Mavzu. Suvda erimaydigan bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash Reja


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana17.07.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1660723
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-Ma\'ruza

Intensifikatorlar ishtirokida bo’yash. Indensifikatorli bo’yash qaynash 
temperaturasida 3-3,5 soat davomida olib boriladi. Bo’yash eritmasiga bo’yovchi, 
SAM (1-2 g/dm
3
), sirka kislota (pH=5,5-6) dan tashqari 3-5 g/dm
3
intensifikator 
qo’shiladi. Intensifikator sifatida turli qutbli (polyar) organik moddalar: o- va n-
fenilfenollar, difenil, xlortoluol, trixlorbenzol, metil- va butilatsetatlar, benzoy va 
salitsil kislotalar ishlatiladi. Bu moddalar tola qurilmasini bo’shashtiradi va 
bo’yovchi moddani dispergirlaydi va suvda eruvchanligini oshiradi. 
Bo’yashning termozolli va organik erituvchili usullari. Termozolli usulda 
mato suvli dispersiya bilan shimdiriladi, quritiladi va termokamerada termoishlov 
beriladi. Termokamera o’rniga infraqizil kamerada 180-210
0
C da 30-60
0

davomida mato qizitilsa ham bo’ladi. Yuqori temperatura ta’sirida termoplastik 
tola qurilmasi bo’shashadi, bo’yovchi modda sublimatsiyaga uchrab tolaning erkin 
g’ovaklariga juda tez diffuziyalanadi (gaz holatidagi monomolekulalar uchib
o’tadi). Dispers bo’yovchilarning issiq havoli muhitda sorblanish tezligi va 
muvozanat miqdori, tolaga moyilligi va bo’yash issiqligi yuqori bo’ladi. Masalan, 
ularning poliefir tolaga moyilligi gaz holatda 2 marta yuqori bo’ladi. Termozol 
usul ko’proq paxta va lavsanli aralashma matolarni bo’yashda ishlatiladi. Termozol 
usul texnologik ketma-ketligi quyidagicha bo’ladi. 
Shimdirish va siqish

termoishlov berish
T=80
0
C T=180

220
0


=30-90 s 
Shimdirish vannasi tarkibi, g/dm
3


Bo’yovchi modda 20-50 
Mochevina 50-150 
Sirt aktiv modda 1-2 
Quyuqlovchi 2-3 
Bo’yovchi moddaning tola ichiga diffuziyasi faqat gaz holatda emas, balki 
mochevina suyultmasi muhiti orqali ham amalga oshadi. 
Dispers bo’yovchi moddalar bilan bo’yashning organik erituvchili usullari 
ham ma’lum. Organik erituvchilar ishlatilganda yuqori bo’yash tezligiga, matoning 
tez va ravon namlanishiga, bo’yovchi sarfining kamaytirishiga, elektr 
energiyasining tejamiga erishish mumkin. Agar, organik erituvchini yig’ib olib, 
undan qayta foydalanishga erishilsa, suvni tejash, oqova suv miqdorini kamaytirish 
imkoni yaratiladi. Lekin bu usulning amalda keng qo’llashga qator omillar 
to’sqinlik qiladi:
1. Germetik berkitiladigan va organik erituvchi bug’larini yig’ib olib qayta 
tozalaydigan qurilmaga ega bo’yash apparatlarining murakkabligi va ularning 
yo’qligi, uzluksiz agregatlarning murakkabligi. 
2. Bo’yovchi moddaning organik erituvchidan tolaga o’tuvchanlik 
darajasining pastligi. 
3. Ko’pchilik organik erituvchilarning zaxarli moddaligi. 
Ko’pchilik (100 dan ortiq) tekshirilgan organik erituvchilar ichida ijobiy 
natija xlorli uglevodorodlar Cl
2
C=CCl
2
- perxloretilen (T
q
=121
0
C) va ClCH=CCl
2

trixloretilen (T
q
=87
0
C) bilan olindi. Bu moddalar asosan kimyoviy tozalashda 
ishlatiladilar. Bu moddalar tolaga salbiy ta’sir qilmaydi, bo’yovchi moddalarni 
yaxshi eritadi, kamyonuvchan, nisbatan arzon va ularning inson organizmiga salbiy 
ta’siri kamroq. 
Organik erituvchili muhitda bo’yashni uzlukli va uzluksiz usullar bilan 
tashkil qilish mumkin. Organik erituvchilarni bo’yash va gul bosishda ishlatishning 
yana bir texnologik yechimi bu azeotrop aralashmali muhitdan bo’yovchi
moddaning tola ichiga diffuziyasini jadallatishda ishlatishdir. Azeotrop 
aralashma - bu suv (60-90%) va organik erituvchini (10-40%) qaynash 
temperaturasi (95-100
0
C) bir bo’lgan aralashmasidir. Bunda bug’lash kamerasi 
organik eritma va suv bug’lariga to’yingan bo’lib, dispers bo’yovchini gidrofob 
tola ichiga diffuziyasini tezlatadi. Ayniqsa, bunday kameralarni lavsan + paxtali 
aralashma matolar uchun taklif qilinadi. Bunda bug’lash vaqtini 45 minutdan 4-6


minutgacha qisqartirish imkoni tug’iladi. Bu texnologiyani amalda ishlatish 
uchun Rossiyada azeotrop bug’lash kameralari chiqariladi (33A-3/140 va 
boshqalar). 
Dispers bo’yovchi moddalar bilan atsetat va poliamid tolalarini bo’yash. 
Tola, trikotaj buyum yoki polotno va mato ko’rinishidagi poliamid materiallari
asosan uzlukli usulda 140
0
C yoki qaynash haroratida bo’yaladi. Bo’yash 
vannasida bo’yovchi moddadan tashqari dispergator bo’ladi. Poliamid 
materiallarini dispers bo’yovchi moddalar bilan bo’yashda termozol usuldan 
deyarli foydalanilmaydi. Atsetilsellyuloza tolalari faqat dispers bo’yovchi modda 
bilan bo’yaladi. Lekin diatsetat va triatsetat tolalarining kimyoviy tuzilishi va 
nadmolekulyar tuzilishining bir-biridan farq qilishi ularni turli sharoitlarda 
bo’yashni taqozo etadi. Atsetat tolalari strukturasining zich tuzilishiga ega 
emasliklari, ularni 80
0
C haroratdan yuqori haroratda bo’yaganda, tolada qaytmas 
o’zgarishlar yuz berishiga olib keladi. Triatsetat tolalari uzlukli usulda bosim 
ostida 140
0
C haroratda bo’yaladi. Termozol usulida 190-200
0
C haroratda bo’yash 
jarayoni olib boriladi. Atsetat tolalarini dispers bo’yovchi modda bilan bo’yashda 
bo’yash vannasida ishqoriy agentlar bo’lmasligi kerak. Chunki tola ishqoriy 
sharoitda gidrolizlanadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling