Мавзу: Сув хўжалиги ташкилотларида раҳбар ходимларнинг бошқарув қобилиятини ўстириш ва вақтдан фойдаланиш самарарадорлигини ошириш


Download 0.72 Mb.
bet8/24
Sana25.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1654926
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
БМИ Чуяндов М. лотин

up-Sub

bu erda, Fp, Fb- korxonaning tegishli ravishdagi ushbu va bazisli yillardagi yakuniy ko‘rsatkichlari (masalan foydaning);
Sup, Sub – tegishli ravishdagi ushbu va bazisli yildagi boshqaruvga xarajatlar.
Emd koeffitsienti ko‘rib chiqilayotgan davr ichida boshqaruv xarajatlari 1 so‘mga o‘zgarganida yakuniy ko‘rsatkich(foyda) necha so‘mga o‘zgarishini ko‘rsatadi. U menejment samaradorligining dinamikasi, o‘sish sur’atlarini aks ettiradi.
Menejment iqtisodiy samaradorligining dinamikasi yana ikki va undan ortiq davr ichidagi bu ko‘rsatkichlarning solishtirilishini ham ta’riflaydi, menejment samaradorligining foizlarda aks ettirilgan nisbiy o‘zgarishi ko‘rsatkichini beradi14:

Emd

(E2-E1) x 100

E2

bu erda, E1 va E2 tegishli ravishdagi bazasli va ushbu yildagi korxonani boshqarishning iqtisodiy samaradorligi.
Keltirilgan dinamik ko‘rsatqichlarni yana tashkilot boshqaruvi tizimini tubdan o‘zgartirishni amalga oshirishda, boshqaruv tizimlarni takomillashtirishning har xil variantlarini solishtirishda hisoblab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Korxonalarda menejment samaradorligini baholash amaldagi tuzilma, ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan loyihalar yoki rejalashtirilgan tadbirlarning natijasini aniqlash hamda ularni takomillashtirish usulini tanlash maqsadida amalga oshiriladi. Boshqaruv tizimining samaradorligini belgilovchi mezonlar majmui uning faoliyatini baholashning quyidagi ikki yo‘nalishiini hisobga olish orqali shakllanadi15
• erishiladigan natijalarning tashkilot ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining belgilangan maqsadlariga mosligi darajasiga ko‘ra (rejalashtirilgan vazifalarning bajarilish bosqichidan boshlab);
•tizimning faoliyat jarayonini, uning mazmuni, tashkillashtirilishi va natijalariga bo‘lgan ob’ektiv talablariga mos kelish darajasiga ko‘ra.
Boshqaruvning iqtisodiy samaradorligini oshirishga xarajatlarni minimallashtirish va foydani maksimallashtirish asosida erishish mumkin.
Boshqaruv xarajatlari quyidagi sarflardan iboratdir:
-axborot olish va uni qayta ishlash;
-boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar;
-ilmiy ishlanmalar, loyihalash, tajriba va seriyali ishlab chiqarishni o‘z ichiga oluvchi bosqichlar xarajati;
-mahsulot va xizmatlardan foydalanish xarajati.
Menejment samaradorligining ko‘rib chiqilgan ko‘rsatqichlari boshqaruv tizimini faoliyat yuritishi darajasini baholashda umumlashtiruvchi emas, balki xususiy bo‘ladi. Agar ularni boshqaruv apparati sonini o‘sishi hisobiga yomonlashishi muommalari darajasini pasayishi bilan birga borsa, unda bu tashkilot faoliyatining samaradorligini oshishi, demak uni boshqarishning samaradorligini oshishi haqida darak beradi. Boshqaruvga xarajatlarni nisbatan pasayishi esa hamma vaqt ham uning samaradorligini oshishidan darak bermaydi. Pirovardida tashkilot boshqaruvining samaradorligi uning faoliyatining umumiy ijtimoiy, iqtisodiy ko‘rsatkichlari, natijalaridan iborat bo‘ladi.
Boshqarish ob’ekti faoliyatini tavsiflash uchun quyidagi samaradorlik mezonlari qo‘llaniladi16:
Umumlashtiruvchi mezonlar, ya’ni:
- resurslar samaradorligi;
- xarajatlar samaradorligi.
Xususiy mezonlar, ya’ni:
- mahsulot ishlab chiqarishga eng kam jonli mehnat sarflash;
- eng kam moddiy resurslar sarflash;
- eng kam moliyaviy resurslarni sarflash.
Sifat mezonlari, ya’ni:
-yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish;
-shartnomalarni muddatida bajarish;
-xodimlarning barqarorligi;
- raqobatbardosh texnologiyaga erishish va x.k.
Boshqarish jarayoni samaradorligini oshirish mezonlar tizimiga muvofiq ravishda boshqaruvchi organ tomonidan muayyan natijaga erishish maqsadida aniq ob’ektni eng qulay, eng samarali boshqarish usullarini topishdan iboratdir.
Boshqaruv sub’ekti faoliyatini tavsiflash uchun quyidagi samaradorlik mezonlari qo‘llaniladi:
Boshqarish tizimidagi moliyaviy xarajatlarni tejash, ya’ni:
- boshqarish apparati xarajatlarning kamayishi boshqariluvchi tizim samaradorligining iktisodiy mezoni bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda boshqaruv apparati shtatlarini oqilona qisqartirish, xizmat safarlarini kamaytirish kabilar tejamkorlikning muhim omillari ekanligini ta’kidlash zarur.
- bu mezon kuchlarni eng ko‘p darajada tejash va mehnatdan eng unumli foydalanishni ko‘zda tutadi. U sermehnat ishlar va operatsiyalarni qisqartirishda, moddiy va mehnat vositalarini tejashda ifodalanadi.
Boshqarish samaradorligi o‘z tabiati bilan murakkab jarayon. Uni faqat bitta yoki ikkita ko‘rsatkich bilan ifodalab bo‘lmaydi. Buning uchun ko‘rsatkichlar tizimi aniqlash zarur. Bu tizimni ikkita yirik guruhga bo‘lish mumkin17:
Boshqarish tizimi faoliyatini tavsiflovchi miqdoriy ko‘rsatkichlar:
-boshqaruvdagi jonli mehnatning tejalashini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;
-boshqaruv uchun sarflangan moliyaviy resurslarning tejalishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;
-boshqarish uchun sarflanadigan vaqtni tejalishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Boshqaruvning ijtimoiy samaradorligini tavsiflovchi sifat ko‘rsatkichlari, ya’ni:
-boshqarishning ilmiy-texnik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
-boshqaruv apparati xodimlarining malakasi darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;
-qabul qilingan qarorlar samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;
-boshqaruv jarayonidagi axborotlarning ishonchliligi va to‘liqliligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
-boshqarish madaniyatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;
-kommunikatsiyaning samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
-boshqaruv apparatidagi mehnat sharoitini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va x.k.
Korxonalarda menejmentning samaradorligini baholashda qo‘llanuvchi ko‘rsatkichlarni quyidagi o‘zaro bog‘liq uch guruhga ajratish mumkin(1.2-chizma).
1. Boshqaruv tizimining samaradorligini tavsiflovchi, tashkilot faoliyatining yakuniy natijalari va boshqaruv xarajatlari orqali ifodalanuvchi ko‘rsatkichlar guruhi. Samaradorlikni korxona va tashkilotlari faoliyatining yakuniy natijalarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar asosida baholashda boshqaruv tizimining faoliyati yoki rivojlanishi bilan izohlanuvchi samara sifatida hajm (xizmat ko‘rsatish hajmining oshirilishi), daromad (daromadning oshishi), tannarx (tannarxning pasaytirilishi), kapital sarflarning hajmi (kapital sarflarning tejalishi), xizmatlar sifati, yangi texnika va texnologiyani joriy qilish muddati va boshqa shu kabilar tahlil qilinishi mumkin.






Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling