Mavzu: sportda ish qobiliyatini oshirish va tiklashdavrinmi tezlashtirish uchun dorivor moddalardan foydalanish


Download 1.96 Mb.
Sana02.05.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1421512
Bog'liq
Mirxomidov Sayidjon

MAVZU:SPORTDA ISH QOBILIYATINI OSHIRISH VA TIKLASHDAVRINMI TEZLASHTIRISH UCHUN DORIVOR MODDALARDAN FOYDALANISH

Tayyorladi:Mirxomidov Sayidjon

Tekshirdi:Babayeva


REJA: 1. SPORTDA ISH QOBILIYATINI TIKLASH VOSITALARI 2. PEDAGOGIK VOSITALARI: 3. FARMAKOLOGIK TIKLASH VOSITALARI
Kirish
Zamonaviy sportning eng muhim muammolaridan biri sportchilarning ish qobilyatini oshirishdir. Yetakchi dunyo sportchilarining bir kunda kamida 3-4 marta sport mashgʼulot-larini bajaradi. Sport mashgʼulotlarini koʼlami va jadalligi oshishi bilan birga sport musobaqalarining soni ham oshib bormoqda. Maʼlumotlarga qaraganda ayrim yetakchi sportchilar davrida 51-54 marta musobaqalarda ishtirok etishgan.
Charchash – bu fiziologik jarayon boʼlib, biror aqliy yoki jismoniy yuklamadan yuzaga keladi va qisqa vaqtli dam olishdan keyin oʼtib ketadi. Oʼta charchash esa charchash jarayonining usma-ust kelishi, kasalliklardan soʼng tiklanmasdan mashgʼulotlarda ishtirok etganda, trenirovka rejimi buzilganda paydo boʼladigan, patologiyaoldi holatini rivojlanishiga sabab boʼladigan holat.
Takroriy katta hajmli va quvvatli jismoniy yuklanishlar taʼsirida sportchi organizmida ikkita karama-qarshi holatlar rivojlanadi:
1. Jismoniy chiniqish va sport ish qobilyatini oshishi (sarflangan energetik resurslar qayta tiklangan holatlarida);
2. Surunkali charchash va sportchini darmoni qurishi (muntazamlik ravishda tiklanish jarayonlarining muddatlari uzaygan holda).
Zamonaviy sportda sportchining organizmi faoliyati va ish qobiliyatini oshirishda navbatdagi mashgʼulotlar toʼliq tiklan-magan holatida oʼtkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Sport mashgʼulotlarini jarayonidagi jadallashtirish va sport ish qobilyatini oshirishda qayta tiklash vositalarli keng muntazamlik ravishda qoʼllanilishiga katta ahamiyat beriladi. Zamonaviy sportga taʼluqli haddan tashqari fizik va psixik (ruhiy) yuklanishlarda qayta tiklash vositalardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga etadir.
Hozirgi zamonda qayta tiklash vositalari ikki turli shaklda oʼtkaziladi:
a) sport mashgʼulotlar va musobaqalar jarayonidagi sport-chilarni tiklash sistemasi
b) tibbiy reabilitatsiya sistemasi: boshqacha aytganda kasallanish, shikastlanish, oʼta charchash va oʼta zoʼriqishlardan keyin sportchilarni ish qobilyatini qayta tiklashdir.
Qayta tiklash vositalarining tasnifi
Qayta tiklash vositalari uchta asosiy – pedagogika, psixologik va tibbiy guruhlarga boʼlinadi.
Pedagogik vositalari:
• asosiy vositalar boʼlib hisoblanadi, chunki ratsional ravishda tuzilgan sport mashgʼulotlarnigina qayta tiklash jarayonlarini tezlashtiradi va sport natijalarni oshiradi
Bunda quydagi faktorlarga katta ahamiyat beriladi: mikro va makrotsikllarda shu bilan sportchini koʼp yillar davomida tayyorlanishida yuklanish va dam olishni birga qoʼshib toʼgʼri olib borilishi. maxsus qayta tiklash sikllarini kiritish, dam olish kunlar, mashgʼulotlarni har xil sharoitlarda oʼtkazilishi, mushaklarni boʼshashtiruvchi mashqlar, yengil krosslar, mashgʼulot-larni kirish va tugash qismlarini ratsional ravishda tuzilishi va h.k.
Psixologik vositalari: – psixologik – asab tangligini (tarangligini) chetlatadi, shu bois organizmining harakat va fiziologik funktsiyalari tezda qayta tiklanadi.
Bularga har xil asabiy va ruxiy holatlarini boshqarish usulublar: uxlab dam olish (https://fayllar.org/chaqaloqlar-uchun-massajning-ijobiy-xususiyatlari.html), oʼz kuchiga ishontirish, oʼz-oʼzini irodasini mustahkamlash, mushaklarni boʼshashtirish usullari, boʼsh vaqtlarni sermazmunli oʼtkazish, gipnoz va x. kiradi.
Jismoniy ish qobiliyatini tiklashda qoʼllaniladigan tibbiy vositalar asosiy rolni oʼynaydi.
Tiklanish deganda organizmning funktsional holati oʼzgargandan keyin uning fiziologik holatini ishdan oldingi yoki unga yaqin gomeostaz (ichki muhitni saqlash) holatiga qaytishi tushiniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Belaya N.A. «Davolash jismoniy tarbiyasi va massaj». M.: Sov. sport, 2001 y. 2 Epifanov V.A., Apanasenko G.L. «Davolash jismoniy tarbiya va vrach nazorati». M.: «Medistina», 1990 y. 3.Vasileva V.E. «Skoliozda Davolash jismoniy tarbiya» metodik tuplanma, M.: 1984 y.
Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling