Mavzu: Statistik jadvallar Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 0.72 Mb.
|
Statistik jadvallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Sifat belgiga ega bo’lgan ma’lumotlarni grafikda tasvirlash *
3-rasm. Shkala
Shkala tayanchi to’g’ri va egri chiziqli (yoysimon, aylanasimon) bo’lishi mumkin. Shkaladagi oraliqlar (nuqtalar orasidagi masofa) teng yoki teng bo’lmagan holda bo’lishi mumkin. Agar shkala oraliqlari teng bo’lsa, bunday shkala teng o’lchovli shkala deb, agar oraliqlar teng bo’lmasa teng bo’lmagan o’lchovli shkala deyiladi. Grafikning oxirgi unsuri – bu grafik talqinidir (eksplikatsiya). Bu unsur grafikning mohiyatini, mazmunini so’z bilan ifodalanishini ta’minlaydi. Grafik talqini grafik nomini, masshtab shkalasidagi yozuvlarni, grafikning ba’zi bir qismlariga izohlarni aks ettiruvchi unsurdir. Grafik talqiniqisqa va tushunarli bo’lishi lozim. Grafiklarni tasvirlashda ko’rsatkichlar, yozuvlar, shartli belgilar kam bo’lishi, qisqa ifodalanishi ularni tushunishni, tahlil qilishni osonlashtiradi. 2.3. Sifat belgiga ega bo’lgan ma’lumotlarni grafikda tasvirlash* JournalofCommunicationDisorders (O’zaro munosabat nuqsonlari jurnali)da chop etilgan (1995 yil mart) afaziya tadqiqotini ko’rib chiqaylik. Afaziya bu og’zaki yoki yozma tilni tushunish yoki undan foydalanish qobiliyatining yomonlashuvidir. Tadqiqotchilar tomonidan afaziyaning 3 turi aniqlangan: Broka, nasldan naslga o’tuvchi va anomik. Tadqiqotchilar afaziyaning bir turi boshqalaridan ko’ra ko’roq uchrashini, agar shunday bo’lsa, qay darajada ko’proq uchrashini aniqlashni hoxlashadi. Shu maqsadda ular 22 nafar afaziyaga chalingan o’smirlardan afaziya turi to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plashdi. 2.1-jadval tanlama to’plamdagi har bir tashxis qo’yilgan afaziya bilan chalinganlar uchun afaziyaning turini ko’rsatadi. Ushbu tadqiqotda bizni qiziqtirayotgan miqdor – afaziyaning turi bu tabiatan sifatiy ma’lumotlardir. Sifatiy ma’lumotlar tabiatda sanab bo’lmaydigan ma’lumotlardir, shuning uchun sifat o’zgaruvchining qiymati sinflar deb nomlanuvchi kategoriyalarga bo’linishi mumkin. Afaziyaning uchrashi mumkin bo’lgan turlari - Broka, nasldan naslga o’tuvchi va anomik, ushbu sifat ma’lumot uchun sinflarni ak ettiradi. Biz bu kabi ma’lumotlarni ikki usulda jamlashimiz mumkin: (1) sinf chastotasini, yani ma’lumotlar qatoridagi har bir sinfga kiruvchi kuzatuvlar sonini hisoblash orqali yoki (2) har bir sinfga kiruvchi kuzatuvlar jami sonining ulushini, ya’ni sinf nisbiy chastotasini hisoblash orqali. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling