Mavzu: Suyuqlik va gazlarni isitish yoki sovutish uchun qurulmalar
Download 83.69 Kb.
|
Makhmudov aparat va jarayonlar2
O׳ta qizdirilgan suv yoki boshqa suyuq holatdagi issiqlik tashuvchi agentlar yordamida isitish tabiiy yoki majburiy sirkulyatsiya bilan ishlaydigan qurilmalarda olib boriladi. Tabiiy sirkulyatsiya bilan ishlaydigan qurilma tutun gazlari bilan isiydigan zmeevik, issiqlik sarflanadigan qurilma, suyuqlikni ko׳tarish va tushirishga mo׳ljallangan quvurlardan tashkil topgan. Zmeevik o׳txonada yoqilg`ining yonishidan hosil bo׳lgan gazlar yordamida qizdiriladi. Zmeevik ichida qizdirilgan suyuqlik ko׳tarish quvuri orqali issiqlik sarflaydigan qurilmaga tushadi va o׳z issiqligini isitilishi lozim bo׳lgan suyuqlikka beradi.Natijada issiqlik tashuvchi suyuqlik soviydi. Harorati pasaygan suyuqlik tushirish quvuri orqali o׳txonada joylashgan zmeevikka qaytadi. Shunday qilib, berk tizim sovuq va issiq suyuqliklar zichliklarining farqi ta’sirida tabiiy sirkulyatsiya yuz beradi. Bunday sharoitda suvning tezligi 0,2 m/s ga teng bo׳ladi. Quvurlar korroziyasini kamaytirish va kondensatsiyalanmaydigan gazlarning ajralishini yo׳qotish uchun isitish tizimi distillangan suv bilan to׳ldirilishi zarur.Natijada issiqlik tashuvchi suyuqlik soviydi. Harorati pasaygan suyuqlik tushirish quvuri orqali o׳txonada joylashgan zmeevikka qaytadi. Shunday qilib, berk tizim sovuq va issiq suyuqliklar zichliklarining farqi ta’sirida tabiiy sirkulyatsiya yuz beradi. Bunday sharoitda suvning tezligi 0,2 m/s ga teng bo׳ladi. Quvurlar korroziyasini kamaytirish va kondensatsiyalanmaydigan gazlarning ajralishini yo׳qotish uchun isitish tizimi distillangan suv bilan to׳ldirilishi zarur.Kimyoviy texnologiyada o׳ta yuqori haroratlargacha isitish uchun suyultirilgan tuzlar va suyuq metallar ishlatiladi. Amalda nitrit-nitrat aralashmasidan keng foydalaniladi. Bu aralashma 40 foiz (massa bo׳yicha) natriy nitrit, 7 foiz natriy nitrat va 53 foiz kaliy nitratdan tashkil topgan bo׳lib, atmosfera bosimida 500-540°C haroratgacha qizdirish uchun ishlatiladi. Uch komponentli bu aralashma bilan isitishda majburiy sirkulyatsiya usuli qo׳llaniladi. Sirkulyatsiya uchun maxsus propellerli yoki markazdan qochma nasoslardan foydalaniladi.Download 83.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling