Mavzu: stol tennis sport turini olimpiada o'yinlariga kirib kelishi reja


Download 1.4 Mb.
bet3/4
Sana06.04.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1332586
1   2   3   4
Bog'liq
Stol tennisi o\'yinida uchraydigan holat va harakatlarga o\'rgatish

Ochko o‘ynash. Ochko o‘ynash to‘p uzatilgan paytdan boshlab tomonlardan biri ochko yutgunga qadar davom etadi. O‘yinchi yo‘l qo‘ygan har bir xato uning raqibiga bir ochko keltiradi. O‘yinchi raqibi urib o‘tkazgan to‘pni o‘z tomonidagi stoldan birinchi sakrab chiqqandan keyin raketka bilan urib qaytarishi lozim. Qaytarilgan to‘p raqib tomondagi stolga tegishi kerak.
Raqib tomonida stolga tekkan to‘p uchib o‘tayotganda to‘rga (uning qaeriga bo‘lmasin) yoki ustunchaga urilgan, shuningdek, ustunchaning tashqi tomonidan uchib o‘tgan bo‘lsa ham to‘g‘ri qaytarilgan hisoblanadi.
Quyidagi hollarda o‘yinchi ochko yutqizadi:
to‘pni noto‘g‘ri uzatsa;
to‘pni stolga tegmasdan avval uchib kelayotganda ursa;
u qaytargan to‘p raqib tomonida stolga tushmasdan boshqa tomonga uchib ketsa;
to‘pni qaytarayotganda, uni bir martadan ortiq ursa yoki to‘pni raketka bilan ilib, keyin irg‘itsa;
raqib to‘g‘ri qaytargan to‘pni o‘z tomonidagi stoldan birinchi marta sakrab chiqqandan keyin qaytarishga ulgurmasa;
ochko o‘ynalayotgan paytda raketka ushlamagan qo‘li bilan stol yuzasiga tegsa.
Stol tennisi 21 ochkolik hisobdan 11 ochkoli hisobga davom etishi to‘g‘risidagi qaror 2001 yilda kiritilgan.

O’yin qoidalari.

Uzatish. Stol tennisida ham o’yin koptok uzatish, ya’ni koptokni o’yinga kiritish bilan boshlanadi. Uzatuvchi stolning orqa chizig’idan tashqarida turishi va uning tanasi hamda raketkasi stol ustida bo’lmasligi zarur. Koptok ochiq kaftdan yuqorida tashlanib, so’ngra raketka bilan uriladi. Uzatilgan koptok stolning uzatuvchi tomonidan sakrab chiqishi va to’r ustidan unga tegmasdan o’tishi hamda stolning raqibga qarashli tomoniga tushishi kerak.


Quyidagi hollarda koptok noto’g’ri uzatilgan hisoblanadi va uzatuvchi ochko yutqizadi:

  • koptok stol ustida uzatilsa;

  • koptok yuqoriga tashlanmasa yoki noto’g’ri tashlansa;

  • uzatayotgan o’yinchi uzatish uchun tashlagan koptokni qaytib ushlab olsa yoki urmoqchi bo’lib ura olmay qolsa;

  • uzatilgan koptok raqib tomonga tushmasa;

  • o’yinchi koptokni yurib borayotib uzatsa.

Agar to’g’ri uzatilgan koptok raqib tomonga tushayotib, to’rga yoki uning ustunchasiga tegib ketsa, koptok yana qaytadan uzatiladi. Shuningdek, uzatilgan va to’rga tegib o’tgan koptok uchib kelayotgan paytda qaytarilsa ham koptok qaytadan uzatiladi.
Ochko o’ynash. Ochko o’ynash koptok uzatilgan paytdan boshlanib tomonlardan biri ochko yutgunga qadar davom etadi. O’yinchi yo’l qo’ygan har bir xato uning raqibiga bir ochko keltiradi. O’yinchi raqibi urib o’tkazgan koptokni o’z tomonidagi stoldan birinchi sakrab chiqqandan keyin raketka bilan urib qaytarishi lozim. Qaytarilgan koptok raqib tomonidagi stolga tegishi kerak.
Raqib tomonida stolga tekkan koptok uchib o’tayotganda to’rga (uning qaeriga bo’lmasin) yoki ustunchaga urilgan, shuningdek, ustunchaning tashqi tomonidan uchib o’tgan bo’lsa ham to’g’ri qaytarilgan hisoblanadi.
Quyidagi hollarda o’yinchi ochko yutqizadi:

  • koptokni noto’g’ri uzatsa;

  • koptokni stolga tegmasdan avval uchib kelayotganda ursa;

  • u qaytargan koptok raqib tomonida stolga tushmasdan boshqa tomonga uchib ketsa;

  • koptokni qaytarayotganda, uni bir martadan ortiq ursa yoki koptokni raketka bilan ilib, keyin irg’itsa;

  • raqib to’g’ri qaytargan koptokni o’z tomonidagi stoldan birinchi marta sakrab chiqqandan keyin qaytarishga ulgurmasa;

  • ochko o’ynalayotgan paytda raketka ushlamagan qo’li bilan stol yuzasiga tegsa.

O’yin hisobi. Tomonlardan birortasi xatoga yo’l qo’ysa, bitta ochok yutqazadi. Tomonlardan birining ochkosi 21 ga etsa va shu bilan birga bu ochko raqib tomon ochkolardan kamida ikki ochko ortiq bo’lsa, shu tomon partiyani yutgan hisoblanadi. Hisob 20 tadan bo’lib qolsa, o’yin to raqiblarning bittasi ikkinchisidan ikki ochkoga o’zib ketmagunga qadar davom ettirilaveradi.
Uchrashuvlar uch yoki besh partiyadan (bolalar yoki o’smirlar gruppalarida faqat uch partiyadan) iborat bo’ladi. Tomonlardan biri uch partiyadan ikkitasini yoki besh partiyadan uchtasini yutsa, uchrashuv tamom bo’lgan hisoblanadi.
Yakkama-yakka o’yinda har besh ochko o’ynalib bo’lgandan keyin koptok uzatgan o’yinchi qabul qiluvchi, koptok qabul qilgan o’yinchi esa uzatuvchi bo’lib qoladi. Hisob 20 tadan bo’lgandan keyin uzatish navbati har bir ochko sari almashinib turadi. Har bir partiyadan keyin o’yinchilar tomonlarini va uzatish navbatini almashtiradilar. Hal qiluvchi (uchinchi yoki beshinchi) partiyada raqiblardan biri 10 ochko yutgandan keyin o’yinchilar tomonlarini almashtiradilar.
Juftma-juft koptok avval uzatuvchilar stolining o’ng yarmiga yoki o’rta chizig’iga tegishi, keyin esa to’r ustidan diagonal bo’yicha uchib o’tib, qabul qiluvchilar stolining o’ng yarmiga yoki o’rta chizig’iga tegishi kerak. Aks holda uzatuvchi tomon ochko yutqizgan hisoblanadi.
Juftma-juft o’yinda sheriklar orasida o’rnatilgan qabul qilish va uzatish tartiblariga jiddiy rioya qilinishi zarur. Uzatilgandan keyin qabul qiluvchi tomonidan qaytarilgan koptokni uzatuvchining sherigi, keyin esa qabul qiluvchining sherigi va nihoyat, uzatuvchining o’zi qaytaradi. Bundan keyin koptokni har qaysi o’yinchi shu ko’rsatilgan tartibda navbat bilan qaytaveradi. Koptokni navbatsiz qaytargan tomon ochko yutqizgan hisoblanadi.
Partiyani boshlaydigan juft sheriklardan qay biri koptokni avval uzatishini, so’ngra esa qabul qiluvchi juft koptokni kim birinchi qabul qilishini kelishib oladi.
Juftma-juft o’yinda ham har besh ochko o’ynalgandan keyin koptok qabul qilgan o’yinchi koptok uzatadi, koptok uzatgan o’yinchining sherigi esa koptok qabul qiladi (koptok uzatgan o’yinchi bilan uning sherigi o’rinlarini almashtiradilar).
Hisob 20 tdan bo’lib qolgan hollarda uzatish navbati har bir ochko o’ynalgandan keyin bir tomondan ikkinchi tomonga o’tib turadi va mos ravishda uzatgan o’yinchi bilan uning sherigi o’rinlarini almashtirib turadilar.
Hal qiluvchi partiyada juftlardan biri 10 ochko olgandan keyin tomonlar almashtirilayotganda shu partiyada birinchi bo’lib koptok uzatgan o’yinchilar o’z xohishiga qarab, ular shu paytda koptok uzatishi yoki qabul qilishiga qaramasdan, o’zaro o’rinlarini almashtirishga yoki o’z raqiblaridan o’zaro o’rinlarini almashtirishlarini talab etishga haqli.
Koptok uzatishda yoki uzatilgan koptokni qabul qilishda navbatni buzgan tomon ochko yutqizadi.



Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling