Mavzu: Surunkali nurlanish kasalligi Bajardi: Ziyodullyeva Gulnoza va Rahimov Ibrohim
Download 43,76 Kb.
|
2 5305795489860426681
Kasallik yillab davom etadi va qattiq charchash, infeksiyalar ta'sirida zo’rayib turadi. Bunday bemorlar ko’p marotaba davolanishlari kerak. Ko’pincha shundan so’ng ham bemor darddan to’la sog’ayib ketmaydi. Surunkali nur kasalligining og’ir turida qon quyilish, qon ishlab chiqaruvchi a'zolar faoliyatining keskin yomonlashishi, markaziy asab tizimi va ichki a'zolarda qaytmas jarayonlar kechishi, yuqumli asoratlar xuruj qilishi ko’zatiladi.
Og’ir kamqonlik, leykositlar sonining keskin kamayib, granulositlar qonda yuqolib ketishi va trombositopeniya yo’zaga keladi. Kasallik shiddat bilan kechib, ko’pincha qon quyilishi yoki yuqumli asoratlar tufayli bemor o’limi bilan tugaydi. Ayrim hollarda qon tarkibi va bemorning umumiy ahvoli sal yaxshilapishi bilan ifodalanadigan to’liq bo’lmagan remissiya kuzatiladi.
Kasallikni davolash va oldini olish. Kasallikning oldini olish uchun nur bilan ishlanadigan joylarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarur. Bunday joylarda inson organizmiga ta'sir etishi mumkin bo’lgan nur miqdori nazorat etib borilishi lozim. Kasallikka to’liq davo qilinishi zarur. Surunkali nur kasallygining yengil turida quvvatga kirgizadigan va nerv faoliyatini yaxshilaydigan doridarmonlar (jenshen, limonnik, eleuterokokk va boshqalar), vitaminlar, kichik trankvilizatorlar tayinlanadi
Download 43,76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling