Milliy standart – bu standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan milliy idora
tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan
standartdir.
Korxona standarti – bu mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga korxonaning
tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va uning tomonidan tasdiqlangan hujjatdir.
Standartlarni qo‘llashda turli usullar mavjud. Bir mamlakat doirasida
standartlar yangidan yaratilishi mumkin hamda xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo
standartlarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri qo‘llanishi ham mumkin.
Standartlardan
tashqari
rahbariy
hujjatlar,
texnikaviy
shartlar,
standartlashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar, yo‘riqnomalar (qoidalar) ham
mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |