Mavzu: suzish texnikasining ilmiy-nazariy asoslari


Suzish va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsad


Download 76.15 Kb.
bet6/7
Sana22.11.2023
Hajmi76.15 Kb.
#1794485
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aslonov Azizjon

1.1. Suzish va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalar Suzish va uni o‘qitish metodikasi fani maqsadi talabalarga suzishni o‘qitish uslubi va nazariy bilimlarini o‘rgatish, suzish texnikasi va usullarini haqida nazariy bilim, amaliy harakat ko‘nikma va malakalari egallash, o‘rganish, suzish bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish uslubiyotini o‘rgatish, cho‘kayotganlarni qutqarish va ularga birinchi yordam ko‘rsatishdagi bilimlami o‘rgatishga qaratilgan. Vazifalariga talabaiar bilan o‘quv ma.shg‘ulotlari ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari asosida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar shaklida o‘tkaziladi. Shu mashg‘ulotlar jarayonida suzish sportining rivojlanish tarixi, O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya
tizimida suzishning o‘mi, suzish texnikasining ilmiy-nazariy asoslari, suzish mashg‘ulotlarida mashq qilish va o‘rgatish asoslari, suzishning usullarini o‘rgatish va o‘zlashtirish bo‘yicha tavyorlov mashqlari, suzish texnikasini takomiUashtirish va o‘rgatishda maxsus sport mashqlari, ko'krakda krol va chalqancha krol, delfin, brass usulida suzish texnikasini o‘rgatish, suzish mashg‘ ulotlarida o‘rgatish metodlari, suzishda startdan chiqish va burilishlami o‘rgatish, suvda cho‘kayotgan odamga birinchi yordam ko'rsatish, suzish bo‘yicha musobaqalami tashkil qilish va o‘tkazish, musobaqa hujjatlari, hakamlik qilish kabi vazifalami
amalga oshirish bilan birgalikda jismoniy sifatlami rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Suzish va uni o‘qitish metodikasi fanining asosiy atamalariga quyidagilar kiradi: sport musobaqalari, sport harakati, sport
faoliyati, sport tayyorgarligi, sport tayyorgarligi tizimi, sport maktabi, sport mashg‘ulotlari tizimi, sport ko‘rsatkichlar, sport natijalari. Shu atamalar mazmuni va hajmini aniqlab olmasdan turib, suzish va uni o‘qitish metodikasi o‘rganadigan fanni muvaffaqiyatli ravishda egallab bo‘lmaydi. Sport - qisqa ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati deyilsa, keng ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati shu faoliyat asosida kelib chiqadigan maxsus tayyorgarlik hamda uning norma va yutuqlari tushuniladi. Sport musobaqalari - ko‘rsatish uslubi, sport yutuqlarini baholasb va taqqoslash, sport sohasidagi raqobatlami o‘ziga nisbatan boshqarishdir. Sport musobaqalari, boshqalar bilan muloqotda bo‘lishi kerakli omili, shaxsni tashkil topishini vositasi, inson imkoniyatlarini anglab etish, etalon ko‘rsatkichlarini tuzishga qaratilgan. Suzuvchilarning tayyorgarlik va musobaqa faoliyati xususiyatlari, musobaqa yuklamasini me’yorlash muammolari, sportchilaming texnik va taktik mahorati mezonlari hamda omillari bilan tanishtiradi. Bu bilimlar bo'lajak murabbiy ishi, shug‘ullanuvchilarning sport toifasi me’yor talablarini bajarishga tayyorgarligini samarali amalga oshirish malakasining asosi bo‘lishi lozim. Shug‘ulanuvchilar tayyorgarligining umumiy pedagogik va maxsus vositalari hamda uslublarini o‘z ichiga oladigan sportchilar tayyorgarligi tizimi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish katta ahamiyatga ega. Mazkur o‘quv kursi suzuvchining axloqiy-iroda, texnik, taktik va jismoniy tayyorgarligi vositalari hamda uslublarini o‘rganishni nazarda tutadi. Suzuvchilarning mashg‘u)otlari va musobaqa faoliyatini nazorat qilish hamda tahlil etish malakasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar-o‘smirlar sport maktablari, sportga ixtisoslashgan maktab, oliy sport mahorati maktablarida suzuvchilar
tayyorgarligini tashkiliy-usuliy masalalariga alohida e’tibor qaratiladi, bolalar, o‘smirlar, o‘spirinlar va katta yoshdagi sportchilar bilan ishlashda mashg‘ulot jarayonini tuzish xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.

Download 76.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling