Mavzu: Sulfidli oltin rudalarini flotatsiya usulida boyitishga tayyorlash sxemasini tanlash va hisoblash. Bajardi


Gidrotsiklonda zarrachalarning tasniflanishi samaradorligiga ta’sir kiluvchi omillar


Download 260.76 Kb.
bet10/23
Sana06.11.2023
Hajmi260.76 Kb.
#1750891
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
abror

1.9. Gidrotsiklonda zarrachalarning tasniflanishi samaradorligiga ta’sir kiluvchi omillar

Mexaniq tasniflagichlarga nisbatan gidrotsiklonlarda tasniflash samaradorligi ancha yuqori bo‘lib, 80 % ga etadi. Gidrotsiklonlarda tasniflanish samaradorligi quydigi omillarga: gidrotsiklon diametri (D), sliv chiqaruvchi (dc), quvurlarning diametrlariga, qattiq va suyuqlikning nisbatiga (K: C), bo‘tanani zichligiga, bo‘tanani qanday bosim ostida berilayotganiga bog‘liq.


Sikloning diametri kattalashgan sari uning unumdorligi diametrining kvadratibo‘yicha mutanosib ravishda oshib boradi, ammo slivdagi
zarrachani o‘lchamlari yiriklashib boradi.

  1. Bo‘tana keluvchi quvurning (db) shakli va o‘lchami: quvurni o‘lchami kattalashgan sari (bir xil bosimda ) mutanosib ravishda gidrotsikloning unumdorligi oshib boradi, sliv yiriklashadi. Bo‘tana beruvchi quvur uchining shakli to‘g‘ri to‘rt burchak bo‘lib, balandligi – kengligiga nisbatan 2 : 1 bo‘ladi. Amalda bo‘tana keluvchi quvurning ekvivalent diametri db = ( 0,08 -0,25 ) D deb qabul qilinadi .

  2. Sliv chiqib ketuvchi quvurning o‘lchami kattalashsa gidrotsiklonning unumdorligi oshadi, ammo yirik sliv olinadi. Amalda dc = (0,2 -0,4) D sliv chiqib ketuvchi quvurning o‘lchami ( dc) , bo‘tana keluvchi ( db) quvurning o‘lchamidan 20 -25 % kattaroq olinadi. Sliv chiqadigan trubani uchi gidrotsikloning slindr qismini konus qismiga ulangan erigacha tushirilgan bo‘ladi.

  3. Qum chiqib ketuvchi quvurlarning o‘lchami katta bo‘lsa, tasniflanish yuz bermaydi, xamma bo‘tana shu quvurdan chiqib ketishi mumkin. Quvurning diametri kichiklashib borgan sari qumda qattiq zarrachalarning miqdori oshib boradi, sliv yiriklashadi. Amalda dr= (0.5: 0.8)dsl qabul qilinadi.

Qum chiqaruvchi quvur diametrining (dl) sliv chiqaruvchi quvur diametriga ds nisbati dl/ds «qumlik nisbati» yoki «chiqaruvchilik nisbati» deb atalib, gidrotsiklonlarni moslashda asosiy omil xisoblanadi. Bunda dq- eng yirik zarrachaning o‘lchamidan kamida 3 marta bo‘lishi; sliv quvuri, bo‘tana quviridan kichik bo‘lmasligi kerak.
Tasniflashni eng yuqori samaradorligi dq/ dc = 0,3-0,5 qiymatiga to‘g‘ri keladi.
Konuslik burchagi amalda 200 bo‘ladi. Mayin sliv olish uchun konuslik burchagi = 5-100 bo‘ladi. Ammo ishqalanish kuchi yuqori bo‘lganligi sababli = 20 dan katta bo‘lishi kerak .
Bo‘tanani kirishdagi bosimisaralash natijalari qoniqarli bo‘lishi uchun bo‘tananing bosimi o‘zgarmas va yuqori bo‘lishi kerak. Gidrotsiklonga kirayotgan bo‘tananing bosimi (10-30 ) x 104 Pa bo‘ladi.
Mayin sliv olish uchun yuqori (20 – 30) x104Pa bosimli bo‘tana, yirik sliv olish uchun esa past bosimli bo‘tana ishlatiladi .
Mayin sliv olish uchun suyuqroq bo‘tana, yirik sliv olish uchun esa quyuqroq bo‘tana ishlatiladi. Bo‘tanadagi qattiq zarrachalarning miqdori (T ) 10 % dan 50 % gacha bo‘lishi mumkin .


Download 260.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling