Mavzu: sug’urta tashkilotining tashkiliy-huquqiy asoslari va konseptual modeli


Sug’urtalovchilar faoliyatini tartibga solishning xorij tajribasi


Download 93.52 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi93.52 Kb.
#1052669
1   2   3
Bog'liq
sug\'urta

1.3 . Sug’urtalovchilar faoliyatini tartibga solishning xorij tajribasi

Xorijiy mamlakatlar tajribasining ko’rsatishicha, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning barchasida sug’urta bozori davlatning vakolatli idoralari tomonidan tartibga solib boriladi. Masalan, Buyuk Britaniyada sug’urta ishini Savdo va sanoat departamenti, Yaponiyada Moliya vazirligining sug’urta bulimi, AQShda esa maxsus sug’urta komissariatlari nazorat qilib boradi. Davlat, bunday nazorat ishini olib borar ekan, avvalo, mamlakatning sug’urta sohasiga taalluqli qonunlariga hamda boshqa me’yoriy hujjatlariga asoslanadi. Sug’urta va qayta sug’urtalash kompaniyalari, sug’urtaga ixtisoslashgan vositachilar davlat sug’urta nazoratining ob’ektlari hisoblanadi.


Biz mamlakatimizda sug’urta bozorini davlat tomonidan tartibga solishni tashkil etish va uni takomillashtirish yo’llari haqida o’ylar ekanmiz, yaqin qo’shni mamlakatlar, xususan, Rossiya Federatsiyasida bu sohada olib borilayotgan ishlar haqida biroz to’xtasak, foydadan xoli bo’lmaydi.


Bugungi kunda, Rossiya Federatsiyasida 1500 dan ortiq sug’urta tashkiloti faoliyat ko’rsatmoqda va ularning aksariyati sug’urta faoliyatini nazorat qiluvchi Federal xizmatning litsenziyalariga ega. Sug’urta faoliyatini nazorat qiluvchi bu tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo’lib, u Rossiya sug’urta bozorini tartibga keltirish bo’yicha etarli tajribaga ega bo’ldi, o’nlab me’yoriy hujjatlar ishlab chiqdi. Ulardan eng muhimlari “Rossiya xududida faoliyat ko’rsatuvchi sug’urta tashkilotlariga litsenziyalar berish tartibi”, “Sug’urta zahiralarini joylashtirish tartibi” va hokazolardir. Mazkur tashkilot o’zini qattiqqo’lligi va boshqa harakatlari tufayli Rossiya ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta nufuzga egadir. Eng asosiysi, sug’urta nazorati xizmati har yili Rossiya hududida faoliyat ko’rsatayotgan sug’urta kompaniyalarining etarli darajada kuchlilarini reyting asosida aniqlab, keng xalq ommasiga ma’lum qilib boradi. Xorij amaliyotida sug’urta turlarini tartiblashtirilgan tizimi mavjud bo’lib, ular hozirgi vaqtda Evropa Ittifoqi davlatlarida sug’urtaning yagona klassifikatsiyasi sifatida ishlab chiqilgan va hayotga joriy etilgan (1-jadvalga qarang). 1-jadvalda keltirib o’tilgan ma’lumotlarga e’tiborni qaratadigan bo’lsak, Yevropa Ittifoqi davlatlarida sug’urtaning yagona klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan bo’lib, ular ikkita tarmoqqa ajratilgan. Ya’ni, umumiy sug’urta tarmog’i bo’yicha 13 ta, hayot sug’urta tarmog’i bo’yicha 7 ta sug’urta turlari guruhlarga ajartilgan. Mana shu sug’urta guruhlari bo’yicha, sug’urta kompaniyalari sug’urtalovchilar sug’urta foaliyatlarini amalga oshiradilar. Shunisi diqqatga sazovarki, Frantsiyada uzoq yillar davomida sug’urta kompaniyalari faoliyatini nazorat qiluvchi davlat organi tashkil etilmagan. Sug’urta kompaniyalari faoliyatini nazorat funktsiyani Iqtisodiyot va Moliya vazirligining departamentlaridan biri bajargan. Faqat, 1989 yilga kelib, alohida sug’urtani nazorat qilish bo’yicha komissiya tashkil etildi. Ushbu komissiyaning asosiy vazifasi quyidagilardan iboratdir:


- buxgalteriya operatsiyalarini tekshirish;


- texnik zahiralarni nazorat qilish;


- to’lov qobiliyatini tahlil etish;


- investitsiyalarni nazorat qilish.





Download 93.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling