Mavzu: Stressni o’rganishni tarixi va uning tarifi
Download 91.75 Kb.
|
стресс тарихи
Mavzu: Stressni o’rganishni tarixi va uning tarifiReja:
Affektiv holatga yaqin turadigan lekin davomli boshdan kechiriladigan holat kuchli hayajonlanish stress holati (ingl. stress — zo‘riqish, jiddiylik, keskinlik) hisoblanadi. Stress og‘ir jismoniy va murakkab aqliy zo‘riqishlar, ishlar me’yoridan oshib ketib, xavfli vaziyatlar tug‘ilganda, zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo‘riqishdir. Stress tushunchasini psixologiya faniga olib kirgan kanadalik fiziolog G. Selye (1936) hisoblanadi. Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari o‘ziga xos tarzda o‘zgaradi, uning harakatlari tartibsiz ravishda amalga oshadi. Stressning kuchayishi teskari reaksiyaga olib keladi, natijada tormozlanish, sustlik, zaiflik, faoliyatsizlik ustuvorlik qiladi. Lekin fiziologik o‘zgarishlar tashqi tomondan ko‘rinmaydi. Biroq muammoni yechishdagi qiyinchilik, diqqatni taqsimlashdagi sarosimalilikni diqqatning tashqi ifodasi desa bo‘ladi. Shaxs stress holatida telefon raqamlarini adashtiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi, ong faoliyati yengil tormozlana- di, idrok ko‘lami torayadi. Hissiy zo‘riqish xavf-xatar tug‘ilganda, kishi xafa bo‘lganda, uyalish, tahlika ostida qolib ketish kabi vaziyatlarda ro‘y beradi. Odam stressiz yashay olmaydi, hayot bor joyda stress bor, uning bo‘lmasligi o‘lim deganidir (G. Selye, 1956). Stress aslida «hayot» tushunchasi bilan bir xildir. Savol tug‘iladi: bordi- yu, odam hali tirik ekan, u stress holatida bo‘lsa, unda qanday qilib u xastalikga duchor bo‘ladi? G. Selye bu muammoni ochiq- oydin yoritib berdi. «Stress odam uchun xavf tug‘dirmaydi, aksincha, distress xavflidir, bunda odam ancha vaqt kuchli daraada zo‘riqqan bo‘ladi. Stressni ijobiy va salbiy turlarga ajratishdan hech qanday ma’no yo‘q, chunki fiziologik nuqtayi nazardan organizmning kuchli shodlikka va kuchli qayg‘uga javob reaksiyasi bir xil bo‘ladi. «Stress xastaliklari» degan tushuncha noto‘g‘ri. «Distress kasalliklari» deyilsa, to‘g‘riroq hisoblanadi», — degan edi G. Selye. Stress haqidagi bilimlarning asoschisi Gans Sele unga shunday ta’rif bergan: “Stressdan qo’rqish kerak emas.Stressni boshqarish kerak. Boshqariladigan stress o’zida hayot mazmunini tashkil etadi.” Stress ko’rinishiga qarab 2 ga bo’linadi: 1. Konstruktiv ( ko’pchilik orasida) 2. Destruktiv ( yakka shaxs o’zi bilan bog’liq) Stresssorlarning( stressga olib keluvchi omil) xarakteriga va xususiyatiga qarab, stress fiziologik va psixologik turlarga bo’linadi. Fiziologik stress - bu o’ta jismoniy zo’riqish, biror og’riq,qo’rquv,kasalliklar natijasida vujudga keladi. Psixologik stress - odamning ruhiy holatiga voqealarning ta’siri tufayli sodir bo’ladigan stress. Psixologik stress: Informastion stress - insonda haddan tashqari axborotlarni ko’p qabul qilish ,inson oldiga qo’ygan vazifalarni bajarishda bir qancha echimlar bo’lsa-da, ulardan qaysi birini tanlash, yuqori darajadagi shiddat bilan qaror qabul qilishda ikkilanadi. Emostional stress - ta’qiq qilish,falokat,hayotiy o’zgarishlar , kundalik tashvishlarda ko’rinadi. Download 91.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling