Mavzu: sportchilarning sport anamnezi va jismoniy rivojlanishi


Download 119.21 Kb.
bet2/8
Sana31.01.2024
Hajmi119.21 Kb.
#1831027
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sportda jismoniy rivojlanishni aniqlash

Somatoskopiya – tashqi ko‘rik asosida jismoniy rivojlanishini aniqlash usulidir. Tashqi ko‘rik asosida tana tuzilishning konstitutsional tiplari aniqlanadi. Odamning qanday konstitutsion turga mansubligini aniqlash uchun antropometrik o‘lchov usulidan foydalaniladi: odamning konstitutsion klassifikatsiyasi uchun turli ko‘rsatkichlar (bo‘y, ko‘krak qafasining kengligi, qorinning hajmi, muskullarning rivojlanganligi, bosh suyagining kattaligi va shu ko‘rsatkichlarning bir-biriga bo‘lgan munosabatlari) mavjud.
Tana tuzilishi – bu gavda o‘lchovlarining shakllanishlari, mutanosibliklari, tana qismlarining bir-biriga nisbatan joylashishi, suyak, yog‘ va muskul to‘qimalarining rivojlanish xususiyatlari bo‘lib, M.V.Chernorutskiy odam konstitutsiyasini uch turga: astenik, normostenik va giperstenik turlarga bo‘ladi. Bularning har biri o‘ziga xos moddalar almashinuvi xossalari bilan ta’riflanadi.

  1. Astenik tip (asteniklar)– tananing uzunasiga ketgan o‘lchovlar ko‘ndalang o‘lchovlarga nisbatan ustun, suyak skeleti yengil, yelkalar tor, oyoq-qo‘llari ingichka, ko‘krak qafasi uzunchoq, yassi va tor, epigastral burchak 900dan kam, terisi yupqa va nozik, muskullari sust rivojlangan.

  2. Giperstenik tip (gipersteniklar) – tananing ko‘ndalang o‘lchovlar uzunasiga ketgan o‘lchovlarga nisbatan ustun, oyoq-qo‘llar kalta, suyak skeleti og‘ir, bo‘yni kalta va qalin, yelkalari keng, ko‘krak qafasi keng, epigastral burchak 900dan katta, ya’ni o‘tkir emasligi, terisi qalinligi bilan ta’riflanadi. Gipersteniklar uncha baland bo‘yli bo‘lmasa ham semizroq, kuchli odamlardir, ko‘krak qafasi keng, oyoq- qo‘llari kaltaroq bo‘ladi.

  3. Normostenik tip (normosteniklar) – ikki tip o‘rtasidagi holat, tananing ko‘ndalang va uzunasiga ketgan o‘lchovlarning o‘zaro munosabati to‘g‘ri, tana shakllanishi mutanosib, ko‘krak qafasi konus yoki silindrsimon, epigastral burchak to‘g‘ri bo‘ladi.




A-asteniklar, N-normosteniklar, G-gipersteniklar

Shuni aytish kerakki, odamlarniig ko‘pchiligida barcha turlarning xususiyatlari aralashgan bo‘ladi. Bundan tashqari, tuzilish turi butun hayot davomida o‘zgarib turadi va turmushga, ayniqsa, mehnat xususiyatlari va boshqa omillarga qarab o‘zgarishi mumkin.


Bolalarni tana tuzilishiga qarab quyidagicha sport turlarini tanlash tavsiya etiladi:
Birinchi guruh-normostenik tana tuzilishi – tananing hamma qismi bir biriga to‘g‘ri proporsional, teng, baravar rivojlangan, ko‘krak va yelka kamari kengligi, qo‘l va oyoqlarning uzunligi proporsional bo‘ladi. Bunday bolalar sportning hamma turlari bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Ikkinchi guruh-giperstenik tana tuzilishi – kalta bo‘yli, keng ko‘krak qafasli, keng yelkali, qo‘l-oyoqlari kalta va yo‘g‘on. Bularni ko‘proq kurash turlariga yo‘naltirish maqsadga muvofiq. Sababi, bunday gavda tuzilishidagi bolalarda suyaklar yo‘g‘on, baquvvat, muskullar yaxshi rivojlangan, kuchli bo‘ladi. Ular tez, epchil, chaqqonlik bilan harakat qilish xususiyatiga ega.

Uchinchi guruh-astenik tana tuzilishi –bo‘yi uzun, qo‘l va oyoqlari uzun, tana ingichka, ko‘krak va yelka kamari ingichka. Bunday bolalar uchun sport o‘yinlarining voleybol, basketbol, tennis turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi.

Tashqi ko‘rik yordamida keyingi bosqichda qaddi-qomat tekshiriladi. Qaddi-qomat bolaning yoshligidan boshlab o‘sishi, rivojlanishiga va tarbiyalanishiga qarab shakllanadi. To‘g‘ri shakllangan qaddi-qomat insonni xushbichim qiladi, tayanch-harakat apparati va butun organizmini normal faoliyatiga yordam beradi.



Download 119.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling