Mavzu: Suv: Doimiy va qayta tiklanadigan manbalar


Download 2.45 Mb.
Sana16.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1781989
Bog'liq
portal.guldu.uz-Suv qayta tiklanadigan va statik manbalar


Mavzu: Suv: Doimiy va qayta tiklanadigan manbalar
Xalq xo'jaligi tarmoqlarining, aholining o‘sishi, tabiiy resurslarning tugab borishi, atrof-muhitga antropogen ta’sir etish, ba’zi mamlakatlarda oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligi, bularning barchasi insoniyatni tashvishga solib kelayotgan muammolardir. «Inson va atrof-muhit» tizimi murakkab tizimlardan bo‘lib bormoqda. Barcha ichki va tashqi aloqalar shunchalik turli-tumanki, oxir-oqibat bu mahalliy, oldindan bilib bo’lmaydigan ta’sirlar mavjud tizimlarni kutilmagan natijalarga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun jahon iqtisodiyoti rivojida biosfera holatini bashorat qila bilish zarur. Bunday bashoratlar chet el va o'zbek olimlari tomonidan injenerlik va tabiiy fanlar usullarini qo’llash asosida bajarilgan edi. Bashoratlar natijasiga ko‘ra, tabiiy resurslardan foydalanish g'oyalari va aholining ko‘payishi, sanoatning sezilarli darajada o‘sishi, atrof-muhitga ta’sirining kuchayishi sababli vujudga keladi. Respublikamiz xalq xo‘jaligida o‘zgaruvchan rivojlanishni ta’minlovchi qator chora-tadbirlar qabul qilinmoqda: bunda tabiiy resurslardan foydalanish zarurligini ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiqdir. Suv resurslari boshqa barcha tabiiy resurslar ichida muhim o‘rin tutadi. Xalq xo‘jaligining rivojlanishida borgan sayin qishloq xo‘jaligi, sanoat, kommunal-maishiy xo‘jaligi, sport va dam olish tadbirlari xususiyatlariga ko‘ra o‘z o'rnini topmoqda. Xalq xo‘jaligida suv iste’moli boshqa jami resurs va mahsulotlardan oshib tushadi. Buni quyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin: I tonna neft qazib olish uchun -10 m3 suv; 1 tonna po‘lat uchun —100 m3 suv; 1 tonna qog‘ozga – 250 m3 suv; 1 tonna atsetat ipagi uchun - 2600 m3 suv; 1 kilogramm sabzavot yetishtirish uchun - 50 litr suv; 1 kilogramm non mahsulotini yetishtirish uchun - 500 litr suv kerak bo’ladi. Sivilizatsiyaning rivojlanishi - suv xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishi va suv iste’molining o‘sishi bilan ham bog‘liqdir. Dunyo bo‘yicha sanoat suv iste’moli o‘rtacha yiliga 1900- 1975-yillarda 21 marta. (30 km3 dan — 630 km3 gacha), MDH mamlakatlarida 83 martachaga (1 km3 dan 83 km3 gacha) o‘sdi.
Suv resurslarini boshqarishning asosiy maqsadi xalq xo‘jaligi tarmoqlari tomonidan suvning miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga qo‘yilgan talab darajasini ta’minlash, biosferani har qanday sharoitda saqlash va suvni zararli ta’sirlardan muhofaza qilishdan iborat. Suv biosferaning asosiy elementlaridan hisoblanaganJigi tufayli, suv resurslarini boshqarishga ekologik jihatdan yondashish zarur. Barqaror ekologik tizimlarda doimo asosiy resurslardan foydalanishning yopiq davri kuzatiladi. Bitta organizmning yashash faoliyati uchun zarur mahsulotlar boshqasi uchun ozuqa bo’ladi. Shunday qilib. atrof-muhitning harakatli ifloslanishi sodir bo‘lmaydi. Biotsenozalar o ksimlik, hayvonot va mikroorganizmlar yig‘indisi bo‘lib, suv havzasi yoki quruqlik uchastkasida yashayotgan bir-birining munosabatlarini tavsiflaydi. Qadimgi holatini haddan tashqari sekin tiklaydigan muzlik va chuqur yer osti suvlari biotsenozalar uchun ekologik nuqtayi nazaridan xavfli hisoblanadi. Statik zaxiralarini ishlab chiqish oson, biroq ularni tiklash uchun ko‘p yillar kerak bo‘ladi. Suv xo'jaligi muvozanatining tanqisligi sezilganda, hozirgi dengiz suvlarini tindirib foydalanishga e’tibor qaratmaslik zarur (masalan, Shevchenko shahri). MDH va boshqa bironta mamlakat yoki hududlaming suv bilan ta’minlamshini baholash uchun mutlaq va nisbiy (yoki solishtirma) ko'rsatkichlardan foydalaniladi. Birinchisi, daryo oqimining o‘rtacha yillik hajmi bo‘yicha baholanadi, (km3/yil yoki m3/yil) ikkinchisi, xuddi shu hajmda, biroq yuza birligiga bog’liq (km2/yil) yoki aholi soniga (har bir kishiga m2/yil). Suv resurslaridan mukammal foydalanish - (yunoncha synthesis «birlashish») fizik-kimyoviy, biologik, muhandislik va ijtimoiy fanlarni birlashtiruvchi sintetik fandir. Suv xo‘jaligi loyihalarining muhandislik masalalari yechimidan boshqa har qanday loyihalarni ko‘rib chiqayotganda qator tabiat muhofazasiga oid va ijtimoiy muammolarga duch kelish mumkin. Shunday qilib, suv xo‘jaligi tizimining asosiy qismi deb sanalgan meliorativ tizim turli vazifalarni bajarishga oid va o‘zaro uzviy bog’langan bir qancha elementlardan tashkil topgan. Bu aloqalar murakkab boMganligi uchun meliorativ tizim murakkab tizimlardan sanaladi.
Bu tizimning muhim xususiyatlari, uning ko‘p sonligida emas (104...107), balki barcha element va qismlarning uzviy bog‘liqligida. Shuning uchun ham ularni o‘rganishda tartibli tahlil jihatidan yondashish yanada samaraliroqdir (siyosiy, harbiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy va texnik tavsifdagi murakkab muammolardan foydalanish maqsadida yechimlarini asoslash va tayyorlash kabi metodologik vositalar yig‘indisidir). A.A.Malinovskiyning (Математические и системные методы в биологии будущего. Наука о земле. 1988/12, 3.) flkricha, «Matematika fani yecholmagan masalalarni, Darvin nazariyasida bo’lgani kabi va ko‘p hollarda shubhasiz, boshqa qator sohalarda ham masalaning to‘g‘ri qo‘yilishi orqali bajarish mumkin». Suv resurslaridan mukammal foydalanish va muhofaza qilish tizimining asosiy muammosi, mavjud tabiiy resurslarga bo‘lgan talablar rejasining nomuvofiqligidir. Buni quyidagicha ifodalash mumkin: suv resurslaridan foydalanishning shunday tizimini ishlab chiqish lozimki, suv xo'jaligi tizimlari atrof-muhitga salbiy ta’sir etmasligi lozim, xalq xo‘jaligi esa suv miqdori va sifatiga qo‘yilgan talab darajasidagi suv resurslari bilan ta’minlansin. Tizimli tahlilning asosiy mohiyati haqiqiy jarayonlarni ifoialovchi: tartibli tahlilning negizi hisoblash mashinalari va axborot tizimlari bilan bogMiq bo‘lgan umumiy modellar tuzishdir. Bu tizim iqtisodiyotning boshqarish tizimida, kosmosni o‘zlashtirish muammolarini yechishda va boshqa sohalarda qo‘llanilib kelmoqda. Tizimli yondashish — bu ilmiy anglash va ijtimoiy tajribaning metodologik yo’llanmasidir. Uning negizida obyektlami tizim sifatida ko‘rib chiqish, ya’ni bir butun obyektni yoritib berishga yo‘naltirish, undagi xilma-xil turdagi aloqalarning kelib chiqishi va ulami yagona nazariy to‘plamga jamlangan ma’lumotlar sifatida ifodalanadi.
Yer gidrosferasining turli qismlarida suv hajmi

Suv resurslari - gidrosferadagi doimiy va tabiatda aylanish jarayonida qaytadan tiklanib turuvchi suv zaxirasi bo’lib, unga okeanlar, dengizlar, daryolardagi suvlar, muzliklar, yer osti va tuproqdagi suvlar, atmosferadagi suvlar kiradi. Suv zaxiralarini miqdorini baxolashda uning doimiy (statistik) va qaytadan tiklanib turuvchi suv resurslari tushunchasi mavjud. Doimiy (statistik) suv zaxiralari statistik xisoblashlarda foydalaniladigan mavjud barcha suv miqdoridir. Qaytadan tiklanib turuvchi suv resurslari zamonda (vaqtda) o’zgaruvchi, ya’ni bir turdan boshqa turga o’zgarib turuvchi suvlar bo’lib, yer sharida suvning aylanishi xamda quruqlik va okeanlar o’rtasida suv almashinuvi natijasida xar yili tiklanib turadi (16.1-rasm). U asosan daryolarning yillik oqimiga tengdir. yer sharida suvning taqsimoti 16.1-jadvalda keltirib o’tilgan.



1-rasm. yer sharida suvning aylanishi

Yer sharida suvning taqsimoti


1-jadval

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling