Mavzu. Suvda erimaydigan bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash Reja


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana17.07.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1660723
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-Ma\'ruza

Pigmentlar bilan bo’yash 
Pigmentlar. Pigmentlarning afzallik va kamchiliklari. Pigmentlar suvda va 
ko’pchilik organik erituvchilarda erimaydigan noionogen rangli moddalar bo’lib, 
turli tolalarga moyillik ko’rsatmaydi. Shu sababli ular o’ta maydalangan zarracha -
0,6

2 mkm) holida chiqarilib, matolar yuzasiga maxsus bog’lovchilar yordamida 
yopishtiriladilar. Kimyoviy tuzilishi bo’yicha pigmentlar noorganik va organik 
birikmalar bo’lib, noorganik pigmentlar, bu - turli metallar oksidlari va kompleks 
tuzlaridir, organik turlari esa azopigmentlar (sariq, g’isht rang, qizil), ftalotsianinlar 
(ko’k, yashil), xinonakridinli (sariqdan to binafshagacha) dioksazinlar (sariqdan 
havoranggacha), perinonlar (qizildan to havoranggacha) dan iboratdir. Ulardan 
tashqari kislotali, asosli, kation bo’yovchilarning loklari ayrim kub bo’yovchi 
moddalar ham ishlatiladi. 
Pigmentlarning afzalliklari: 
1. Rangning yorug’lik nuri, xlor, suvli ishlovlar, kimyoviy tozalash 
sharoitiga chidamliligi
2. Aralashma matolarga qo’llash mumkinligi; 


3. Texnologiyasining sodda va tejamliligi, chunki 100% pigment mato 
yuzasida qoladi va yuvishning hojati yo’q; 
4. Pigmentli bo’yash va gul bosishni yakunlovchi pardozlash jarayonlari 
bilan birgalikda olib borish mumkinligi. 
Kamchiliklari: mato dag’allashadi, to’q ranglar olish qiyin va ranglar 
ishqalanishga chidamsiz. 
Pigmentlar turli mamlakatlarda keng ko’lamda ishlatiladi. Masalan, AQSH 
da gul bosishda ishlatiladigan bo’yovchi moddalarning 60% ni, Fransiyada 50% ni, 
Germaniyada 35% ni pigmentlar tashkil qiladi. Jahonda ishlab chiqariladigan 
pigment va loklar miqdori ko’paymoqda. Pigmentlar ko’proq gul bosishda (75%), 
kamroq bo’yashda ishlatiladi. Gul bosish uchun ishlatiladigan pigmentlar suvli 
yuqori dispersli bo’tqa
(pasta) lar bo’lib, rangli modda 15-25% ni tashkil etadi. 
Pigmentlarning fizik holatiga katta talab qo’yiladi: ular bir tekis va yuqori dispers 
bo’lmog’i lozim, ya’ni kukunning 96-97% i o’lchami 2 mkm dan kichik bo’lishi 
kerak. 
Bo’yashda pigmentlarning ishlatilish texnologiyasi. 
Turli 
tolalar 
va 
ularning aralashmalarini pigmentlar bilan bo’yash usullari qulay va sodda. Bo’yash 
eritmasi uni tashkil etuvchilarini oddiy aralashtirish yo’li bilan tayyorlanadi. 
Pigmentlarni o’zaro aralashtirish mumkin, bu esa rang tuslarini ko’paytirish 
imkonini beradi. Pigmentlar bilan ko’proq dekorativ (bezak) matolar galanteriya 
buyumlari bo’yaladi. Pigmentlar yuqori bo’yash qobiliyatiga ega, ranglari suvli 
ishlovlar va yorug’lik nuri ta’siriga chidamli. 
Bo’yashda pigment bog’lovchilar polimerlanishdan avval tolaga yaxshi 
shimilishi va polimerlangandan so’ng pigment bilan mahkam tolaga bog’lanmog’i 
lozim. Hosil bo’lgan plyenka esa shaffof, elastik, fizik-mexanik ta’sirlarga 
chidamli va vaqt o’tishi bilan o’z xususiyatini o’zgartirmasligi lozim. Umuman 
bog’lovchilar plyenka va to’r hosil qiluvchilardan tashkil topgan bo’lib, 
“pigmentlangan” rangli plyenkani tola yuzasiga mustahkam yopishishiga iloj 
beradi. Bunda adgeziya kuchlarining ahamiyati kattadir. Plyenka hosil qiluvchilar 
sifatida: akril kislota va uning hosilalari: etil, metil, n-butilmetakrilat, 2-
etilgeksilakrilat, metakril kislota, hususan, lateks SKS - 65 GP, emukrillar, 
butadien, vinilatsetat, vinilxlorid va boshqalar ishlatiladi. To’r hosil qiluvchilar 
sifatida mochevina va triazinning metilolli hosilalari ishlatiladi. 


Bu moddalar matolarni yakunlovchi pardozlashda turli appretlar tarkibiga 
kirganligi sababli, odatda, pigment bilan shimdirishni yakunlovchi pardozlash 
bilan birgalikda olib borsa bo’ladi. Bo’yash texnologiyasi quyidagicha bo’ladi: 
Shimdirish

siqish

quritish

termoishlov berish 
pigment -2,5-25 g/l 60-80% 60-90
0
C 140
0
C-2-15 min 
lateks SKS-65P-20-100 g/l 180
0
C-1 min 
NH
4
OH (20%)-15-20 g/l 200
0
C-30 sek 
Alginat Na (2%)-100 g/l 
Metazin - 10-50 g/l 
(NH
4
)
2
SO
4
-25%)-10-15 g/l 
Pigment va bog’lovchi turli nisbatlarda olinadi: 
pigment 1 2 3 4 5 6 7 9 10 
bog’lovchi 40 50 60 65 70 80 90 95 100 
Rang mustahkamligi bog’lovchi miqdorining ortib borishi bilan oshadi. 
Shu sababli pigmentli bo’yashni kamg’ijimlanuvchanlik beradigan pardoz bilan


qo’shib olib borilsa rang mustahkamligi yuqori bo’ladi. Quyida turli 
retseptlar keltriladi: 
tarkib: g/l tarkib: g/l 
pigment - 5-10 pigment (pasta) - 40
karbomol SEM - 150 metilmetakrilatli 
emukril M - 25 lateks (35%-li) - 60 
PE-emulsiya - 5 metazin - 60 
mochevina - 7 NH
4
CI (1:1 suvli) - 20 
alginat Na - 0,6 
NgCI
2
.
6H
2
O - 15
Bo’yash uchun ЛКС-140 (180)-16 agregatidan foydalansa bo’ladi. 
Yuqori temperaturali ishlov ta’sirida to’r hosil qiluvchi (ayrim hollarda 
plyenka hosil qiluvchi) polikondensatsiya (polimerizatsiya) reaksiyasiga kirishadi. 
Natijada ichiga pigment joylashgan rangli plyenka hosil bo’ladi. Plyenka ichiga 
pigmentni mustahkam joylashishiga va rangli plyenkani tolaga mustahkam 
bog’lashda to’r hosil qiluvchining ahamiyati kattadir. Bu reaksiyalar temperatura 
va katalizator ta’sirida boradi. Katalizator sifatida Zn(NO
3
)
2
, ZnCI
2
, MgCl
2

Mg(NO
3
)
2
tuzlari ishlatiladi. Misollar: 
Plyenka hosil bo’lishi 


Termoishlov paytida pigmentning ko’chib noravon rang hosil bo’lish 
havfini oldini olish maqsadida tarkibga quyuqlovchilar, tolani bo’kuvchanligini 
oshiruvchi moddalar qo’shiladi va siqishni kuchaytirib mato namligini 
kamaytiriladi. 


Nazorat savollari: 
1. Bo’yashda pigment bog’lovchilarning vazifasi. 
2. Dispers bo’yovchi moddalar haqida ma’lumot bering. 
3. Oltingugurtli bo’yovchi moddalar bilan bo’yash texnologiyasi haqida 
ma’lumot bering. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling