Bir paytning о‘zida probel vositasida bir nechta va har xil turdagi
qiymatlarni oqimdan kiritish mumkin. Qiymat kiritish tugmasini
bosish bilan tugaydi. Agar kiritilgan qiymatlar soni о‘zgaruvchilar
sonidan kо‘p bо‘lsa, «ortiqcha» qiymatlar bufer xotirada saqlanib
qoladi.
#include stream.h>
int main()
{
int x,y;floatz;
cin>>x>>y>>z;
cout<<”O’qilgan qiymatlar\n”;
cout<<<’\t’<return0;
}
О‘zgaruvchilarga qiymat kiritish uchun klaviatura orqali 10
20 3.14 nter>
harakati amalga oshiriladi. Shuni qayd etish kerakki, oqimga
qiymat kiritishda probel ajratuvchi hisoblanadi. Haqiqiy sonning
butun va kasr qismlari ‘.’ belgisi bilanajratiladi.
Operator tushunchasi
Programmalash tili operatorlari yechilayotgan masala algorit-mini
amalgaoshirishuchunishlatiladi. Operatorlar chiziqli va boshqaruv
operatorlariga bо‘linadi.
Aksariyat holatlarda operator-lar «nuqta-vergul» (‘;’) belgisi bilan
tugallanadi va u kompilyator tomonidan alohida operator deb qabul
qilinadi (for operatorining qavs ichida turgan ifodalari bundan
mustasno). Bunday operator ifoda operatori deyiladi. Qiymat berish amallari guruhi, xususan, qiymat berish operatorlari ifoda
operatorlari hisoblanadi:
I++; --j; k+=I;
Programma tuzish amaliyotida bо‘sh operator - ‘;’ ishlatiladi. Garchi
bu operator hech nima bajarmasa ham, hisoblash ifodalarini til
qurilmalariga mos kelishini ta’minlaydi. Ayrim hollarda yuzaga
kelgan «boshi berk» holatlardan chiqib ketish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |