Mavzu: sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv


Sanatsiya — «sog‘lomlashtirish» degan ma’noni anglatadi


Download 26.91 Kb.
bet2/4
Sana02.01.2023
Hajmi26.91 Kb.
#1074857
1   2   3   4
Bog'liq
Sudgacha sanatsiya qilish

Sanatsiya — «sog‘lomlashtirish» degan ma’noni anglatadi.
Iqtisodiy nochor avholda qolgan xo‘jalik yurituvchi subyektni davlat tomonidan mablag‘ ajratgan holda unga korxonani qayta oldingi holatiga qaytarish tushuniladi.
Sud sanatsiyasi — xo‘jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o‘tkazmagan holda qo‘llaniladigan bankrotlik tamoilidir.
Kuzatuv jarayonida qarzdor, qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek, uchinchi shaxs (shaxslar) sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan kreditorlar yig‘ilishiga yoki bevosita xo‘jalik sudiga murojaat qilishga haqli.
Qarzdorning sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasining taklif qilinayotgan muddati va qarzni uzish jadvali ko‘rsatilgan holda qarzdorning sud sanatsiyasi rejasi ilova qilinmog‘i lozim.
Xo‘jalik sudi tomonidan sud sanatsiyasi joriy etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Unda sud sanatsiyasining muddati, sud tomonidan tasdiqlangan qarzni uzish jadvali, majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar haqidagi, bunday ta’minotning miqdori va shakllari, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlash va unga to‘lanadigan haq miqdori haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim. Mazkur ajrim ustidan shikoyat (protest) berilishi ham mumkin. Sud sanatsiyasi ko‘pi bilan yigirma to‘rt oylik muddatga joriy etiladi, bu muddat majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar kreditorlarning talablarini qondirish uchun xo‘jalik sudi tomonidan ko‘pi bilan olti oyga uzaytirilishi mumkin.
Sud sanatsiyasini joriy etish qonunda belgilangan quyidagi oqibatlarga olib keladi:

  • kreditorlarning talablarini ta’minlash yuzasidan ilgari qabul qilingan choralar bekor qilinadi;

  • qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning o‘ziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini boshqacha tarzda cheklovlar faqat bankrotlik taomili doirasida joriy etilishi mumkin;

sud sanatsiyasi paytida yuzaga kelgan pul majburiyatlarini va majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka va boshqa iqtisodiy sanksiyalar, to‘lanishi lozim bo‘ladigan foizlar qo‘llanilmaydi. Sud sanatsiyasi joriy etilganda kuzatuvdagi singari qarzdor va uning boshqaruv organlari qonunda belgilangan ayrim bitimlarni tuzishga va boshqa harakatlarni qilishga haqli emas. Sud sanatsiyasi joriy qilinganda xo‘jalik sudi tomonidan sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi tayinlanadi. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan. Sud sanatsiyasi muddatidan ilgari tamomlanishi yoki tugatilishi mumkin. Ular bir-biridan farq qiladi. Kreditorlarning qarzni uzish jadvalida nazarda tutilgan barcha talablari sud sanatsiyasining belgilangan muddati o‘tishidan oldin qarzdor tomonidan qanoatlantirilganda qarzdorning rahbari sud sanatsiyasi muddatidan ilgari tamomlanganligi haqida xo‘jalik sudiga hisobot taqdim etadi. Xo‘jalik sudi mazkur hisobotni va kreditorlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqib, agar uzilmagan qarz qolmaganligi aniqlangan, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilgan bo‘lsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlaydi va bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni to‘xtatadi. Agar uzilmagan qarz borligini aniqlagan va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilgan bo‘lsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etadi hamda bular haqida shikoyat (protest) qilinishi mumkin bo‘lgan ajrim chiqaradi. Sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatish uchun esa quyidagilar asos bo‘ladi:

  • kreditorlar talablarini qanoatlantirishning qarzni uzish jadvalida belgilangan muddatlari sud sanatsiyasi jarayonida qarzdor tomonidan bir necha marta yoki bir marta jiddiy ravishda (bir oydan ortiq muddatga) buzilganligi;

  • qarzdor qarzni uzish jadvalini bajarishga qodir emasligidan dalolat beruvchi holatlarning mavjudligi;

  • Xo‘jalik sudiga sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatib, tashqi boshqaruvni joriy etish yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan kreditorlar yig‘ilishiga murojaat qilishi mumkin.

Sud sanatsiyasi, shuningdek, belgilangan muddat tugashi munosabati bilan ham tamomlanadi. Sud sanatsiyasining tamomlanishi to‘g‘risidagi masala sud majlisida ko‘rib chiqiladi va bu haqda xo‘jalik sudining tegishli sud hujjati qabul qilinadi. Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunda majburiyatlarning ta’minot bergan shaxslar tomonidan bajarilishi, ta’minotdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish yakunlari to‘g‘risidagi hisobot hamda ta’minot bergan shaxslarning majburiyatlarni bajarmasligi oqibatlari ham batafsil yoritilgan.
Тashqi boshqaruv va kuzatuv institutini qo‘llash tartibi
O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonuniga kuzatuv va sud sanatsiyasi kabi yangi institutlar alohida boblarda kiritilgan. Kuzatuv institutining joriy etilishidan ko‘zlangan maqsad kreditorlar manfaatlarini himoya qilish, qarzdor mol-mulkini talon taroj qilinishining oldini olish va qonunda belgilangan vakolatlarni amalga oshirishdan iborat. Kuzatuv bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilganda xo‘jalik sudi qarzdorni bankrot deb toppish to‘g‘risidagi arizani ish yuritishiga qabul qilingan sanadan e’tiboran joriy etiladi va bu haqda sud ajrimida ko‘rsatiladi. Kuzatuv joriy etilgan paytdan boshlab mulkiy undiruvlar bo‘yicha ijro hujjatlarini ijro etish qonunda belgilangan tartibda to‘xtatib turiladi; qarzdor yuridik shaxsning muassis (ishtirokchi)lari uning tarkibidan chiqib ketishi munosabati bilan qarzdorning mol mulkidan ulush (pay)ni ajratish haqidagi talablarini qondirish va emissiya qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha dividendlar va boshqa to‘lovlar to‘lash taqiqlanadi; muqobil bir xildagi talabni hisobga olish yo‘li bilan qarzdorning pul majburiyatlarini tugatishga, basharti bunda kreditorlarning talablarini qondirish navbati buzilsa, yo‘l qo‘yilmaydi. Kuzatuv joriy etilganda qarzdor boshqaruv organlarining qonunda belgilangan ayrim vakolatlari cheklanadi. Masalan, qarzdorning boshqaruv organlari ko‘chmas mol-mulkni ijaraga, garovga berish bilan yoki shu mol-mulkni boshqa usulda tasarruf etish va qarzdorning balans qiymati qarzdor aktivlari balans qiymatining o‘n foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadigan mol-mulkini tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlarni, zayomlar (kreditlar) olish va berish, kafolat xatlari va kafolatlar berish, talab qilish huquqlaridan o‘zga shaxs foydasiga voz kechish, qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish, shuningdek, qarzdorning mol-mulkini ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bilan bog‘liq bitimlarni faqat muvaqqat boshqaruvchining yozma roziligiga binoan tuzishlari mumkin. Shuningdek, ular qarzdorni qayta tashkil etish va tugatish, yuridik shaxsni tuzish yoki boshqa yuridik shaxsning ishtiroki, vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish, dividendlar to‘lash yoki qarzdorning daromadini (foydasini) uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlash, qarzdor tomonidan obligatsiyalar va boshqa emissiya qog‘ozlarini (aksiyalardan tashqari) joylashtirish, ilgari chiqarilgan aksiyalarni aksiyadorlardan sotib olish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilishga haqli emas. Kuzatuv joriy etilishi munosabati bilan xo‘jalik sudining ajrimi bilan muvaqqat boshqaruvchi tayinlanadi. Uning huquq va majburiyatlari qonunda aniq belgilab qo‘yilgan. Jumladan, muvaqqat boshqaruvchi qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘rishi, uning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi, kreditorlarni aniqlashi, kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi, qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etilgani haqida kreditorlarni xabardor qilishi, kreditorlarning birinchi yig‘ilishini chaqirishi va o‘tkazishi shart.

Download 26.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling