Mavzu: sql tili va uning operatorlari


Keltirilgan misoldagi jadval beshta ustundan iborat bo‘lib, har bir ustun uning nomini berish bilan aniqlanadi.Undan so‘ng ma’lumotlar turi aniqlanadi


Download 348.3 Kb.
bet4/5
Sana12.11.2023
Hajmi348.3 Kb.
#1767631
1   2   3   4   5
Bog'liq
7 мавзу prezent MB SQL ZOOM

Keltirilgan misoldagi jadval beshta ustundan iborat bo‘lib, har bir ustun uning nomini berish bilan aniqlanadi.Undan so‘ng ma’lumotlar turi aniqlanadi.

NULL qiymati ustunda hech qanday qiymat mavjud emasligini, ya’ni ustun bo‘sh ekanligini, NOT NULL esa bo‘sh emasligini bildiradi, xullas, instruksiya nuqta vergul bilan tugallanadi.

Jadvalni o’zgartirish. ALTER TABLE instruksiyasi

SQL tili nafaqat jadval ma’lumotlari bilan ishlash, balki ma’lumotlar bazasida amallar bajarish, jumladan, jadvalni yaratish, o‘chirish va o‘zgartirish (yangilash) imkonini beradi.

Jadvalni o‘zgartirish uchun ALTER TABLE buyrug‘idan foydalaniladi. Bu instruksiya jadvalga yangi ustunlar qo‘shish, ustunlarni o‘chirish, ustunlar kattaligini o‘zgartirish hamda cheklanishlarni qo‘shish va olib tashlash imkoniyatlariga ega.

Bu komanda ANSI standarti qismi emas, shuning uchun har xil MBBT larda har xil imkoniyatlarga ega. Jadvalga ustun qo‘shish barcha MBBTlar qo‘llab-quvvatlaydigan yagona amal bo‘lganligi uchun biz uni misol sifatida ko‘rib chiqamiz.

Jadvalga ustun qo‘shish buyrug‘ining sintaksisi quyidagicha:

ALTER TABLE ADD

;

bu erda table name- jadvalning nomi, column name– ustunning nomi, data type– qo‘shish kerak bo‘lgan ustundagi ma’lumotlarning turi, size – o‘lchovi.

Masalan, Vendors ta’minlovchi jadvaliga vend_phone ustunini qo‘shish quyidagicha amalga oshiriladi:

ALTER TABLE Vendors

ADD vend_phone CHAR(20);

Bunga ko‘ra, Vendors jadvaliga vend_phone nomli ustun qo‘shiladi, ustundagi ma’lumotlarning turi simvolli bo‘lib, uning uzunligi 20 ta simvoldan iborat.

ALTER TABLE buyrug‘idan ehtiyotlik bilan foydalanish zarur.Bunday so‘rovni amalga oshirishdan avval sizda barcha ma’lumotlarning va sxemalarning to‘liq nusxasi borligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.


Download 348.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling