Mavzu: sport sog'lomlashtirish turizmi faniga kirish
Sport sog’lomlashtirish turizmining asosiy maqsadi va vazifalari
Download 112.5 Kb.
|
Sport turizmi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
5. Sport sog’lomlashtirish turizmining asosiy maqsadi va vazifalari Sog'lomlashtirish deganda faqat tibbiy yordamgina (dorilar) tushunilmasdan, balki jismoniy tarbiyaning u yoki bu vositalari, ayniqsa piyoda yurish sayohati (turizm) orqali amalga oshiriladigan xilma-xil tadbirlarni ham e‟tirof etish lozim. Ijtimoiy turmush sharoiti, ayniqsa mehnat jarayonlarida (ishga etib borish, mehnat qilish va uyga qaytish) piyoda yurish ma‟lum darajada bajariladi. Bu amaliy faoliyatlarning ham sihat-saklomatlikni saqlash, uni yaxshilash borasida o'ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Lekin tog'li joylar, daryo, ko'l, suv ombori sohiuari, yashil o'tloqlar, soya-salqin joylarga borib dam olish, hordiq chiqarishda piyoda yurishning o'zgacha gashti bo'ladi. Chunki, oila a‟zolari yoki guruh (o'quvchi-yoshlar, talabalar, mehnatkashlar va hokazo) bo'lib, kerakli jihozlar, kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlarni ko'tarib, orqalab yurish, kamida 10–15 km masofani (bir kun davomida) piyoda o'tish sayohat-larning poydevori bo'lib hisoblanadi. Har 30–45 daqiqada (sayohatchilarning tayyorgarligiga qarab o'zgarish mumkin) 3–5 daqiqa qisqa dam olish (prival), hojatlarni chiqarish, qatnashchilarning o'ta toliqmasligini ta‟minlaydi. Yo'lda ketaturib atroflarni kuzatish, o'simlik va hayvonot olamini o'rganish sayohatchilarning tabiat manzaralariga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi. Past-baland, qir adirlardan o'tish, qiyalik, soyliklardan tushish, ariq va katta suvlardan sakrab, kechib o'tish jarayonlari amaliy (jismoniy) harakatlarni kuchaytirishni talab etadi. Tushki ovqatlanish, dam olish (katta prival) jarayonida atrof muhitni tomosha qilish, zilol suvlarda cho'milish salomatlikni mustahkamlaydi. Kechki (tunash) dam olish paytida ovqat pishirish, choy qaynatish, isitish, kiyimlarni quritish (zarur bo'lganda), gulhan yoqish uchun o'tin g'amlash muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, davra qurib birgalikda ovqatlanish, gulxan atrofida suhbat uyushtirish, qo'shiqlar aytish, raqslarga tushish qatnashchilarning kayfiyatini ko'taradi. G'am-tashvishlar bir past bo'lsada unutiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Xoldorov T.X., Tulenova X. Turizm va uni o‘qitiSh metodikasi. O‘quv qo‘llanma. T., 2007. -190 b. 2. E.Yu Daurenov., R. Qudratov. Turistik sayrlarni tashkil qilish. O‘quv uslubiy qo‘llanma. T. O‘zDJTI nashriyoti. 1995 y. 3. Abdumalikov R.A., Xoldorov T.X. Turizm. O‘quv qo‘llanma. T.: O‘qituvchi, 1988. - 200 b. 4. E.Yu.Daurenov. Turizm. Darslik. T. 2020 y. 5. E.Yu.Daurenov. Turizm. Darslik. T. TT va ESI nashriyoti. 2020 y. 6. E.Yu.Daurenov, Sh.O.Berdiyev, S.E.Daurenova, D.A.Berdiyeva. Turistik sayrda jismoniy maShqlar va harakatli o‘yinlar. O‘quv uslubiy qo‘llanma. O‘zDJTI nashriyoti. 2014 y. Download 112.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling