Mavzu: tabiiy resurslarga boy afrika davlatlarida ijtimoiy rivojlanish muammolari


Aholisi-Afrikada aksari ko'p millatli davlatlar joylashgan. Ba'zi mamlakatlarda 200 ga va undan ham ortiq elatlar yashaydi. Efiopiya


Download 32.64 Kb.
bet3/6
Sana08.05.2023
Hajmi32.64 Kb.
#1444841
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Afrika Qit\'asi reja

Aholisi-Afrikada aksari ko'p millatli davlatlar joylashgan. Ba'zi mamlakatlarda 200 ga va undan ham ortiq elatlar yashaydi. Efiopiya bilan Nigeriya bunga misol bo'la oladi. Nigeriya aholisi negroid irqqa mansub bo'lgan dunyodagi eng katta davlatdir. Har bir elat o'z tilida gaplashadi. Shuning uchun ham qit'ada mingdan ortiq til bor. Ko'pgina xalqlar qo'shni davlatlarga bo'linib ketgan; hatto qishloqlar ham bir necha qismga bo'linib ketgan hollar bo'lgan. Bunday ahvol hududlarni mustamlakachilar bo'lib yuborishi orqasida ro'y bergan.

Shimoliy Afrika-aholisi ko'proq arab tilida so'zlashadi, arab tili bu mamlakatlarda davlat tili sifatida qabul qilingan. Semit-xamit til oilasiga, shuningdek, amxara tillari (Efiopeya aholisining katta qismi shu tilda so'zlashadi) va samali tili kiradi. Arablar islom diniga e'tiqod qiladilar.
G'arbiy Afrika-aholisining etnik tarkibi ayniqsa turli-tumandir. Deyarli har bir mamlakatda o'nlab har-xil elat va an'analari, turmush tarziga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrikada bantu oilasiga kiruvchi o'z ona tillarida so'zlashuvchi xalqlar yashaydi. Bantu oilasiga kiruvchi tillardan biri-suaxili («sohilda yashovchilar» demakdir) o'z yozuviga ega bo'lib mustamlakachilik davridayoq Tanzaniya, Keniya va Ugandaning davlat tili deb qabul qilingan. Madagaskar orolida Janubi-Sharqiy Osiyodan ko'chib kelgan aholining ajdodlari-malagasiylar yashaydi. Shuning uchun ularning tili avstroneziya oilasiga kiradi. Tropik Afrikada aholining ko'pchiligi an'anaviy dinlarga e'tiqod qiladi. Har bir qabilaning o'ziga xos dini bor. Afrikada aholining o'rtacha zichligi (1 kv km2ga 22 kishi) to'g'ri keladi. Xorijiy Yevropa va Osiyodagiga qaraganda bir necha barovar kam. Saxroi Kabirda dunyodagi aholi umuman yashamaydigan eng katta hududlar joylashgan. Nam tropik o'rmonlarda aholi siyrak. Biroq aholi zich tarqalgan joylar ham bor: ular ayniqsa sohillarda ko'p. Ayrim mamlakatlarda esa aholining tarqalishidagi bunday tafovutlar yanada kattadir.
Masalan: Misrning aholisi deyarli barchasi (55 mln kishi) Nil daryosining deltasi va vodiysidagi hududda yashaydi vaholanki, bu hudud mamlakat jami maydonining atigi 40% ini tashkil etadi. Bu degan so'z-har bir km2ga Nil deltasi va vodiysida 1300-1400 kishi to'g'ri kelsa, cho'l rayonlarda 1 kishidan ham kam miqdor to'g'ri keladi. Afrika urbanizasiya darajasiga ko'ra boshqa regionlardan ancha keyinda turadi.

Download 32.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling