga nisbati.
Elastik deformaciya chegarasi - materialni proporci-onallik chegarasigacha bo‘ladigan eng katta nisbiy deformaciya.
Deformaciyani solishtirma energiyasi - jismning emi-rilishiga sarflangan potencial energiya miqdorini emirilish yuzasiga nisbati.
Elastiklik moduli (Yung moduli) - materialning elas-tiklik xarakteristikasi bo‘lib, kuchlanishni nisbiy uzayishga nisbatidir.

Download 373.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling