Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари
V bob. TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI SUG‘URTALASH BO‘YICHA
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010
V bob. TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI SUG‘URTALASH BO‘YICHA
SUG‘URTA QOPLAMALARINING HISOBI 5.1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta qoplamalarini buxgalteriya hisobiga olish Ma’lumki, sug‘urta shartnomasiga asosan sug‘urtalovchi shart- nomada belgilangan hodisa yuz bergan taqdirda sug‘urtalanuvchi- ga sug‘urta qoplamasini to‘lab berishi lozim. Sug‘urta shartnoma- sida belgilangan sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalanuvchi zudlik bilan sug‘urtalovchini xabardor qilishi zarur hisoblanadi. Xuddi shunday majburiyat sug‘urta shartnomasi to‘g‘risida xabar- dor bo‘lgan naf oluvchining zimmasida ham mavjud, agar u sug‘urta qoplamasini olish huquqidan foydalanmoqchi bo‘lsa, albatta, su- g‘urta hodisasi to‘g‘risida sug‘urtalovchini xabardor qilishi shart. Sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta hodisasi yuz berganligi to‘g‘risidagi arizani olgandan so‘ng sug‘urta voqea- sini izchil o‘rganadi va ushbu voqea sug‘urta hodisasi sifatida tan olinsa, shartnoma belgilangan tartibda va shartlarda sug‘urta qop- lamasini to‘lab berishi mumkin. Sug‘urta qoplamasi quyidagilar asosida amalga oshiriladi: sug‘urta shartnomasi, sug‘urtalanuv- chining arizasi, qonunchilik asosida tuzilgan sug‘urta dalolatno- masi, sug‘urtalovchining xodimlari va huquqni muhofaza qilish organlari, banklar, meditsina muassasalari va boshqa tashkilotlar- ning ma’lumotlari hamda sug‘urtalovchi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida to‘plangan ma’lumotlar. Sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalanuvchi yoki naf oluv- chilar, u vafot etgan taqdirda, uning merosxo‘rlari sug‘urta qopla- masini olish uchun quyidagilarni sug‘urtalovchilarga taqdim etadi: − sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi, sertifikat, kvitansiya); − murojaat etganning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar; − agar murojaat qilgan shaxs sug‘urtalanuvchi, sug‘urta qildi- ruvchi yoki naf oluvchi bo‘lmasa, uning sug‘urta shartnomasiga aloqadorligini tasdiqlovchi hujjatlar; 54 − agar sug‘urtalanuvchi, sug‘urta qildiruvchi yoki naf oluvchi vafot etgan taqdirda, murjaat etgan shaxsning uni merosxo‘ri ekan- ligini tasdiqlovchi hujjat. Ariza va sug‘urta dalolatnomasiga quyidagilar ilova qilinadi: − sug‘urta hodisasini keltirib chiqargan hodisaning yuz ber- ganligini tasdiqlovchi hujjatlar; − sug‘urta hodisasi yuz berishining sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar (tegishli vakolatli organlarning dalolatnoma, ma’lumot- noma va xulosalari) va guvohlarning ko‘rsatmalari; − mulkning zararlanishi va sug‘urta hodisasining o‘zaro bog‘- liqligini tasdiqlovchi hujjatlar (zararlangan mulkni ko‘rikdan o‘t- kazgandan so‘ng tegishli vakolatli organlarning va sug‘urtalovchi vakillarining xulosalari); − yetkazilgan zararning hajmini tasdiqlovchi hujjatlar; – ushbu ishga bevosita aloqador bo‘lgan boshqa hujjatlar. Odatda, sug‘urtalovchi yetkazilgan zararni to‘lash uchun ke- rakli bo‘lgan hujjatlarning tarkibini o‘zi belgilaydi va sug‘urta qop- lamasini to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Sug‘urta kompani- yasi sug‘urta hodisasini o‘rganayotgan davrda quyidagilar aniqlan- gan taqdirda, sug‘urta qoplamasini to‘lashni rad etishi mumkin: − sug‘urta hodisasi sug‘urtalanuvchi yoki naf oluvchi tomo- nidan ataylab sodir etilganda; − sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta obyekti to‘g‘risida su- g‘urtalovchiga noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganda; − sug‘urta hodisasining yuz berish ehtimolligini oshishi holat- larini sug‘urtalanuvchi o‘z vaqtida sug‘urtalovchiga xabar qilma- ganda; − sug‘urta hodisasi to‘g‘risida sug‘urtalovchiga o‘z vaqtida xa- bar berilmaganligi natijasida sug‘urta hodisasini o‘rganishning im- koni bo‘lmagan taqdirda; − sug‘urta hodisasining holatlari va yetkazilgan zararning haj- mi to‘g‘risida sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urtalovchiga no- to‘g‘ri ma’lumot berilganda; − sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta zararini kamaytirish maqsadida chora-tadbirlar qasddan amalga oshirilmagan taqdirda; 55 − sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta hodisasining yuz beri- shida aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan da’vosini o‘z ixtiyori bilan qaytarib olishi yoki da’vo qilishda yetarli harakatlarni amalga oshir- magan taqdirda; − sug‘urta shartnomasida belgilangan boshqa sug‘urta qopla- masining to‘lanmasligini tasdiqlovchi holatlar. Quyidagi hodisalar oqibatida yetkazilgan zararlar qoplanmaydi: − yadro portlashi, radiatsiya yoki radioaktiv zararlanish; − harbiy harakatlar, manyovrlar yoki harbiy tadbirlar; − fuqarolar urushi, qo‘zg‘olon yoki turli ommaviy tartibsiz- liklar; − musodara qilish, olib qo‘yish yoki davlat organlarining top- shirig‘iga binoan sug‘urtalangan mulkning yo‘qotilishi. Sug‘urtalovchi sug‘urta qoplamasini to‘lashni rad etganligi to‘g‘risida sug‘urtalanuvchini shartnomada belgilangan muddat- larda xabardor qilishi shart. Sug‘urtalovchining sug‘urta qoplama- sini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sug‘urtalanuvchi tomonidan sudlarga da’vo ki- ritilishi mumkin. Boshqa barcha holatlarda sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasi va qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda sug‘urta qop- lamasini to‘lashi shart. Har qanday holatda sug‘urta qoplamasi sug‘urtalangan mulk- ning haqiqiy qiymatidan oshib ketmasligi zarur. Agar sug‘urta shart- nomasida belgilangan sug‘urta puli sug‘urta obyektining haqiqiy qiymatidan past bo‘lsa, yetgan zarar bo‘yicha sug‘urta qoplama- sining hajmi sug‘urta puliga proporsional tarzda kamaytiriladi. Ushbu holatni misol asosida ko‘rib chiqamiz. Avtomobilning bozor narxi 6900 so‘m. Sug‘urta shartnomasi tuzilganda uning sug‘urta puli 6000 so‘m etib ko‘rsatilgan. Su- g‘urta hodisasining yuz berishi natijasida avtomobilga 1035 so‘m- lik zarar yetdi, ya’ni avtomobilga yetgan zararning to‘liq summasi 1035 so‘mni tashkil etadi. Lekin sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanadigan sug‘urta qop- lamasi 6000/6900*1035=900 so‘mni tashkil etadi. Agar sug‘urtalovchi bir obyektni turli sug‘urtalovchilarda su- g‘urtalagan taqdirda u barcha sug‘urtalovchilardan sug‘urta qopla- 56 malarini olishi mumkin, lekin olingan sug‘urta qoplamalari yetka- zilgan zararning haqiqiy summasidan oshib ketmasligi zarur. Mazkur holatni misolda ko‘rib chiqamiz. Yuqorida keltirilgan avtomobil egasi o‘z avtomobilini ikki sug‘urtalovchida muvofiq ra- vishda sug‘urta pulini 3500 va 4000 so‘m qilib sug‘urta shartnoma- sida belgilagan. Ko‘rinib turibdiki, sug‘urta pullarining yig‘indisi avtomobilning haqiqiy qiymatidan yuqori. Birinchi sug‘urtalovchi sug‘urta qoplamasini quyidagi hajmda to‘laydi: 3500/(3500+4000)*1035=483 so‘m Ikkinchi sug‘urtalovchi 4000/(3500+4000)*1035=552 so‘m su- g‘urta qoplamasini to‘laydi. Sug‘urtalovchi tomonidan yetkazilgan zarardan ko‘proq sum- mani undirish holatining oldini olish uchun sug‘urtalovchilar tegishli tashkilotlarning xulosalarining asl nusxalarini talab etadilar. Sug‘urta shartnomasida sug‘urta zararining sug‘urtalanuvchi tomonidan qoplanadigan qismi – franshiza ham ko‘rsatilishi mum- kin. Franshizaning shartli va shartsiz turlari mavjud. Shartli fran- shiza belgilangan sug‘urtalovchi sug‘urta zarari franshizaning sum- masidan oshgan taqdirda to‘liq qoplab beradi aks holda esa zarar qoplanmaydi. Shartsiz franshiza o‘rnatilganda sug‘urtalovchi su- g‘urta qoplamasini to‘lashda franshiza sifatida belgilangan sum- mani chegirib qoladi. Yuqorida keltirilgan misol asosida franshizaning hisoblanishi- ni ko‘rib chiqamiz. Misolda sug‘urta obyektining qiymati 6900 so‘m, uning sug‘urta shartnomasida belgilangan sug‘urta puli 6000 so‘m. Agar sug‘urta shartnomasida franshiza 500 so‘m sifatida bel- gilansa va u shartli bo‘lsa, sug‘urta qoplamasining summasi quyi- dagicha bo‘ladi: 6000/6900*1035=900 so‘m Agar franshiza shartsiz hisoblansa sug‘urta qoplamasining haj- mi: 900-500=400 so‘m bo‘ladi. Agar sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasi natijasida yetgan za- rarning bir qismini aybdor shaxslardan undirsa, sug‘urta qoplama- si o‘sha summaga kamaytiriladi. 57 Shaxsiy sug‘urta shartnomalarida sug‘uta summasi boshqa su- g‘urta shartnomalari bo‘yicha belgilangan sug‘urta summalaridan qat’i nazar to‘liq amalga oshiriladi. Javobgarlikni sug‘urtalashda sug‘urta qoplamasi uchinchi shaxs- larga yetkazilgan zarar doirasida arizada ko‘rsatilgan jabrlanuvchi- ga to‘lab beriladi. Agar jabrlanuvchi vafot etgan bo‘lsa, sug‘urta qop- lamasi uning merosxo‘rlariga to‘lab beriladi. Faqatgina sug‘urta qil- diruvchi sug‘urta zararini o‘zi qoplagan taqdirda sug‘urta qopla- masi to‘lanmasligi mumkin. Agar u naf oluvchiga sug‘urta qopla- masini to‘lab berganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etsa, bun- day holda sug‘urta qoplamasi sug‘urtalanuvchining o‘ziga to‘lab beriladi. Hayot sug‘urtasida sug‘urta hodisasi sifatida ma’lum yoshgacha yashash yoki shaxsning vafot etishi hisoblanadi. Bunda sug‘urtala- nuvchiga shartnomada belgilangan sug‘urta qoplamasi sug‘urtala- nuvchi tomonidan sug‘urtalovchiga sug‘urta shartnomasi taqdim etilganda to‘lab beriladi. Sug‘utalovchi sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatlar- da sug‘urtalanuvchiga sug‘urta qoplamasini to‘lab berishi shart. Sug‘urtalovchi sug‘urta qoplamasini o‘z vaqtida to‘lab bermagan taqdirda, u sug‘urtalanuvchiga jarima (penya) to‘laydi. Jarima haj- mi shartnoma va qonunchilik asosida belgilanadi. Sug‘urta tashkilotida sug‘urta qoplamalarini hisobga olish uchun sug‘urta tovonlarini hisobga oluvchi schyotlar (2200) mo‘ljallan- gan. Ushbu schyotlarga quyidagilar kiradi: 2210 schyot “Hisobot davrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta bo‘yicha sodir bo‘lgan sug‘urta hodisalari bo‘yicha sug‘urta tovonlari”; 2220 schyot “Muddatidan oldin tugatilgan shartnomalar bo‘- yicha sug‘urta tovonlari”. Yuqoridagilardan tashqari o‘tgan davrlarda yuz bergan sug‘ur- ta hodisalari bo‘yicha to‘lanadigan sug‘urta qoplamalari quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 9431 schyot “To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta bo‘yicha o‘tgan davr- larda sodir bo‘lgan, o‘tgan davrda xabar qilingan sug‘urta hodisa- lari bo‘yicha sug‘urta tovonlari”; 58 9432 schyot “To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta bo‘yicha o‘tgan davr- larda sodir bo‘lgan, lekin hisobot davrida xabar qilingan sug‘urta hodisalari bo‘yicha sug‘urta tovonlari”. Mazkur schyotlarning debetida haqiqatda to‘langan sug‘urta qoplamalari aks ettiriladi va u pul to‘lanadigan schyotlar bilan korrepondensiyalanadi: Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling