Mavzu: Suyuqlik va gazlar sarfini o'lchashda sarf o'lchagichlarning ahamiyati reja kirish i-bob. O`Zgaruvchan va o`zgarmas sarf


O‘ZGARUVCHAN SATHLI SARF O‘LCHAGICHLAR


Download 1.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana19.06.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1606022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O‘ZGARUVCHAN SATHLI SARF O‘LCHAGICHLAR
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi suyuqlikning 
idish tubidagi yoki uning yon devorlaridagi teshikdan erkin oqib chiqishidagi sath 
balandligini o‘lchashga asoslangan. Bu asboblar kimyo va boshqa sanoatlarda juda 
agressiv suyuqliklar sarfini o‘lchashda, shuningdek, gaz bilan aralashgan 
pulslanuvchi oqim va suyukliklar sarfini o‘lchashda ishlatiladi. O‘zgaruvchan 
sathli sarf o‘lchagichlar barcha hollarda suyuqlik sarfnni atmosfera bosimida 
o‘lchaydi, shuning uchun, bu asboblarning ishlatilishi cheklangan. 
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar tarkibiga qabul qiluvchi sig‘im (idish) 
va suyuqlik sath balandligini o‘lchaydigan asbob kiradi. Sath balandligi 
o‘lchagichi sifatida istalgan sath balandligini o‘lchash asbobi ishlatilishi mumkin. 
Qabul qiluvchi sig‘im sifatida esa dumaloq (diafragma) yoki tirqish teshikli 
silindrik yoxud to‘rtburchak idish xizmat qiladi. Bunday idishlardagi suyuqlik sarfi 
uning sath balandligi bo‘yicha aniqlanadi. Diafragma idish tagida yoki uning yon 
devorlarida joylashishi mumkin, lekin suyuqlik sathi u oqib chiqadigan teshikdan 
yuqorida bo‘lishi lozim. Tirqishning teshiklari idishning faqat yon devorlarida 


11 
joylashgan bo‘lishi kerak, bu holda idishdagi suyuqlik sathi teshikning ustki 
chetidan baland bo‘lmasligi lozim
6-rasm. Suyuqlik oqib chiqadigan tirqish teshikli sarf o`lchagich. 
6-rasmda ko‘rsatilgan sarf o‘lchagich ikki shtuserli to‘rt-burchak idish 2 dan 
iborat. SHtuserlardan biri idishning yonida joylashgan bo‘lib, suyuqlikni kiritish 
uchun, ikkinchisy esa pastda joylashgan bo‘lib, suyuqlikning oqib chiqishi uchun 
xizmat qiladi. Idish ichki tomonidan to‘siq bilan bo‘lingan, bu to‘siqqa 
profillangan teshikli shchit germetik ravishda mahkamlangan. Idishdagi suyuqlik 
oqib chiqadigan tirqish oldiga muhofazalovchi g‘ilofli pezometrik naycha 1 
cho‘ktiriladi. Haydalgan havo miqdori nazorat stakanchasi 4 yordamida 
tekshiriladi. Havo bosimi reduktor 6 orqali o‘zgarmas qilib saqlanib turiladi va 
manometr 5 bilan o‘lchanadi. Filtr 7 havoni tozalaydi. Pezomstrik naychadagi 
bosim tirqish oldidagi suyuqlik ustunining zichligi va balandligi bilan, demak, 
suyuqlikning massaviy sarfiga bog‘liq. 
Pezometrik naychadagi gidrodinamik bosimning qiymati difmanometr 3 bilan 
o‘lchanadi. 6-rasmda keltirilgan sarf o‘lchagichning xususiyatlaridan biri 
ikkilamchi asbob shkalasining bo‘linmalari tengligidadir. 
Tirqishli sarf o‘lchagichda suyuqlikning hajmiy sarfi quyidagi tenglama bilan 
aniqlanadi: 
(15) 
bu erda, a – sarf koeffisienti; S

– tirqishning yuzasi; L – tirqishdagi suyuqlikning 
balandligi. 
Tirqishli sarf o‘lchagichning sarf koeffisienti tirqishning geometrik shakliga, 
ayniqsa kirish qismidagi qirraning o‘tkirligiga bog‘liq. Taqribiy hisobda sarf 
koeffisienti ning qiymatini 0,6 ga teng deb qabul qilinadi. Sarf koeffisientining 
aniq qiymati asbobning o‘zini darajalashda aniqlanadi. 
Tirqishli sarf o‘lchagichlarda bosim difmanometr orqali o‘lchanadi. Sarf 
o‘lchagich bilan difmanometr o‘rtasidagi pnevmatik nayning uzunligi 35 m dan, 


12 
difmanometr va ikkilamchi asboblarni ulovchi nayning uzunligi esa 300 metrdan 
oshmasligi kerak. O‘lchash chegarasi 10...50 m
3
/soat bo‘lgan qurilmaning asosiy 
xatosi ±3,5%. 
II BOB 

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling