Мавзу: sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish гурух: сси-81 бажарди: муллажонов Х. А


Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining faoliyatini litsenziyalash


Download 279 Kb.
bet3/3
Sana21.03.2023
Hajmi279 Kb.
#1285322
1   2   3
Bog'liq
Мустакил иш Sug\'urta ishi Хуршид Муллажонов

3. Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining faoliyatini litsenziyalash
O‘zbekiston Respublikasida sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni (15-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27 noyabrdagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 413-sonli qarori bilan qabul qilingan “Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom” ga asosan amalga oshiriladi.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlari bo‘lishlari mumkin.
Sug‘urtalovchi va sug‘urta brokerining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
Quyidagilar sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
– O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
– sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda olingan axborotlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiq maxfiyligini ta’minlash;
– litsenziyalovchi organ talabiga ko‘ra sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga doir qonun hujjatlarida belgilangan axborotlarni taqdim etish;
– litsenziya talabgori rahbari oliy ma’lumotga hamda sug‘urta sohasida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lishi kerak;
– litsenziya talabgori (litsenziat) rahbari boshqa sug‘urta tashkilotlarida rahbar lavozimini egallashga haqli emas.
Litsenziya talablari va shartlariga qo‘shimcha ravishda quyidagilar belgilanadi:
a) sug‘urtalovchilar uchun:
– ustav fondining qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining mavjud bo‘lishi;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sug‘urta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) ning sug‘urta to‘lovlari to‘g‘risidagi talablarini ko‘rib chiqish va sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish vakolati berilgan o‘z filiallariga va boshqa alohida bo‘linmalariga ega bo‘lishi transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qiluvchi sug‘urtalovchilar uchun;
– sug‘urtalovchining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi bilan unga a’zolik to‘g‘risidagi yozma bitimining mavjud bo‘lishi - transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qiluvchi sug‘urtalovchilar uchun.
b) sug‘urta brokerlari uchun:
– sug‘urta brokerining sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlash;
– sug‘urta shartnomasining litsenziat mijozi uchun qulay shartlarda tuzilishi va bajarilishi;
– sug‘urtalashga doir vositachilik faoliyatini asosiy faoliyat turi sifatida amalga oshirish.
Sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta turlari (klasslari) qo‘shib olib borilganda quyidagi qoidalar qo‘llaniladi:
a) sug‘urtalovchi litsenziyasida litsenziat amalga oshirishga haqli bo‘lgan sug‘urta turlari (klasslari) ko‘rsatiladi. Sug‘urta klassi muayyan umumiy belgilar bo‘yicha birlashtirilgan sug‘urta turlari yig‘indisini ifodalaydi;
b) sug‘urta turi sug‘urtalovchi tomonidan ishlab chiqiladigan va sug‘urta qildiruvchiga sug‘urtaning bir yoki bir nechta klassi doirasida ko‘rsatiladigan aniq sug‘urta xizmatini ifodalaydi;
v) litsenziat, unda sug‘urta klasslarini qo‘shib olib borishga doir cheklashlarni hisobga olgan holda sug‘urtaning tegishli klasslari ko‘rsatilgan litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda ikki va undan ortiq sug‘urta klassi belgilari va mazmunini jamlovchi sug‘urta turini ishlab chiqishga haqlidir.
Hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi litsenziat sug‘urtalovchi umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini qo‘shib olib borishga haqli emas, umumiy sug‘urtaning 1 va 2-klasslari bo‘yicha faoliyat bundan mustasno.
Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) sug‘urtalovchilar uchun:
-yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza;
-yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
-rahbar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi va mehnat daftarchasidan ko‘chirma);
-litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
-ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan ustav kapitali to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ma’lumotnomasi, mol-mulkni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va boshqa hujjatlar);
-sug‘urta faoliyatining iqtisodiy asoslanishi, unga sug‘urtalash operatsiyalarini rivojlantirish prognozini, ehtimol tutilgan qayta sug‘urtalash bitishuvlari rejasini, sug‘urta zahiralarining hisob-kitob rejasini o‘z ichiga oluvchi litsenziyalanayotgan sug‘urta klassi bo‘yicha biznes-reja kiradi;
-sug‘urtalashning litsenziya talab qilinadigan turlari bo‘yicha qoidalar (shartlar), litsenziyada quyidagilar bo‘ladi: sug‘urtalash subyektlari doirasini belgilash va sug‘urta shartnomasi tuzish bo‘yicha cheklashlar, sug‘urta obyektlarini belgilash, sug‘urta hodisalari ro‘yxatini belgilash - ushbu holatlar ro‘y berganda sug‘urtalovchining sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlari paydo bo‘ladi, (asosiy va qo‘shimcha shartlar), olib qo‘yish (tavakkalchilarning yoki mol-muklarni) bunda sug‘urtalovchi majburiyatlarni bajarmasdan ozod bo‘ladi, sug‘urta mukofotlari tariflari (stavkalari), sug‘urtalashning eng ko‘p (eng kam) muddati, sug‘urta shartnomalarini tuzish va sug‘urta muokoftlarini to‘lash tartibi, tomonlarning sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘zaro majburiyatlari va sug‘urta shartnomalari bo‘yicha to‘lovni rad etishning mumkin bo‘lgan holatlari sug‘urta shartnomasi bo‘yicha e’tirozlarni ko‘rib chiqish tartibi.
Qoidalarga sug‘urta shartnomalari namunalari ilova qilinishi kerak.
Litsenziya talabgori rahbari tomonidan tasdiqlangan sug‘urtalash qoidalari (shartlari) ikki nusxada taqdim etiladi, ularning betlari tikilgan va raqamlangan bo‘lishi kerak.
Faoliyat turi faqat qayta sug‘urta qilishdan iborat bo‘lgan litsenziya talabgorlari quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:.
b) sug‘urta brokerlari uchun:
-yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning bir qismi) ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza;
-yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
-litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
-ustav kapitali to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ma’lumotnomasi, mol-mulkni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va boshqa hujjatlar).
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash 1-sxemaga binoan amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgoridan barcha zarur hujjatlar bilan ariza olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Litsenziyalar berish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasi tarkibi va komissiya to‘g‘risidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi majlislari har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Majlislarning so‘rov yo‘li bilan o‘tkazilishiga va rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan arizasi ular qabul qilib olingan kunda ekspert komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, shuningdek litsenziyani bekor qilish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida"gi va "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatishga asos bo‘lgan litsenziya talablari va shartlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishiga quyidagilar kiradi:
a) sug‘urtalovchilar uchun:
-litsenziat uchun qonun hujjatlarida taqiqlangan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish;
-sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda olingan maxfiy axborotni sug‘urta qildiruvchining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
b) sug‘urta brokerlari uchun:
-mijoz uchun manfaatli emasligi oldindan ma’lum bo‘lgan sug‘urta shartnomasini tuzish va bajarish;
-sug‘urtaga doir vositachilik faoliyatini amalga oshirishda olingan maxfiy axborotni sug‘urta qildiruvchining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ uning oldida litsenziat ko‘rgan zarari miqdorida javob beradi.
Хулоса
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar sifat jihatidan yangilanishi jarayonida
sug‘urta faoliyati ham rivojlanib, ravnaq topib bormoqda. Milliy sug‘urta bozori
so‘nggi yillarda jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqdaki, buning isbotini
sug‘urta kompaniyalarining reyting ko‘rsatkichlaridan ham kuzatish mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizda sug‘urta xizmatlari bozorini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarning sug‘urta bozorida faol ishtirok etishini rag‘batlantirish maqsadida sug‘urta kompaniyalari uchun har tomonlama shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu esa, bozordagi sog‘lom raqobat muhitining ham shakllanishiga olib kelmoqda.
Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida sog‘lom raqobat mavjud, deb bemalol ayta olamiz, buni ularning soni va ko‘rsatayotgan sug‘urtaviy xizmatlari sifatidan ko‘rish mumkin.
Mavzuda raqobatni susaytirmasdan, balki uni yanada faol olib borish maqsadida quyida keltiriladigan yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
1.Sug’urta operatsiyalarini amalga oshirish jarayoni aholi ehtiyojlariga mos keluvchi sug’urta mahsulotlarini ishlab chiqishdan boshlanadi, shunday ekan, avvalo mahsulotning sifatli, qulay narxlarda va asosiysi, potentsial sug’urtalanuvchilarning talabi asosida yaratilishi maqsadga muvofiqdir.
2. Sug’urta operatsiyalarini amalga oshirish jarayoni ishlab chiqilgan sug’urta
mahsulotini bozorda sotish bilan davom ettiriladi, demak, uni sug’urta bozorida joylashtirish va marketing asosida mijozlarni jalb etish, mahsulotning ijtimoiy hayotdagi zarurligini anglatish, uning natijasida kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan katta xarajatlarning oldi olinishini turli aniq faktlar (statistik ma’lumotlar) yordamida tushuntirish zarur.
3. Sug’urtalanuvchilar o’zlari uchun ma’lum sug’urta turini tanlaganlaridan so’ng har ikki tomon o’rtasida shartnoma tuziladi, shartnoma shartlarining, tartib-qoidalarning oddiyligi, mijoz uchun qulayligi, shuningdek mijoz uchun muhim hisoblangan tarif stavkalarning soddalashtirilganligi sug’urta operatsiyalarining samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi.
4. Sug’urta faoliyatiining samaradorligini aniqlovchi ko’rsatkichlardan muhimi bu sug’urta da’volarining ijobiy tomonga hal etilishi hisoblanadi. Sug’urtalanuvchining da’vo arizasini qisqa vaqt ichida ko’rib chiqish, talab etiladigan sug’urta hodisasi ro’y berganligini tasdiqlovchi hujjatlar sonini kamaytirish (hodisa bo’yicha tegishli organlarning xulosalari kifoya), agar ro’y bergan hodisa sug’urta hodisasi deb tan olinmasa uni mijozga aniq faktlar bilan tushuntirish zarur, zero mijozda “to’lab bermadi”, “sug’urtaga ishonmaslik kerak ekan”, “shuncha yugurganlarim zoe ketdi” kabi fikrlar paydo bo’lmasin. Agar sug’urtalovchi sug’urta qoplamasini to’lashga qaror qilsa shartnomada belgilangan muddatda hech qanday kechiktirishlarsiz to’lash zarur, shunda sug’urta kompaniyasining asl mijozlari soni oshadi.
5. Sug’urta kompaniyalarining shaffofligini saqlab qolish, ya’ni potentsial mijozlar sug’urta kompaniyalarining faoliyat yo’nalishlari, moliyaviy barqarorligi, to’lovga layoqatliligi to’g’risidagi ma’lumotlarga hech to’sqinliksiz ega bo’lsinlar.
6. Sug’urta bozori infrastruktura sub’ektlarining faoliyatini samarali tashkil etish zarur, natijada sug’urta kompaniyalarining sifatli va tez xizmat ko’rsatishlariga shart-sharoit yaratilsin.
7. Mamlakatimizning chekka hududlaridagi sug’urta kompaniyalarining moddiy-
texnik bazasini shakllantirish va uni mustahkamlash.
8. Mamlakatimizda sug’urta xizmatlarini ko’rsatish rivojlanish bosqichida turgan
bir davrda sug’urta sohasida qilinadigan reklamalar faqat o’z kompaniyasini targ’ib
qilish bilan cheklanib qolmasdan, balki aholining sug’urta madaniyati oshishiga,
sug’urtaning ijtimoiy vazifasini ochib berishga ham o’z hissasini qo’shishi zarur.
Shu o’rinda aytib o’tish joizki, mamlakatimiz sug’urta bozori bugunga kelib o’zini ancha mustahkamlab oldi, bunga sabab qilib hukumatimiz tomonidan sohaga berilayotgan yuksak e’tibor, uning huquqiy asoslari muntazam ravishda takomillashib borayotganligi, sug’urta xizmatlari ko’lami yil sayin kengayib borayotganligi, aholining keng qatlamini sohaga jalb etish maqsadida ularga yengilliklar yaratilayotganligi, ba’zi sug’urta turlari bo’yicha sug’urta mukofotlari sifatidagi ularning daromadlari soliq to’lashdan ozod etilganligini ko’rsatish mumkin, bularning barchasi mamlakatimiz aholisini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, qiyin va chorasiz kunlarida ko’makdosh bo’lish maqsadida amalga oshirilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI



1. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
2. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. 1996 yil (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).
3. “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 2008 yil 21 aprel.
4. “Ish beruvchiining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 2009 yil 16 aprel.
5. O’zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni. 2015 yil 26 may
6. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”. 2002 yil 28 may (O‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari
8. 2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi. 2017 yil 7 fevral O‘zbekiston Prezidentining farmoni.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-618-son Qarori.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 maydagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-872-sonli qarori.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-son Qarori.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urtachilarning moliyaviy barqarorligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011 yil 31 maydagi PQ-1544-son Qarori
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 141-sonli qarori.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009 yil 24 iyundagi 177-son qarori.
15. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir.–T.:O‘zbekiston, 2010. – 80 b.
16. Karimov I.A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. T.: O‘zbekiston, 2009.- 24 b.
17. Karimov I. A. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to‘g‘risida. –T.: “O‘zbekiston”, 2011y.-528 bet.
18. Mirziyoev SH.M. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining "Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.//Xalq so‘zi, 2017 yil 18 yanvar. 3. Darslik va o’quv adabiyotlari
18. Rene Doff “Risk Management for Insurers, Third Edition”, Risk Books, 2015.
19. Jack Kinder Jr. Garry Kinder “Secrets of Successful Insurance Sales”, Napoleon Hill Foundation, UK, 2012.
20. David Bland “Insurance: Principles and Practice”, The Chartered Insurance Institute, UK, 1993.
21. Robert H., II Jerry, Douglas S. Richmond “Understanding Insurance Law”, LexisNexis; 5 edition, UK, 2012.
22. Harriett E. Jones “Principles of Insurance Life, Health, and Annuities”, Loma (Life Office Management Association), USA, 2005.
23. Glenn E. Stevick Jr. “Essentials of Business Insurance”, The American College, USA, 2006.
24. А.Н.Зубец. Маркетинговые исследования страхового рынка. Центр экономики и маркетинга -Москва: 2001. 98 стр.
25. Shennaev X.M. Sug’urta agentlari uchun qo’llanma. T. infoCOM.UZ
MChJ.-2010 y.
26. Yo’ldoshev M, Tursunov Y. O’zbekiston Respublikasi sug’urta huquqi.
Darslik - Toshkent, “Moliya”.-2012.
27. Shennaev X.M., Kenjaev I.G‘. Chet mamlakatlar sug‘urtasi, O‘quv qo‘llanma, - Toshkent “Yangi nashr”,-2012
28. Shennaev X.M. O’zbekiston sug’urta bozori, O’quv qo’llanma, - Toshkent, “Iqtisod-Moliya”,-2013.
29. Shennaev X.M., Ochilov I.K., Shirinov S.E., Kenjaev I.G‘. Sug‘urta ishi, O‘quv qo‘llanma,-Toshkent “Iqtisod-Moliya”,-2014.

30. Shennaev X.M., Xaliqulova G.T., Abduraxmonov I.X. Tashqi iqtisodiy faoliyat sug‘urtasi,Darslik,-Toshkent-2014. 4. Davriy nashrlar


31. Saurav Dash, Rudra P.Pradhan. Insurance market penetration and economic growth in Eurozone countries, time series evidence on causality. Future Business Journal 4. 2018. Indian Institute of Technology. Kharagpur 721303, India. www.elsevier. com/locate/fbj
32. Jason John a AlirezaMirahmadizadehb. Association of insurance status and spinal fusion usage in the United States during two decades. Journal of Clinical Neuroscience. Volume 51, May 2018, Pages 80-84.
https://doi.org/10.1016/j.jocn.2018.02.013 5. Internet saytlari
33. http://www.mf.uz O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining rasmiy sayti.
34. http://www.raexpert.ru – Ekspert RA Reyting agentligi.
35. http://www.lex.uz-Milliy qonunchilik rasmiy
Download 279 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling