Mavzu: surxondaryo viloyati taponimlarni o'rganish
MAVZU: SURXONDARYO VILOYAT SANOAT TARMOQLAR TARKIBINI TAHLIL QILISH
Download 279.92 Kb.
|
MAVZU1
MAVZU: SURXONDARYO VILOYAT SANOAT TARMOQLAR TARKIBINI TAHLIL QILISH
Surxondaryo viloyati sanoati mahsulotlarining 78%dan ortig’i yengil va oziq-ovqat tarmoqlarida yaratiladi. Bunga asosan mazkur mintaqaning qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashganligi sabab bo’lgan. 2012 yil ma’lumotlariga ko’ra viloyat YaHMning 40,4 foizi qishloq xo’jaligi xissasiga to’g’ri keladi. Viloyat qishloq xo’jaligi ko’rsatkichlari bo’yicha respublikada 7 o’rinni egallaydi va u bu turdagi mahsulotlarning 8,1 foizini beradi. So’nggi yillarda qishloq xo’jaligida zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi serhosil navlar yaratish, mintaqa tabiiy sharoitiga to’g’ri keluvchi intensiv usullardan foydalanish asosida ushbu sohani rivojlantirishga harakat qilinmoqda. Viloyat tumanlari orasida Denov, Jarqo’rg’on, Qumqo’rg’on, Oltinsoy, SHerobod tumanlari qishloq xo’jalik rayonlari hisoblanib, ushbu hududlarda qishloq xo’jalik yalpi mahsulotining yarmiga yaqini yaratiladi (45,7 %). Mintaqa qishloq xo’jaligi tarmoqlarining tahlili shuni ko’rsatdiki, bu yerda qishloq xo’jalik mahsulotlarining taxminan 70 foizi tekislik, 18 foizi adir va 12 foizi tog’li zonada yaratilmoqda. Xususiy mulkchilikning rivojlanishi qishloq xo’jaligida fermer xo’jaliklari salmog’i oshib borishiga sabab bo’lmoqda. Qishloq xo’jaligi tarmoqlarida yaratilgan mahsulotlarning katta qismi Surxondaryo yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlari uchun xom-ashyo bo’lib xizmat qiladi. Bu yerda og’ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun asos bo’lib xizmat qila oladigan turli resurslar ham mavjud. Bular orasida mineral resurs xom-ashyosi katta ahamiyatga ega. Surxondaryo viloyatida yoqilg’i-energetika resurslari, polimetallar, tabiiy tuzlar va qurilish materiallari xom ashyolari mavjud. Viloyat neft va gaz konlari 1950 yillardan boshlab ishga tushirilgan. Amudaryo, Xotinrabot, Xaudag, Kakaydi va Tolli konlaridan neft , Lalmikordan esa neft va gaz qazib olinadi. Bundan tashqari, hozirgi kunda Qorsaqli, Oqtov, Qo’shtor, Jayraxona kabi neft konlarini ishga tushirilish mo’ljallanmoqda. «O’zbekneft va gaz» milliy xolding kompaniyasining geologik tekshiruvlari natijasiga ko’ra bu mintaqada 774 mln. shartli yoqilg’i borligi aniqlangan. 2006 yil neft va gaz sohasidagi hamkorlik bo’yicha «O’zbekneftь va gaz» MXK va «Petronas CHarigali Oversiz» (Malayziya) kompaniyalari orasida imzolangan memorandumga ko’ra Boysun gaz sarmoya blokida tekshirish va baholash ishlari yakunlanish bosqichida turibdi. Respublikamizdagi asosiy toshko’mir konlari hisoblangan SHarg’un (Sariosiyo tumanida) va To’da (Boysun tumanida) ko’mir konlarida mustaqilligimizning ilk yillarida 200 ming tonnagacha toshko’mir qazib chiqarilgan edi. Keyingi yillarga kelib bu ko’rsatkich keskin pasayib ketdi. 2002 yilda hukumatimiz tomonidan 2010 yilgacha ko’mir sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilingan va unga binoan respublikamizda toshko’mir qazib chiqarishni 110 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Bunda ish jarayonini intensivlashtirish natijasida ko’mir tannarxini 25 % ga arzonlashtirish alohida ta’kidlangan. Hisor tog’ etaklarida kembriygacha bo’lgan geologik davrning gneys va slanets yotqiziqlari ustida joylashgan SHarg’un ko’miri yuqori kalloriyali, ammo qatlamlari yupqa bo’lib, o’rtacha qalinligi 2,5 m, ayrim joylarda 12 m.gacha yetadi. Ko’mir qatlamlari baland va qiya yonbag’irlarda joylashganligi sababli ularni o’zlashtirish ancha murakkab. Boysun koni ko’miri yuqori sifatli bo’lib, yura davri yotqiziqlari ustida joylashgan. Ishlab chiqarish sharoitlari SHarg’un koniga nisbatan birmuncha qulay. SHarg’un ko’mir koni asosida 1963 yil Markaziy Osiyoda birinchi marta ko’mir-briket fabrikasi barpo etilgan. So’nggi yillarda bu korxonada turli iqtisodiy sabablarga ko’ra mahsulot ishlab chiqarish to’xtatilgan. 2008-2012 yillarda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi bo’yicha 2009 yil 4- kvartalidan boshlab Boysun ko’mir konidan 25 ming t., SHarg’un ko’mir konidan esa 400 ming t. ko’mir qazib olish uchun harakat qilinmoqda. Hisor tog’larining janubi-sharqiy yonbag’irlarida (Uzun tumani) 1990 yillarning oxirlarida tarkibida qo’rg’oshin, ruh va boshqa qimmatbaho elementlarga boy bo’lgan Xonjiza polimetall koni topilgan. Bu polimetall koni o’z zahirasiga ko’ra dunyodagi eng yirik konlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bu yerda geologik tekshiruvlar natijasida 1,5 mln. tonna ruh, 700 ming tonna qalay, 180 ming tonna mis va 2,3 ming tonna kumush borligi aniqlangan. Hozirda, jahon bozoridagi ushbu metallar bahosidan kelib chiqqan holda mazkur kon zahiralari 4 mlrd. Download 279.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling