Mavzu: Suyuq organik o'g'itlarni sepish mashinalari
Reja:
1. O’g’itlash usullari va unda ishlatiladigan mashinalar.
2. Organik o’g’it sochish mashinalari.
3. Suyuq organik o'g'itlarni sepish mashinalarining ishlash prinsipi
1.O’g’it solish usullari va unga qo’yiladigan agrotexnika talablari.
O’g’itlar ekishga qadar (asosiy o’g’itlash), ekin ekish va o’tqazish vaqtida (ekish bilan bir vaqtda solish) xamda ekish va o’tqazishdan keyin (oziqlantirish) solinadi. Asosiy o’g’itlashda o’g’itlar dala betiga sochilib, so’ngra shudgorlash vaqtida tuproqqa ko’mib ketiladi.
Mineral o’g’itlar solishda quyidagi agrotexnik talablarga rioya qilinadi:
- qamrash kengligi bo’yicha bir tekis taqsimlanishi o’g’itlar markazdan qochma sepkichlar bilan sepilganda 75% dan, tarelkasimon sepkichlar bilan sepilaganda esa 85% dan kam bo’lmasligi zarur;
- o’g’itlarni tuproqqa ko’mish chuqurligi va 1 ga yerga o’g’it solish normasi belgilanganidan 20% dan ortiq chetga chiqmasligi lozim;
- kombinasiyalangan seyalkalarning o’g’it sepish apparatlari namligi normal o’g’itlarni sepish normasi 50…70 kg/ga da 5% dan ortiq chetlashmasdan sepilishi zarur.
Organik o’g’it sepkichlar o’g’itlarni yaxshilab yumshatishi, maydalashi va barcha o’g’it massasini 15% dan ortiq bo’lmagan notekislik bilan dala betiga taqsimlashi kerak. O’g’it sepish normasidan chetga chiqish 25%dan ortiq emas.
O’g’itlar muxim xususiyatlariga ko’ra 3 xil bo’ladi.
1) organik 2) mineral 3) bakterial
O’g’itlash muddatini va texnikasini belgilashda o’g’itlarning xususiyatlarini, tuproqda o’zgarishini, o’simlikning oziq elementlarga bo’lgan talabi, ildizlarning oziq moddalarni o’zlashtirish imkoniyatlarini xisobga olish kerak.
O’simlikni oziq moddalar bilan taminlashda maxalliy organik o’g’itlar yaxshigina manba xisoblanadi. Ularning tarkibida azot, fosfor, kaliy va boshqa moddalar, jumladan o’simlik xayoti uchun zarur bo’lgan kam miqdordagi mikroelementlar bo’ladi. O’g’itlardan samarali foydalanish uchun ularni tashish xamda tuproqqa solish katta axamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |