Karimov I. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish – bosh yo’limiz. //Toshkent
6
maqsadi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan foydalanishi va
ularning atrof tabiiy muhitga ta’siri bilan bog’liq soliqlarga, jumladan, resurs
soliqlariga doir muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish buyicha ilmiy taklif
va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish
belgilandi:
tabiiy resurs soliqlarining iqtisodiy mohiyati, xususiyatlari, vazifalari hamda
budjeti daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatini o’rganish;
tabiiy resurs soliqlarining amaldagi mexanizmini amaliy tahlil qilish;
tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishda tabiiy resurs
soliqlari ahamiyatini o’rganish, tahlil va tadqiq qilish;
soliqlarning tabiiy resurslardan foydalanish va ekologik samaradorlikni
ta’minlashdagi rag’batlantiruvchi ahamiyatini oshirishning ustuvor yunalishlarini
tadqiq qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: