Mavzu: Svetofor turlari, ishoralari reja
QO'LLARI YON TOMONGA UZATILGANDA YOKI TUSHIRILGANDA
Download 426.59 Kb.
|
1 2
Bog'liq8. Svetofor turlari, ishoralari
- Bu sahifa navigatsiya:
- ONG QOLI OLDINGA UZATILGANDA
- QOLINI YUQORIGA KOTARGANDA
- Foydalanilgan adabiyorlar
QO'LLARI YON TOMONGA UZATILGANDA YOKI TUSHIRILGANDA, chap va o'ng tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib ruxsat beriladi. Oldi va orqa tomonidan barcha transport vositralari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi;
O'NG QO'LI OLDINGA UZATILGANDA, chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi. Orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Piyodalarga tartibga soluvchining ortqa tomonidan qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi; QO'LINI YUQORIGA KO'TARGANDA, qoidalarning 8.13 bandida ko'rsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha yo'nalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi. Tartibga soluvchi nhaydovchi va piyodalarga tushunarli bo'lgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaxshi ko'rinishi uchun tartibga soluvchi jezl yoki yorug'lik qaytaradigan qizil rangli moslamalarni qo'llashi mumkin. Harakatni tartibga solayotgan yoki xizmat burchini o'tayotgan militsiya xodimi transport vositasi haydovchisiga qarata qo'l ishorasi yoki ovozkuchaytirgichli qurilma orqali transport vositasini to'xtatishni talab qilishi mumkin. Haydovchi esa ko'rsatilgan joyda to'xtashi kerak. Yo'l harakati qatnashchilarining e'tiborini jalb etish uchun xushtak bilan qo'shimcha ishora berilishi mukin. Svetofor (reversivdan tashqari)ning yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida haydovchilar transport vositalarini to'xtash chizig'i (5.33 belgisi) oldida, bunday chiziq bo'lmaganda esa: Chorrahada qoidalarning 15.7 bandini xisobga olgan holda, piyodalarga halaqit bermasdan qatnov qismlari kesishmasi oldida; Temir yo'l kesishmasi oldida qoidalarning 17.4 bandiga muvofiq; Boshqa joylarda svetofor yoki tartibga soluvchining oldida harakatlanishi ruxsat berilgan transport vositalari va piyodalarga halaqit bermagan holda to'xtashi kerak. Sariq ishora yonganda yoki tartibga soluvchining qo'li yuqori ko'tarilganda, qoidalarning 8.12 bandida ko'zda turilgan joylarda keskin tormoz bermagan to'xtashga ulgira olmaydigan transport vositalarining haydochilariga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi. Ushbu ishoralar berilganda, qatnov qismida bo'lgan piyodalar uni bo'shatishlari, agar buning iloji bo'lmasa, qarama-qarshi yo'nalishlardagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda to'xtashlari kerak. Haydovchilar va piyodalar tartibga soluvchining va piyodalar tartibga soluvchilarning ishorasi va ko'rsatmalariga ular svetofor ishoralari, yo'l belgilari va chiziqlariga zid kelgan taqdirda ham amal qilishlari kerak. Temir yo'l kesishmalarida svetoforning miltillovchi qizil ishorasi bilan bir vaqtda piyodalarning kesishma orqali harakatlanish taqiqlanganligi to'g'risida qo'shimcha xborot sifatida tovushli ishora ham berilishi mumkin. Xulosa Harakatni tartibga solayotgan yoki xizmat burchini o'tayotgan militsiya xodimi transport vositasi haydovchisiga qarata qo'l ishorasi yoki ovozkuchaytirgichli qurilma orqali transport vositasini to'xtatishni talab qilishi mumkin. Haydovchi esa ko'rsatilgan joyda to'xtashi kerak. Yo'l harakati qatnashchilarining e'tiborini jalb etish uchun xushtak bilan qo'shimcha ishora berilishi mukin. Svetofor (reversivdan tashqari)ning yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida haydovchilar transport vositalarini to'xtash chizig'i (5.33 belgisi) oldida, bunday chiziq bo'lmaganda esa: Chorrahada qoidalarning 15.7 bandini xisobga olgan holda, piyodalarga halaqit bermasdan qatnov qismlari kesishmasi oldida; Temir yo'l kesishmasi oldida qoidalarning 17.4 bandiga muvofiq; Boshqa joylarda svetofor yoki tartibga soluvchining oldida harakatlanishi ruxsat berilgan transport vositalari va piyodalarga halaqit bermagan holda to'xtashi kerak. Foydalanilgan adabiyorlar 1. N.F.Muxitdinov, J.D.Qulmuxammedov, K.Y.G‘ofurov «Yо‘l harakati qoidalariga sharhlar». Toshkent – 2018. 206 b. 2. YO`L HARAKATI QOIDALARI. O`QUV USLUBIY MAJMUA/ 2022 yil Sayt: 1.www.google Download 426.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling