Uchinchi bob bo’yicha xulosalar:
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning tabiiy resurslardan foydalanishini davlat tomonidan tartibga solish
va rag’batlantirishning samarali vositasi hisoblangan maxsus soliqlar, ya’ni tabiiy
resurs soliqlarining amal qilish mexanizmidagi muammolarni bartaraf etishga
qaratilgan chora-tadbirlarning belgilanishi lozim;
sunggi yillarda mamlakatimiz soliq tizimidagi islohotlarga e’tibor
qaratadigan bo’lsak, tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlarga ko’proq
e’tibor qaratilyapti;
tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishda birinchi navbatda
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan samarali va oqilona
foydalanishini ta’minlashga hamda ularning atrof tabiiy muhitga etkazadigan
zararini kamaytirishga karatilgan mexanizmni barcha tadbirkorlik sub’ektlari
uchun bosqichma-bosqich joriy etish, bundan tashqari tabiiy resurs soliqlarining
mavjud mexanizmini ham tabiiy resurslardan tejab-tergab, oqilona foydalanishga
qaratilgan ahamiyatini oshirish lozim;
tabiiy resurs soliqlari mexanizmi muammolarini bartaraf etishga qaratilgan
chora-tadbirlarda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqda ham katta
ahamiyat qaratish lozim;
tahlililarimiz natijalariga asoslangan holda aytishimiz mumkinki, xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishi
hamda ekologik samaradorlikni ta’minlashda soliqlarning ta’sirchanlik ahamiyatini
oshirish masalalarini ikki yunalishda amalga oshirish mumkin;
respublikamizda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan
samarali va oqilona foydalanishi, ekologik samaradorlikni oshirishga qaratilgan
soliq siyosati asosan tabiiy resurs soliqlari orqali amalga oshiriladi. Boshqa soliq
turlari bo’yicha ekologik samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan soliq
imtiyozlarining kamligi esa, ularning bu jarayonga ta’sir doirasi bevosita bo’lsa-da,
kamligicha qolayotganligini ko’rsatadi.
65
Do'stlaringiz bilan baham: |