Mavzu: Statistika fani predmeti va uslubi
Mavzu: Aholi statistikasi
Download 149.45 Kb.
|
referat
Mavzu: Aholi statistikasi
2022 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 35 271 276 kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi. 2021 yilda doimiy aholi soni 712,4 ming kishiga oshgan. Mamlakat aholisi 2021 yil davomida har oyda o‘rtacha 59,4 ming kishiga ko‘paygan. Ushbu yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga ortgan. Bugungi kunda: Shahar joylarda — 17,9 mln kishi; Qishloq joylarda — 17,4 mln kishi istiqomat qilmoqda. 2022 yilning 1 yanvar holatida O‘zbekistonda umumiy aholi sonining 49,7 foizi ayollar hisobiga to‘g‘ri kelgan: Ayollar soni — 17,5 mln nafar; Erkaklar soni — 17,7 mln nafar. 1991 yilda respublikada doimiy yashovchi aholining 50,6 foizini ayollar tashkil etgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublika hududlarining doimiy aholisi soni: Samarqand viloyati — 4 mln nafardan ortiq; Farg‘ona viloyati — 3,89 mln nafar; Qashqadaryo viloyati — 3,4 mln nafar; Andijon viloyati — 3,2 mln nafar; Toshkent viloyati — 2,9 mln nafar; Namangan viloyati — 2,9 mln nafar; Toshkent shahri — 2,8 mln nafar; Surxondaryo viloyati — 2,7 mln nafar; Buxoro viloyati — 1,9 mln nafar; Qoraqalpog‘iston R. — 1,9 mln nafar; Xorazm viloyati — 1,9 mln nafar; Jizzax viloyati — 1,4 mln nafar; Navoiy viloyati — 1,03 mln nafar; Sirdaryo viloyati — 0,8 mln kishi. Eslatib o‘tamiz, 1 oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qatlami aholi umumiy sonining 57,8 foizini, ya’ni 20 mln kishidan ko‘proqni tashkil etgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, mehnat yoshigacha bo‘lganlar 31,1 foiz, mehnat yoshidan kattalar esa 11,1 foizga yetgan. Download 149.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling