Meliorativ zovurlar loyihasini asoslash uchun sizot suvlarini past bosimli suvli qatlamdan ozuqalanishini, sizot suvlarini hosil bo‘lishi va shakllanishi hamda yopqich qatlamning tuzilishi o‘rganilishi lozim. Shular bilan bir qatorda turli litologik tarkibdagi gruntlarning filtratsion xususiyatlari, aeratsiya mintaqasi jinslarining tuz tarkibini o‘rganish hamda sug‘orish massivining tabiiy zovurlar bilan ta’minlanganligini baholash talab qilinadi. Sizot suvlarining hosil bo‘lishi va shakllanishi maxsus tanlangan tajriba maydonlarida o‘rganiladi. Tajriba maydonchasining kattaligi 2-5 gektar bo‘lishi mumkin va tajriba 1-2 yil davom etdiriladi. Tajriba maydonchasining aeratsiya mintaqasida tarqalgan turli litologik tarkibdagi jinslarning suv o‘tkazuvchanligi to‘liq o‘rganiladi, sug‘orish davrida infiltratsiyaga sarf bo‘ladigan suv miqdori aniqlanadi va filtratsion hisoblash sxemasi asoslanadi. Sug‘orish massivida olib borilgan gidrogeologik tadqiqot ishlari natijasida quyidagi ma’lumotlar aniqlangan bo‘lishi lozim: - Meliorativ zovurlar loyihasini asoslash uchun sizot suvlarini past bosimli suvli qatlamdan ozuqalanishini, sizot suvlarini hosil bo‘lishi va shakllanishi hamda yopqich qatlamning tuzilishi o‘rganilishi lozim. Shular bilan bir qatorda turli litologik tarkibdagi gruntlarning filtratsion xususiyatlari, aeratsiya mintaqasi jinslarining tuz tarkibini o‘rganish hamda sug‘orish massivining tabiiy zovurlar bilan ta’minlanganligini baholash talab qilinadi. Sizot suvlarining hosil bo‘lishi va shakllanishi maxsus tanlangan tajriba maydonlarida o‘rganiladi. Tajriba maydonchasining kattaligi 2-5 gektar bo‘lishi mumkin va tajriba 1-2 yil davom etdiriladi. Tajriba maydonchasining aeratsiya mintaqasida tarqalgan turli litologik tarkibdagi jinslarning suv o‘tkazuvchanligi to‘liq o‘rganiladi, sug‘orish davrida infiltratsiyaga sarf bo‘ladigan suv miqdori aniqlanadi va filtratsion hisoblash sxemasi asoslanadi. Sug‘orish massivida olib borilgan gidrogeologik tadqiqot ishlari natijasida quyidagi ma’lumotlar aniqlangan bo‘lishi lozim:
- Zax qochirish, yerlarni quritish — tuproqdagi ortiqcha namni chiqarib tashlash; melioratsiyankng bir turi. 3. q. tuproqda oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishi uchun qulay suv, havo, ozuqa va tuz rejimini vujudga keltiradi. Z.q. uchun quritish va sugorish sistemalari quriladi. Arid zonada, jumladan sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida Z.q. yerni anʼanaviy maʼnodagi quritishdan katta farq qiladi. Sugʻoriladigan yerlarda tuproqning qayta zaxlanishi va botqoqlanishi suv omborlari, irrigatsiya kanallari va b. gidrotexnika inshootlaridan suv sizishi natijasida ikkilamchi hodisa sifatida yuz beradi. Yerlarni zax va shoʻr bosishdan saklash maqsadida katta kanallar boʻylarida kesma drenalar yoki qator vertikal drenaj quduqlari quriladi, asosan, bir necha qator namsevar buta va b. daraxtlar (terak, tol, qayragʻoch va h.k.) oʻtqaziladi. Koʻp hollarda ekin ekiladigan zonalarda Z.q. grunt suvlarining sathi va minerallashuvini pasaytirish va tuprokda gruntni shoʻrsizlantirish ishlari bilan bir vaqtda olib boriladi (qarang Drenaj). Yerlarni qayta zax bosishdan saklash uchun suv xoʻjaligi obʼyektlari quriladigan zonalarning tuproqmeliorativ va gidrogeologiya sharoitlari ilmiy prognozlanishi shart.
- Sugʻorish, irrigatsiya — tuproqni manbalardan olingan suv bilan sunʼiy namlash, melioratsiyannng bir turi. Sug'orish tuproqning oʻsimlik ildizi tarqalgan qismida eng qulay suv rejimini hosil qiladi. Bu esa oʻsimliklarning tuproqdan oziq moddalar — mineral va organik oʻgʻitlarni oʻzlashtirishiga qulay sharoit yaratadi va qishloq xoʻjaligi. ekinlaridan yuqori hosil olishni taʼminlaydi. Sug'orish yer hosildorligini sugʻorilmaydigan sharoitlarga qaraganda 8—10 marta oshiradi, intensiv dehqonchilikni joriy etish imkoniyatini beradi. Bu esa suv xoʻjaligi qurilishiga va yerlarni meliorativ oʻzlashtirishga sarflangan kapital mablagʻlarning tez (3—5 yil ichida) qoplanishini taʼminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |