Mavzu: Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish
Download 63.73 Kb.
|
1 2
Bog'liqSuzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish
Suzish texnikasi. Suzish texnikasi deganda, harakatlarni mutanosib ravishda namoyon qilish tushuniladi. Bu esa ma`lum harakat qoidalariga rioya qilgan holda bo`ladi. Aks holda oddiy suvda cho`miluvchilar suzishidan farqi qolmay qoladi. Buning uchun, avvalo, suzishning shakli, harakat usullari va shu harakatlarning o`zaro qovushishi, mos kelishi talab etiladi. Shunda sportchi o`zining tashqi va ichki kuchlarini yuqori darajada safarbar qila oladi. Suzuvchining muntazam ravishda «bir qolipga tushib suzish» tabiatini egallashi bora-bora uning individual suzish texnikasiga aylana boradi. Endi u o`zining butun harakat va funktsional imkoniyatlarini o`z texnikasi asosida ro`yobga chiqaradigan bo`ladi. Bu, odatda, individual texnika deyiladi. Individual texnika qoida o`laroq, doimiy ravishda rivojlantirib, takomillashtirib borishni talab etadi. Individual texnika qanchalik takomillashsa, u shunchalik yengil ko`chadigan bo`lib boradi va yangidan-yangi turlar ustida mashq qilish imkoniyati tug’iladi.
Suzish texnikasini qanchalik sust yoki tez takomillashtirib borishda yuqorida aytib o`tganimizdek, sportchining yoshi, bo`yi, gavda qismlari rivojlanganligining o`zaro nisbati, vazni, oyoq va shu suzuvchiga xos uning shaxsiy qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Sportchining jismoniy chiniqkanligi, kuchi va qayishqoqligining roli o`z-o`zidan ayonki, juda zarur. Bularni bilganimiz holda endi suvning o`z tabiati, suvda muallaq turish va harakatlanish qonuniyatlari haqida to`xtab o`tsak. Siz bu kursgacha gidrostatika va gidrodinamika tushunchalarini anglab yetgansiz. Shunday bo`lsa ham, ular xususida qisqacha eslatib o`tishni lozim ko`rdik. Demak, gidrostatika suzuvchi tanasining suvdagi muvozanatini ifodalasa gidrodinamika suzuvchi tanasining suvdagi harakatini ifodalaydi. Shundan kelib chiqib, suzuvchining muayyan harakatlari majmuasi natijasida uning suvda oldinga siljib borishiga dinamik suzish Спорт – дастлаб “ўйин, овунчоқ” деган маънони англатган. deyiladi. Gidrodinamikadan dinamik suzish kelib chiqqanidek, gidrostatikadan statik suzish kelib chiqadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin. Masalan, odam gavdasi hech bir harakatlanmay ham ma`lum vaqt mobaynida suvda qalqib tura oladi, suvda cho`milganlarning jami buni yaxshi biladi. Xuddi mana shu ma`lum vaqt davomida odam gavdasining suv betida yoxud uning biror qatlamida muallaq turish holati yuqorida tilga olgan statik suzish bo`ladi. 5 Quyiroqda bular haqida alohida to`xtalib o`tamiz. Hozir esa, suvning tabiati, ya`ni fizik xossalari xususida suhbatlashamiz. AdabiyotlarN.J. Bulgakova. Sportivnoye plavaniye. Uchebnik – М. 1996. V.M.Korbut, R.G.Israilova, V.I. Voljin. Suzish. – Toshkent, 2018. B.B.Ibragimov, M.B.Ibragimov. Jismoniy madaniyat va sport (Jismoniy tarbiya). – Buxoro, 2 Download 63.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling