Mavzu: suyuqlikning oqish rejimini aniqlash ishdan maqsad: Quvurda oqayotgan suyuqliklarni oqish rejimini aniqlash


Download 116.28 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi116.28 Kb.
#1496703
1   2   3   4
Bog'liq
1-Lab

Rmon.-manometr bilan o`lchanadigan bosim. Agar jarayon siyraklanish sharoitida ketsa, atmosfera yoki barometrik bosim bilan siyraklanish orasidagi ayirma to`la bosim deyiladi:

bu yerda Rvak. - vakuummetr bilan o`lchanadigan siyraklanish. Bosimni fizik va texnik atmosferada, mm.suv va mm.simob ustunida o`lchanadi.
1 fizik atmosfera (1 atm) = 540 mm simob ustuni =10,33 m suv ustuni = 1,033 kgk/sm3 = 101300 kgk/m3;
1 texnik atmosfera (1 atm) = 534,4 mm simob ustuni =10 m suv ustuni = 1 kgk/sm3 = 10000 kgk/m3 = 98100 N/m2.
Kovushoqlik. haqiqiy real suyuqliklar truba ichida harakatlanganda, uning ichida ichki ishqalanish kuchlari hosil bo`lib, siljishiga tusqinlik qiladi. Suyuqliklarning bir qatlamdan ikkinchi qatlamga siljishi uchun sarf bo`lgan kuch qovushoqlik deyiladi. Nyuton qonuniga binoan, Suyuqlikning siljishi uchun zarur bo`lgan kuch shu qatlamning yuzasiga, surilish tezligi gradientiga va shu suyuqlikning qovushoklik koeffitsientiga to`Qri proportsional bog`langan :

bu yerda T - ta’sir etayotgan kuch; F - yuza ; - tezlik gradienti; - qovushoqlik koeffitsienti.
Tenglamadagi qovushoqlik koeffitsienti dinamik qovushoqlik koeffitsienti yoki qovushoqlik deyiladi. Qovushoqlik suyuqliklarning fizik xususiyatlariga va temperaturasiga bog`liq bo`lib, keng oraliqda o`zgaradi. Masalan, glitserinning qovushoqligi suvnikiga nisbatan bir necha marta kattadir. Qovushoqlik SI sistemasiga binoan quyidagi birlikda o`lchanadi:


Dinamik qovushoqlik koeffitsientining shu suyuqlik zichligiga nisbati kinematik qovushoqlik deyiladi va bilan belgilanadi

SI sistemasida kinematik qovushoqlik "m2/s" birligida o`lchanadi.
Ba’zan nisbiy qovushoqlik tushunchasi ham ishlatiladi. Bunda biror suyuqlik qovushoqligining suvning qovushoqligiga nisbati olinadi.
Temperatura ortishi bilan suyuqliklarning qovushoqligi kamayadi, gazlarniki esa ko`payadi. Suyuqliklarning qovushoqligi gazlarnikiga nisbatan bir necha marta kattadir. Nyutonning ichki ishqalanish qonuniga bo`ysinadigan suyuqliklar Nyuton suyuqliklar deyiladi. Kolloid eritmalar, moyli buyoqlar smolalar, past temperaturada ishlatiladigan surkov moylari Nyuton suyuqliklariga kirmaydi.
Suyuqlikning harakati tezlik, sarf, bosim va bo’qa kattaliklar bilan harakterlanadi.
Vaqt birligi ichida oqib o`tgan suyuqlik miqdori "m3/soat", "l/soat", "l/s", "m3/s" birliklarida o`lchansa hajmiy sarf, agar kg/soat, kg/s da o`lchansa massaviy sarf deyiladi.
Trubada oqayotgan suyuqlikning tezligi trubaning devorlariga yaqinlashgan sari kamayadi, chunki suyuqlik harakati ishqalanish kuchi tufayli sekinlashadi va suyuqlik zarrachalari devorga yopishib, minimal tezlik bilan harakat qiladi.
Suyuqlikning xaqiqiy tezligini o`lchash juda qiyin, chunki suyuqlik zarrachalari oqimning har bir nuqtasida aloxida tezlikka ega bo’ladi. Shuning uchun zarrachalarning tezligi o`rtacha kattalik bilan aniqlanadi. Hajmiy sarf miqdorining truba ko`ndalang kesimiga nisbati o`rtacha tezlik deyiladi.
, [ m/s]
bu yerda V - hajmiy sarf miqdori, m3/s; S - trubaning ko`ndalang kesimi, m2.
Yuqoridagi tenglikdan:

Download 116.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling