Mavzu: Statistika agentligining xo’jalik yurituvchi subektlar oldidagi ahamiyati


Download 18.72 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi18.72 Kb.
#1532501
1   2   3
Bog'liq
Ergashev Eldor

Hujjatli kuzatish – zarur bo‘lgan ma’lumotlar, har xil hujjatlardan olinadi. Bu usul ko‘pincha hisobot usuli deb yuritiladi.
3. Savol-javob yo‘li bilan kuzatish – kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar asosida kuzatish varaqalari to‘ldiriladi. Bu holda hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Bu usulning o‘zi ikkiga bo‘linadi:
1. Og‘zaki usul (ekspeditsion).
2. O‘z-o‘zini regitratsiya qilish usuli.
Og‘zaki usulda maxsus tayyorlangan kishilar (ro‘yxatga oluvchi, hisobchi) kuzatilayotgan shaxslarga kuzatish varaqasidagi savollarni berib, olgan javoblarni varaqaga yozadilar. Masalan, 1989 yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatida shu usul qo‘llangan. O‘z-o‘zini registratsiya qilish usulida statistika tashkilotlarining vakillari kuzatish varaqalarini kuzatilayotgan shaxslarga tarqatadilar va ma’lum vaqtdan so‘ng to‘ldirilgan varaqalarni yig‘ishtirib oladilar. Varaqalarni to‘ldirayotgan shaxslarga tekshirish mohiyatini tushuntirish va yozilgan ma’lumotlarni har taraflama tekshirish vakillarning burchi hisoblanadi. Bu usul uy ho‘jaliklar budjetini tekshirishda, ayrim ro‘yxatlarni (masalan 1961 yildagi maktablar ro‘yxati) o‘tkazishda qo‘llanadi.
4. Respondentlar yordamida kuzatish usulida zarur ma’lumotlar statistika boshqarmalariga ixtiyoriy yoki yollanma muxbirlar tomonidan yuborib turiladi.
Kuzatish xatolari ikki turga bo‘linadi: a) muntazam xatolar va b) tasodifiy xatolar.
Muntazam xatolar o‘z navbatida ikki xil bo‘ladi: a) o‘lchov xatolari va b) xususiy xatolar ya’ni kuzatuvchi shaxs xatolari.
Qisman kuzatishlarda voqealarni hisobga olish jarayonida qayd qilish va arifmetik xatolar bilan bir qatorda muntazam xatolar ham uchraydi. Ular g‘arazli va g‘arazsiz bo‘ladi. /arazli xatolar biror maqsadni ko‘zlaydi. Beg‘araz xatolar esa kuzatish uslubini, ayniqsa dasturni va yo‘riqnomalarni umumiy ko‘rinishda mujmal bayon etilishidan va kuzatuvchilarning ishini osonlashtirish uchun belgilangan tartibdan qisman chetlanishidan kelib chiqadi. Shu bilan birga qisman kuzatishlarda xususiy xatolar mavjud, ular reprezentativlik xatolari nomi bilan yuritiladi.

Xulosa:

Statistik kuzatishning tariflari va ularga rioya qilishning ko'p o'zgaruvchilariga ega bo'linganligi bilan, umumiy talablar quyidagicha bilanib chiqish mumkin:

1. Asosiy tushunchalar va ma'lumotlar to'plash usullari tushunilishi zarur.


2. Ma'lumotlar tafsilotli va to'g'ridan-to'g'ri tahlil qilinishi kerak.
3. Ma'lumotlar saqlash, sarlavha berish va qayta ishlash usullari bilan muvaffaqiyatli ishlash talablari.
4. Kuzatish jarayoni davomida jamiyatga aks ettirilgan yuklarning taqsimlanishi va tahlil qilinish talabi.

Foydalanilgan manbalar: https://kompy.info/


t.me//MohirAlChatBot
Download 18.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling