Mavzu: sssrda harbiy razvedka tizimi


Download 0.62 Mb.
bet5/8
Sana21.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1644403
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qamchinbekov Asadbek.

Dmitriy Fedorovich Polyakov 1921 yilda Ukrainada tug‘ilgan. 1939 yilda o‘rta maktabni tugatib, artilleriya bilim yurtiga o‘qishga kiradi. Fashistlarga qarshi urushda qatnashib, Qizil yulduz ordeni bilan taqdirlanadi. Harbiy harakatlar tugaganidan so‘ng u ta'lim olishni davom ettiradi va keyingi yillarda Frunze akademiyasi va Bosh shtab kurslarini tamomlaydi. Shundan so‘ng boshqa bitiruvchilardan farqli ravishda arxivga emas, balki Bosh razvedka boshqarmasiga ishga yuboriladi.

1951 yilda yosh josus birinchi yo‘nalishni oladi va darhol Nyu-Yorkka boradi. Harbiy razvedkachi besh yil davomida diplomatik niqob ostida xizmat qiladi va uning faoliyati rahbarlarni hayratda qoldiradi. Dastlabki yillarda Polyakov AQShning Avstraliya, Koreya, Yaponiyadagi harbiy bazalari, Qo‘shma Shtatlarning havo hujumiga qarshi kurashish tizimi, MRBning markaziy Yevropada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlari haqidagi ma'lumotlarni to‘plab Moskvaga yetkazadi. 1959 yilda uch yillik tanaffus va kontrrazvedka tekshiruvlaridan so‘ng Polyakov yana Qo‘shma Shtatlarga ishlash uchun qaytadi, bu paytda u allaqachon polkovnik unvonini olgan va noqonuniy ishlar bo‘yicha rezident o‘rinbosari lavozimiga ko‘tarilgandi. 1960 yilgacha BMTdagi SSSR vakolatxonasida ishlaydi. Polyakovning asosiy vazifasi — dunyoning barcha burchaklaridagi AQSh qurolli kuchlari holati haqidagi juda muhim ma'lumotlarni SSSR xavfsizlik idoralarining AQShda yashirin faoliyat olib borayotgan xodimlaridan to‘plab, ularni muvofiqlashtirish bo‘lgan.

KGBga xiyonat AQShdagi faoliyati davrida Polyakov o‘g‘il farzand ko‘radi va oradan uch oy o‘tgach bola og‘ir kasallikka chalinadi. Jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga 400 dollar zarur edi, ammo bu paytda Polyakovda buncha miqdordagi pul mavjud bo‘lmagani sabab GRUning AQShdagi rezidenti I.A.Sklyarovdan pul so‘rashga majbur bo‘ladi. U esa Moskva ruxsat bermadi, degan vaj bilan Polyakovga pul berishdan bosh tortadi. Natijada Polyakovning o‘g‘li vafot etadi. Bundan qattiq alamzada bo‘lgan razvedkachi qasd olishga qaror qiladi va 1961 yil 30 oktabr kuni AQSh qurolli kuchlari ofitserlaridan biri, polkovnik Feyksiga qo‘ng‘iroq qilib, razvedka va kontrrazvedka masalalari yuzasidan uchrashish taklifi bilan chiqadi. Maxsus xizmatlarning tarixchisi, KGB sobiq xodimi Nikolay Kondratevning ta'kidlashicha, Polyakov bir vaqtning o‘zida bir necha sabablarni inobatga olgan holda o‘ziga ma'lum bo‘lgan ma'lumotlarni AQSh maxsus xizmatlariga taqdim etmaslikka qaror qiladi.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling