Mavzu: Sport mukammaligi bosqichi reja: Sport trenirofkasi vositalari


Download 16.8 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi16.8 Kb.
#1555572
Bog'liq
doniyor tennis


Urganch davlat pedagogika instituti


PEDAGOGIKA FAKULTETI

Mustaqil ish



Mavzu: Sport mukammaligi bosqichi
REJA:

1. Sport trenirofkasi vositalari
2 Sport trenirofkasi uslubiyatlari
3 Sportchining funksional maonaviy,psixologik tayyorgarligi

Respublikamizda jismoniy madaniyat sohasida zamonaviy mutaxassislar tayyorlash tizimi mukammal darajada tashkil etilgan. Sohada yetakchi va markaziy oliy o`quv yurti hisoblanmish O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya universitetida ko`plab oliy ma`lumotli jismoniy madaniyat mutaxassislari, sport murabbiylari tayyorlanadi. Mazkur oliy dargohda mamlakatimizning sohaning eng yetakchi olimlari va sport murabbiylari bo`lajak mutaxassislarga saboq beradilar. Undan tashqari Respublika viloyatlarining universitetlari, pedagogika institutlari qoshidagi mavjud jismoniy tarbiya fakul`tetlari ta`lim tizimini ko`plab oliy ma`lumotli jismoniy tarbiya o`qituvchilari bilan taminlaydi. Shuningdek, keyingi yillarda tashkil etilgan Olimpiya zahiralari kollejlarida sportchilar tayyorlash bilan birga o`rta maxsus ma`lumotli sport murabbiylari ham tayyorlanadi. Respublikada o`rta maxsus kasb ta`limi va Oliy ta`lim tizimida jismoniy madaniyat sohasi mutaxassislari tayyorlashning ilmiy – metodik ta`minoti to`la hozirgi zamon talablari asosida tashkil etilgan. Ya`ni ta`lim muassasalari puxta ishlangan DTS va o`quv dasturlari, darsliklar, turli xildagi o`quv qo`llanmalar bilan taminlangan


O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng barcha sohalarda har tamonlama yuksalish yuz berayotganini ko’rishimiz mumkin. Jismoniysiyosiy va ma’naviy o’zgarishlar umuminsoniy qadriyatlar tizimida yangilanish, insonning barcha shaxsiy extiyojlari, talablari va ma’nfaatlari birinchi o’ringa ko’tarilayotganini, ayniqsa o’sib kelayotgan yosh avlodlarning ma’naviy- axloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada oshayotgani bugungi kunda sir emas. Jamiyatda sog’lom turmush tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlsh, jismonan sog’lom, ma’nan boy yosh avlodni tarbiyalash, aholini jismoniy tarbiya va sport bilan keng jalb etishni keng jalb etishni ta’minlashga yo’naltirishda yurtboshimiz tomonidan bir qancha qarorlar va farmonlar ishlab chiqildi. Shu munosabat bilan yangi insonni tarbiyalashning murakkab va ko’p qirrali muommosining muxim yo’nalishi xar bir kishida o’z sog’lig’i to’g’risida o’zi qayg’urish madaniyatni singdirishdir. Uni tarkib topish uchun oila, maktabgacha muassasalar, maktab, o’rta maxsus kasb xunar ta’lim tizimi, maxalla, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport tizimlarining xodimlari butun kuch quvvatini, g’ayratini ishga solib, bolaning ongiga yoshlikdan jismoniy tarbiyaga bo’lgan muxabbatni singdirib qo’yishlari darkor. 2018 yil 28 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlisga murojaatnomasida “…jamiyatda sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalshtirish dolzarb vazifadir.Sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni rag’batlantirish va qo’llab quvvatlashga bundan buyon ham kata ahamiyat beramiz”.Oxirgi yillarda Respublikamizda eng asosiy, muhum vazifalardan biri ommoviy sportni rivojlantirish masalasi turadi. Mustaqil O’zbekistonning ma’naviy sog’lom avlodlarni, bo’lajak vatanparvarlarni tarbiyalash vazifasi pirovard o’qituvchilar, mutaxassislar zimmasiga tushadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq, o’sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy va ma’naviy salomatligini 4 shakllantirishning, sog’lom turmush tarziga intilish va mehr muhabbatini singdirishining g’oyat muhim sharti ommoviy sportni rivojlantirishdir.” Bundan tashqari jismoniy tarbiya o’qituvchilari, sport mutaxassislarining, ustozmurabbiylarning chuqur bilim, yuksak malaka, boy tajriba va mahoratga ega bo’lishi har tamonlama yetuk,ma’naviy barkamol kadrlar tayyorlashning garovidir. Organizmdagi moddalar almashinuvi jarayoni bajarilayotgan ish darajasiga moslahsadi.Mustaqil O’zbekiston Respublikasining strategik vazifalaridan birikelajakdagi barcha ezgu ishlarni amalga oshirishga qodir bo’lgan jismoniy sog’lom va ma’naviy barkamol shahsni voyaga yetkazishdan iborat. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun nazariy bilimlarni chuqur o’rganishimiz, sog’lom turmush tarzini shakllantirish va takomillashtirishda yangi bilimlarni egallashimiz, zamon talablari darajasida ta’lim texnologiyalaridan foydalanib, kelajak avlod vakillarini vatanparvar, o’z kasbining yetuk bilimdon egasi qilib tarbiyalamog’imiz darkordir.
Yuqori natijalarga erishish uchun jismoniy tarbiyaning barcha vositalari jismoniy mashqlar, gigiyenik omillar va tabiatning solomlashtiruvchi kuchlari, shuningdek, mashg’ulotlar davomida vositalarning keng ishlab chiqilgan tizimi qo‘llaniladi. L.P. Matveev sportchilarning yutuqlariga qarab sport turlarini trenirovka vositasi sifatida 5 guruxga ajratadi.
Musobaqalashish mashqlari – bu sport turiga xos bo‘lgan va to‘liq muayyan sport turining talablariga binoan bajariladigan yaxlit xarakat faoliyatidir. Ko‘pgina musobaqalashuv mashqlari xarakat tuzilishi bo‘yicha cheklangan va qisqa yo‘nalishiga ega bo‘ladi; bular monostrukturali mashqlardir. Bunga tezkorlik kuchini talab qiladigan mashqlari (sakrashlar, uloqtirish, og’irlikni ko‘tarish, sprint) va chidamlilikni talab qiladigan submaksimal, katta va o‘rtacha zo‘riqish bilan bajariladigan siklik (yugurish, suzish va boshqa) xarakatlar kiradi.
Musobaqalashuv mashqlarining kompleksi doimiy mazmunga ega bo‘lgan ikki kurash va ko‘pkurashlardan iborat. Bir turdagi ko‘pkurashlarga konpkida yugurish to‘rtkurashi, tog’ chanisi uchkurashi kirsa, turlari ko‘p ko‘p kurashlarga yengil atletika o‘nkurashi, zamonaviy beshkurash, chani ikki kurashi, «Alpomish» va «Barchinoy» ko‘pkurashlari kiradi Sport trenirovkasi vositalari .Yuqori sport maxoratiga erishishga qaratilgan barcha vositalar sport mashuloti usuliyatlariga kiradi. Xarakat faoliyatiga o‘rgatish usuliyatlari jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining umumiy asoslaridan sizga ma’lumdir. Bu yerda ularni sport mashg’ulotlariga nisbatan aniqlashtirishga to‘g’ri keladi. Usuliyatlarning asosiy maqsadi xarakat malakalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan. Sport mashg’ulotida belgilangan vazifalariga ko‘ra, qatoriy reglamentlashtirilgan mashq usuliyatlarining turli xil variantlardan foydalaniladi. Trenirovka mashg’ulotlaridagi xarakat malakalarini takomillashtirish jarayonida standart va almashtirib mashq qilish usuliyati keng qo‘llaniladi.Xarakat sifatlarini va organizmning funksiyalarini takomillashtirishda maqsadga muvofiq tanlangan mashqlar kompleksi, interval mashq qilish usuliyatini (navbatdagi nagruzkalar orasida belgilangan vaqtda dam olish), uzluksiz mashq qilish (dam olinmasdan mashqlar kompleksi uzluksiz bajariladi) va yuqorida qayd qilingan turli xil usuliyatlar qo‘llaniladi. Bir usuliyatning o‘zi keng vazifalarni xal qilish va sportchini tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin, masalan, yugurishda o‘zgaruvchan mashq qilish usuliyati yordamida bir vaqtning o‘zida chidamlilikni tarbiyalash, yugurish texnikasini takomillashtirish, masofa bo‘ylab kuchni taqsimlashning taktik variantlarini mashq qilish mumkin va xokazo, ya’ni bir usul orqali sportchining jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligini amalga oshirish mumkin.Qatoriy reglamentlashtirilgan usuliyatdan tashqari sport mashg’ulotida musobaqalashish va o‘yin usuliyati, shuningdek, doiraviy mashq qilish metodi keng qo‘llaniladi.Musobaqalashish usuliyatining asosini faqat raqib bilan kuch sinash emas, balki o‘z-o‘zi bilan xam musobaqalashish mashqlari xamtashkil qiladi. Shuning bilan birga mashg’ulotga kiritilgan o‘yin usullari yordamida yuqori ruxiy ko‘tarinkilikka erishiladi, fikrlash qobiliyati, qo‘yilgan maqsadga erishish, irodasi va qatiyyati rivojlanadi.Doiraviy mashq qilish jismoniy mashqlarni qo‘llashning tashkiliy-usuliyatining shakli sifatida jismoniy sifatlarning kompleks namoyon qilishni takomillashtirishga qaratilgan.Mashg’ulot jarayonlari muayyan sport turida maksimum natijalarga erishishga qaratilgan. Yuqori sport kamolotiga erishish ko‘p qirrali va juda murakkab jarayondir. U sportchining o‘zini xar tomonlama funksional, jismoniy, texnik va taktik tayyorlash orqaligina emas, uning natijasining o‘sishiga tasir qiluvchi boshqa omillar tasirida kam amalga oshiriladi. Bu omillarga birinchi o‘rinda trenerning xar tomonlama tayyorgarligini (uning nazariy bilimi, amaliy tajribasi, tashkilotchilik qobiliyati, shuningdek, ilmiy tadqiqot va metodik faoliyatga intilishining bevosita tashqi muxitni, moddiy-texnika, xo‘jalik va meditsina taominoti va boshqa-larni) kiritish lozim. Shunday qilib, sportchi rekord o‘rnatishida unga yuzlab kishilar yordamlashadi, ular uni shaxs va sportchi sifatida shakllantirishadi.Sport mashg‘uloti vositasi sifatida qo‘llaniladigan jismoniy mashqlar quyidagilardan iborat:
1) tanlangan (asosiy) musobaqa mashqlari;
2) maxsus tayyorlov mashqlari ;
3) umumiy tayyorlov mashqlari.
Musobaqa mashqlari – bu yaxlit harakat faoliyati bo‘lib (yoki harakat faoliyatlarining yig‘indisi) sportcha ixtisoslash predmeti hisoblanadi va mazkur sport turi bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqa shartlariga to‘la muvofiq holda bajariladi.
Ko‘pgina musobaqa mashqlari nisbatan tor yo‘nalishdagi va harakat tarkibi jihatidan cheklangan xaraterdagi faoliyat bo‘ladi. Bunga siklli harakatlar (yugurish va yurishning yengil atletika turlari, chang‘i, velosiped poygalari, suzish) ham, shuningdek ba’zi bir sikll bo‘lmagan va aralash mashqlar (yengil atletikadagi sakrash, uloqtirish va boshqalar) ham kiradi. Asosiy jismoniy sifatlariga qarab, bu mashqlarni tezlik, kuch va ko‘proq chidamlilik talab qiladigan mashqlarga bo‘lish mumkin. Chidamlilik talab qiladigan mashqlar o‘z navbatida chidamlilik xususiyatiga qarab, maksimal quvvattalab, katta quvvattalab va o‘rtacha quvvattalab mashqlarga bo‘linadi. Shu bilan birga har biri shartli «syujet»ga birlashgan, sharoitga qarab o‘zgarib turishi mumkin bo‘lgan хilma-хil harakatlar yig‘indisidan iborat musobaqa mashqlari ham bo‘ladi. Masalan, sport o‘yinlarida va yakkama-yakka sport uchrashuvlarida (kurash, boks, qilichbozlikda) ana shunday harakatlar yig‘indisi bo‘ladi. Musobaqa mashqlarining mazkur turlari yuqorida sanab o‘tilgan mashqlardan farq qiladi. Bular holat va harakat shakllari muntazam va to‘satdan o‘zgarib turadigan sharoitda asosiy jismoniy sifatlarning kompleks namoyon bo‘lishi bilan хarakterlanadi. Maxsus tayyorlov mashqlari musobaqa harakatlari elementlarini, shuningdek namoyon etish shakl va xarakteri jihatidan ularga o‘xshash harakat va holatlarini o‘z ichiga oladi.Masalan maxsus tayyorlov mashqlari, jumladan, yuguruvchilar tanlangan masofani qismlarga bo‘lib yugurishadi, gimnastikachilarda musobaqa kombinatsiyalari elementlari qismlarini bajarishdan, o‘yinchilarda o‘yin harakatlari va kombinatsiyalaridan iborat bo‘lishi mumkin. Yana imitatsiya (taqlid) mashqlari, ya’ni musobaqa harakatlariga juda o‘xshab ketadigan mashqlar ham (chang‘ichilar g‘ildirakli chang‘ida mashq qilishlari, suvga sakrovchilar va gimnastikachilar batut va lopinda mashq qilishlari va hokazolar) maxsus tayyorlov mashqlari hisoblanadi. Ayrim hollarda o‘xshash sport turlaridagi mashqlar ham (musobaqada qatnashish uchun tanlangan masofaga o‘xshash masofaga yugurish va hokazolar) maxsus tayyorlov mashqlari jumlasiga kiradi.. Sportchining (o‘zi tanlagan sport turi bo‘yicha iхtisoslashuviga qarab) jismoniy mashqlari klassifikatsiyasi:
A – chang‘ichi uchun; B – suvga sakrovchi uchun.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerak-ki, tanlangan musobaqa mashqlari bilan qandaydir sezilarli umumiylikka ega bo‘lgan mashqlarnigina maхsus tayyorlov mashqlari deb hisoblasa bo‘ladi. Masalan, yuguruvchi uchun har qanday yugurish mashqlari emas, balki musobaqa turi teхnikasining spetsifik tomonlariga yoki boshqa o‘ziga хos хususiyatlariga anchagina yaqin bo‘lgan yugurish mashqlarigina maхsus tayyorlov mashqlari bo‘la oladi. Binobarin, maхsus tayyorlov mashqlari tan langan sport turining spetsifikasiga muvofiq belgilanadi va shuning uchun ham bunday mashqlar doirasi hamisha nisbatan cheklangan bo‘ladi.Lekin maхsus tayyorlov mashqlari tanlangan sport turi bilan aynan bir хil bo‘lmaydi (aks holda ularni qo‘llashning ma’nosi bo‘lmas edi). Ular sportchi uchun zarur bo‘lgan sifat va malakalarni rivojlantirishga mumkin qadar to‘g‘ri va foydali ta’sir etadigan qilib tuziladi va tanlanadi. Masalan, «og‘irlik» tipidagi yoki shtanga bilan o‘tirib turish tipidagi maхsus tayyorlov mashqlarini bajarayotgan og‘ir atletikachi klassik kurash harakatlarini bajarayotgandagiga qaraganda ko‘proq og‘irlikni uddalab, kuch-qudrat qobiliyatlari rivojlanishiga mumkin qadar ko‘proq foydali ta’sir ko‘rsatish uchun sharoit yaratishimiz kerak.
Download 16.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling