Mavzu: Suv oluvchi inshootlarning turlari va ularning joylashtirish joyini tanlash


Download 63.94 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi63.94 Kb.
#1555940
  1   2   3

2-Amaliy mashg’ulot

Mavzu: Suv oluvchi inshootlarning turlari va ularning joylashtirish joyini tanlash.


Suv manbasiga bo‘lgan asosiy talablar.
Suv manbasini tafsiloti, uning topografik, gidrologik va idrogeologik xususiyatlari suv qabul qilish inshootlarini xilini hamda unga kerakli, jixozlarni tanlash uchun asos bo‘ladi.
Har qanday suv manbasiga iste’molchini talabi asosida va suv ta’minoti tizimining ishlash jarayoniga bog‘liq holda bir necha talablar qo‘yiladi;

  • Birinchidan suv manbasi o‘zining sifat darajasi bo‘yicha talabga javob berishi kerak, bu keyingi davrlarda (etap) suvni iste’molchiga tayyorlab berishni ancha osonlashtiradi;

  • Suv manbasi iste’molchi talabiga javob beradigan miqdorga va quvvatga ega bo‘lishi kerakki, bu vaqtda iste’mol darajasini kelajakda o‘sib borishi ham hisobga olinadi;

  • Suv manbasi yil davomida o‘z quvvatini iste’molchi talab darajasidan pasaytirib yubormasligi kerak, bu esa suv qabul qilish inshootlarining yuqori ishonch bilan ishlashiga olib keladi;

YUqorida eng asosiy talablarni qayd etib o‘tdik. Er usti manbalarini foydalanishga yaroqliligi tekshirilayotganda ularni o‘rtacha oylik va yillik ta’minlanganlik darasi asosida suv berish qobiliyatlari, mos ravishda suv sathining o‘zgarishi daryo tafsilotidan kelib chiqib iste’molchi talab qilayotgan kategoriyaga javob berishi ham o‘rganiladi.
Bu ko‘rsatgichlar quyidagi jadvaldan foydalangan holda amalga oshiriladi:

Suv qabul qilish inshooti joylashuv o‘rni bo‘yicha tavsiyalar
× -tavsiya qilinmaydigan joylar
√tavsiya etiladigan joylar
Iste’molchi daryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashganligini hisobga olib, suv qabul qilish inshootlarini joylashishi joyini aniqlaymiz. Inshoot joylashadigan joy quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. Iloji boricha tozalash inshootlariga va iste’molchiga yaqin joyda bo‘lishi kerak.

  2. Inshootning jooylashuvi daryo topografi Filtrlar. Sekin va tez ishlovchi filtrlar k tafsilotiga mos bo‘lishi, yani uning gidrogeologik rejimiga ta’sir etmasligi kerak.

  3. Inshoot joylashadigan joy oqim yo‘nalishi bo‘yicha har xil iflosliklar tushadigan ob’ektlardan yuqorida bo‘lishi kerak va hokazo.

YUqorida ko‘rsatilgan rejadan ko‘rsatmalari asosida joyni aniqlaymiz.

Download 63.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling